EHNAT (ASKUE) bo'yicha o'quv kurslari (“Samarqand HETK” AJ da).
2016 yilning 24 oktyabridan 4 noyabrgacha “Samarqand HETK” AJda “Elektr energiyasi iste’molini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimini tadbiq etish bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Buxoro, Samarqand va Jizzax viloyatlarida 0,4 kV ga ulangan iste’molchilarning elektr energiyasini hisobga olish tizimi” loyihasini tadbiq etish doirasida “O’zbekenergo” AJ xodimlari uchun mo’ljallangan Koreyaning «KT Corporation» kompaniyasi tomonidan tashkil etilgan o’quv kurslari (mashg’ulotlari) bo’lib o’tdi. O’quv kurslari dasturining maqsadi EHNAT (ASKUE) serverlari xonasidagi qurilmalarni, tarmoq tizimlarini ekspluatatsiya qilish va boshqarish bo’yicha bilim olish va ko’nikmalarini shakllantirishga yo’naltirilgan edi.
O’quv kurslarida “Buxoro HETK” AJ va “Samarqand HETK” AJ ning axborot texnologiyalari va EHNAT (ASKUE) bo’limlari xodimlari qatnashdi. O’quv kurslarini tugatib, test savollariga muvaffaqiyatli javob bergan yuqorida nomi keltirilgan hududiy elektr tarmoqlari korxonasi xodimlariga tegishli sertifikatlar berildi.
EHNAT (ASKUE) elektr hisoblagichlarni o'rnatish bo'yicha ishlar boshlandi.
2016 yilning 17 oktyabridan boshlab EHNAT (ASKUE)ni tatbiq etish doirasida respublikada birinchilardan bo’lib Buxoro viloyati Qorovulbozor tumanining “Bo’ston” qishloq fuqarolar yig’inida eski elektr hisoblagichlar o’rniga yangi EHNAT (ASKUE) tizimiga to’la mos, «KAIFA» kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan elektr hisoblagichlarni o’rnatish ishlari boshlandi. Shu bilan birgalikda ushbu qishloq fuqarolar yig’ini elektr energiya iste’molchilarining elektr tarmoqlari xo’jaligi ham to’liq ta’mirlandi.
EHNAT (ASKUE) tizimiga mos elektr hisoblagichlarni o’rnatishni boshlash jarayonida “Buxoro HETK” AJ rahbariyati va xodimlari, mahalliy hokimiyat vakillari va pudratchi tashkilot – “Koreya Telekom” vakillari qatnashdilar.
Yaqin davr mobaynida Qorovulbozor tumanida, undan keyin esa Buxoro viloyatining qolgan tumanlari elektr energiya iste’molchilarida ham EHNAT (ASKUE) tizimiga mos elektr hisoblagichlarni o’rnatish ishlari rejalashtirilgan.
EHNAT (ASKUE) bo'yicha o'quv kurslari
2016 yilning 3 oktyabridan 14 oktyabrgacha “Buxoro HETK” AJ ning o’quv markazida “Elektr energiyasi iste’molini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimini tadbiq etish bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Buxoro, Samarqand va Jizzax viloyatlarida 0,4 kV ga ulangan iste’molchilarning elektr energiyasini hisobga olish tizimi” loyihasini tadbiq etish doirasida “O’zbekenergo” AJ xodimlari uchun mo’ljallangan Koreyaning “Koreya Telekom” kompaniyasi tomonidan tashkil etilgan o’quv kurslari (mashg’ulotlari) bo’lib o’tdi. O’quv kurslari dasturining maqsadi EHNAT (ASKUE) serverlarini ekspluatatsiya qilish va boshqarish bo’yicha bilim olish va ko’nikmalarini shakllantirishga yo’naltirilgan edi.
O’quv kurslarida “Buxoro HETK” AJ, “Jizzax HETK” AJ va “Samarqand HETK” AJ ning axborot texnologiyalari va EHNAT (ASKUE) bo’limlari xodimlari qatnashdi. O’quv kurslarini tugatib, test savollariga muvaffaqiyatli javob bergan yuqorida nomi keltirilgan hududiy elektr tarmoqlari korxonasi xodimlariga tegishli sertifikatlar berildi.
[print_gllr id=2398]
Ichki audit xizmati to'g'risida ma'lumot
“Buxoro HETK” AJ ichki audit xizmati to’g’risida | ||||||
MA’LUMOT | ||||||
t/r № | HETK nomi | Tasdiqlangan shtat jadvali yoki ustavga muvofiq auditorlar soni | Amalda auditorlar soni | F I Sh | HETK ichki audit xizmati ishiga qabul qilingan sana | Mavjud ichki auditorlik sertifikati haqida ma’lumot |
1 | “Buxoro HETK” AJ | 3 | 2 | Shodiev Iskandar Mastonovich (Xizmat boshlig’i) | 20 mart 2015 yil | O’zbekiston auditorlar palatasi PA Uz № 000062 17 may 2013 yildan |
Shirinov Sadriddin Tashevich (auditor) | 21 mart 2016 yil | O’zbekiston buxgalterlar va auditorlar assotsiatsiyasi NABA Uz № 000201 |
"BUXORO HETK" AJ OB'EKTLARINI XARITASI
Bizlar veb-saytimizga Buxoro viloyati tumanlari kesimida «Buxoro HETK» AJ ob’ektlarining interaktiv xaritasini qo’shib qo’ydik. Ixtiyoriy tuman tanlab bosilganda, ushbu tuman elektr ta’minot korxonasi rasmi, yo’l xaritasi, ETK haqida, ya’ni ETK rahbari, manzili, telefon raqami, elektron pochta manzili, ish tartibi kabi ma’lumotlarni olishingiz mumkin.
www.buxelektr.uz.uz sayti moderatori
Электр энергия тарифлари (2016 йил 1 октябрдан)
Ёқилғи энергия бойликларини таннархи ошиш муносабати билан “Ўзбекэнерго” АЖ 2016 йил 1 октябрдан бошлаб электр энергиясининг нархлари ошганлигини маълум қилади.
Ўзбекистон Республикаси Молия вазирлиги томонидан тасдиқланган
2016 йил 13 сентябрдаги 19-03-22-06-ЎзР-55-2016 сонли Реестри
Гуруҳ | Номи | Нархи |
I гуруҳ | Саноат ва уларга тенглаштирилган истеъмолчилар, уланган қуввати 750 кВА ва ундан юқори. | |
Икки ставкали тариф: | ||
Бир йилга 1 кВт енг юқори юклама учун тўлов. | 314 700 сўм | |
1 кВт·соат истеъмол қилинган энергия учун тўлов | 147 сўм 95 тийин | |
II гуруҳ | Саноат ва уларга тенглаштирилган истеъмолчилар, уланган қувват 750 кВА гача. | |
Бир ставкали тариф: 1 кВт·соат истеъмол қилинган энергия учун тўлов | 191 сўм 00 тийин | |
III гуруҳ | Ишлаб чиқариш қишлоқ хўжалиги истеъмолчилари, шу жумладан, бюджетдан молиялаштириладиган насос станциялари | 191 сўм 00 тийин |
IV гуруҳ | Электрлаштирилган темир йўл ва шаҳар транспорти(электр тортиш) | 191 сўм 00 тийин |
V гуруҳ | Носаноат истеъмолчилар, бюджет ташкилотлари, шаҳар кўчаларини ёритиш | 191 сўм 00 тийин |
VI гуруҳ | Савдо ташкилотлари, кафе, ресторанлар ва хизмат кўрсатиш соҳаси корхоналари | 194 сўм 85 тийин |
VII гуруҳ | Аҳоли, аҳоли пунктлари. | 191 сўм 00 тийин |
Электр плиталар билан жиҳозланган турар жойи аҳолиси |
95 сўм 50 тийин |
|
VIII гуруҳ | Иситиш, иссиқ сув билан таъминлаш ва совутиш (кондициялаш) эҳтиёжларига ишлатиладиган электр энергияси | 201 сўм 50 тийин |
IX гуруҳ | Реклама, иллюминация | 201 сўм 50 тийин |
X гуруҳ | Энергетика тизимининг хўжалик эҳтиёжларига | 191 сўм 00 тийин |
1.Ушбу тарифлар ҚҚС билан ўрнатилган.
2. Ушбу реестр кучга кириши билан 2016 йил 16 мартдаги амал қилган 19-03-22-06-ЎзР-6-2016-сонли Реестри ўз кучини йўқотади.