“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJda faoliyat yurituvchi xodimlarning kasbiy malaka va bilimlari baholandi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 18 iyundagi PF-6010 sonli farmoniga muvofiq “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ muhandis xodimlari hamda uning tarkibidagi elektr ta’minoti korxonalari boshliqlari, boshliq o’rinbosarlari, elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimi elektromontyor, muhandis, operatorlari va hisobchi xodimlarining bilim darajalari sinovdan o’tkazildi.

Xodimlarning bilimlari belgilangan reglamentga asosan test sinovlari va sohada foydalaniladigan dasturiy komplekslarda ishlash ko’nikmalari yuzasidan savol-javoblar ko’rinishida baholandi.

Yakunda xodimlar malakasini yanada oshirish bo’yicha muhim vazifalar belgilandi.

 

“Obod mahalla” Davlat dasturi amalda.

So’ngi yillarda “Obod qishloq”, “Obod mahalla” Davlat dasturlarini amalga oshirish orqali aholining turmush darajasini yanada yaxshilanishiga erishilmoqda. Mahallalarda keng ko’lamli qurilish va obodonlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda. Shu bilan bir qatorda hududlar elektr energiyasi ta’minotining ishonchliligi va mustahkamligini ta’minlashda soha xodimlari tomonidan modernizatsiya va yangilash ishlari ham olib borilmoqda.

Joriy yilda Buxoro shahrining “Fayzulla Xo’jayev” MFY “Obod mahalla” Davlat dasturiga kiritilgan bo’lib, dastur asosida hudud elektr energiyasi ta’minotini yaxshilashga maqsadida 500 dan ortiq simyog’ochlarni yangilash, transformator punktlarining quvvatini oshirish, zamonaviy SIP kabellarini tortish rejalashtirilgan.
Hozirda “Buxoro HETK” AJ hamda uning tarkibidagi Buxoro shahar elektr ta’minoti korxonasi xodimlari tomonidan mustahkam temir-beton tayanchlarni o’rnatish ishlari bajarilmoqda.

“Buxoro HETK” AJ matbuot xizmati

Kuchli shamol vaqtida xavfsizlik choralari

– yashash joylarida eshik-derazalar, chordoq va havo aylanish tizimlarini mahkam berkitish;
– elektr va gaz vositalarini o‘chirish;
– ko‘chalarda daraxt va elektr ustunlari tagida turmaslik;
– ko‘p qavatli binolar balkonlarida, deraza tokchalari hamda tashqaridagi buyumlarni imkon qadar xavfsiz joylarga olib qo‘yish yoki mustahkamligini tekshirish;
– shamol kuchayganda, mustahkam qurilgan binolar, yer osti o‘tish yo‘llari va boshqa yashirinish mumkin bo‘lgan joylarda muhofazalanish;
– ochiq maydonda yurgan hollarda pastliklar, chuqurliklar va barcha xavfsiz yerlarga yotgan holda himoyalanish;
– buzilgan binolarga kirish, xavfli ustunlar, reklama ustunlari va daraxtlar ortiga yashirinish taqiqlanadi;
– kuchli shamoldan so‘ng elektr va gaz jihozlaridan ular tekshirilgandan keyin foydalanish talab etiladi.

Shu o‘rinda Favqulodda vaziyatlar vazirligi avtomobillarni daraxtlar ostida qoldirmaslikni tavsiya etadi.

Elektr energiyasi bilan ta’minlovchi podstansiyaning quvvati oshirildi.

Buxoro shahri hamda Buxoro tumanidagi 15 ga yaqin mahalla fuqarolar yig’ini hududlarini elektr energiyasi bilan ta’minlovchi podstansiyaning quvvati oshirildi.

Ta’kidlash joizki, so’ngi yillarda past kuchlanishdagi elektr tarmoqlarini modernizatsiya qilish va yangilash ishlari bilan bir qatorda katta energetika yo’nalishida ham qator chora-tadbirlar amalga oshirilib, uzoq yillardan buyon yechimini kutayotgan muammolarning tizimli ravishda hal etilayotganligini ko’rish mumkin. Shu kabi yangilanishlardan yana “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tomonidan “Olotxona” 110/35/10 podstansiyasida amalga oshirildi. Podstansiyadagi quvvati 10000 kVA bo’lgan transformator 25000 kVA quvvatdagi kuch transformatoriga almashtirildi.

Hozirda soha mutaxassislari tomonidan montaj, sinov va sozlash ishlari bajarilmoqda.

“Buxoro HETK” AJ matbuot xizmati

Shu kunlarda Buxoro shahrining eski shahar qismida 21-25 may kunlari o’tkaziladigan “XALQARO ZARDO’ZLIK VA ZARGARLIK” festivalini yuqori darajada o’tkazish maqsadida qizg’in tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.

Shu kunlarda Buxoro shahrining eski shahar qismida 21-25 may kunlari o’tkaziladigan “XALQARO ZARDO’ZLIK VA ZARGARLIK” festivalini yuqori darajada o’tkazish maqsadida qizg’in tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.

Tayyorgarlik ishlari doirasida “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tomonidan festival o’tkaziladigan hudud elektr energiyasi ta’minotining mustahkamligi va ishonchliligini ta’minlash uchun vazifalar belgilab olingan bo’lib, barcha zaruriy choralarni amalga oshirish ishlariga kirishilgan. Tayyorgarlik jarayonlarida qo’shimcha transformator punktlari o’rnatilib, kabel tarmoqlari tortilmoqda.

“Buxoro HETK” AJ matbuot xizmati