EHNAT (ASKUE) bo'yicha o'quv kurslari (“Samarqand HETK” AJ da).
2016 yilning 24 oktyabridan 4 noyabrgacha “Samarqand HETK” AJda “Elektr energiyasi iste’molini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimini tadbiq etish bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Buxoro, Samarqand va Jizzax viloyatlarida 0,4 kV ga ulangan iste’molchilarning elektr energiyasini hisobga olish tizimi” loyihasini tadbiq etish doirasida “O’zbekenergo” AJ xodimlari uchun mo’ljallangan Koreyaning «KT Corporation» kompaniyasi tomonidan tashkil etilgan o’quv kurslari (mashg’ulotlari) bo’lib o’tdi. O’quv kurslari dasturining maqsadi EHNAT (ASKUE) serverlari xonasidagi qurilmalarni, tarmoq tizimlarini ekspluatatsiya qilish va boshqarish bo’yicha bilim olish va ko’nikmalarini shakllantirishga yo’naltirilgan edi.
O’quv kurslarida “Buxoro HETK” AJ va “Samarqand HETK” AJ ning axborot texnologiyalari va EHNAT (ASKUE) bo’limlari xodimlari qatnashdi. O’quv kurslarini tugatib, test savollariga muvaffaqiyatli javob bergan yuqorida nomi keltirilgan hududiy elektr tarmoqlari korxonasi xodimlariga tegishli sertifikatlar berildi.