Go‘zal va betakrorimsan, muqaddas Vatanim, jonim senga fido, O‘zbekistonim!
Go‘zal va betakrorimsan, muqaddas Vatanim, jonim senga fido, O‘zbekistonim!
“Buxoro Hududiy Elektr Tarmoqlari Korxonasi” Aksiyadorlik Jamiyati jamoasi barcha yurtdoshlarimizni O’zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 25 yilligi bayrami bilan chin yurakdan tabriklaydi.
Bugun har birimiz ona Vatan mustaqilligi naqadar qadrli ekanligini chuqur his qilib turibmiz. Istiqlol nashidasi, bayram sururi har biringizni yaxshi niyatlar, ezguliklar sari undayversin. Doimo xonadoningizdan qut-baraka, qalbingizda quvonch, yuzingizdan tabassum arimasin.
Xalqimiz farovonligi, Vatanimiz ravnaqi yo’lida olib borilayotgan ishlaringizda zafarlar tilaymiz. Mustaqilligimiz abadiy bo’lsin!