"BUXORO HETK"AJ OB'EKTLARINI XARITASI

Elektr energiyasi iste'molchilari diqqatiga!

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ barcha elektr energiyasi iste’molchilarini yaqinlashib kelayotgan Yangi yil bilan tabriklagan holda, bayram kunlari qarzdorlik tufayli xonadongizda elektr energiyasi ta’minotida uzilishlar bo‘lishini oldini olish maqsadida foydalanilgan elektr energiyasi uchun mamlakatimizda mavjud to‘lov tizimlari (U-Pay, Click, Payme, Paynet) hamda banklarning mobil ilovalari orqali uydan chiqmasdan turib to‘lovlarni amalga oshirishlari mumkinligini yana bir bor eslatib o‘tadi.

Eslatma: Respublikamizda elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimi (ASKUE)ning joriy etilishi munosabati bilan qarzdorlar avtomatik tarzda tarmoqdan uziladi.

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ

Korrupsiya taraqqiyot kushandasi

“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJda 9 dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan Antikorrupsion haftalik doirasida “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri о‘tkazildi.
Tadbirda Buxoro viloyat IIB JQB Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo’limi mutaxassisi, Buxoro shahar prokurori katta yordamchisi, Sayfiddin Boxarziy jome’ masjidi imom-xatibi, “O’zenergoinspeksiya” Buxoro hududiy bo’limi mutaxassisi hamda “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ mas’ul xodimlari ishtirok etdilar.

“Buxoro HETK” AJ matbuot xizmati

Hurmatli elektr energiyasi isteʼmolchilari!

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan tayyorlangan quyidagi Yo‘riqnomalar orqali zamonaviy hisoblagichlarning ekspluatatsiyasi va afzalliklari bilan yana bir bor tanishib chiqishingiz hamda kerakli ma’lumotlarga ega bo‘lishingiz mumkin.

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Matbuot xizmati

Qo’shimcha transformator punktlari o’rnatilib, havo elektr uzatish tarmoqlari yangilanmoqda

Buxoro shahar “Moxixossa” mahalla fuqarolar yig’ini Moxixossa ko’chasi aholisi hamda tadbirkorlarining elektr energiyasi ta’minotini yaxshilash maqsadida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017-2021 yillarda past kuchlanishli elektr tarmoqlarini yanada modernizatsiya qilish va yangilash dasturi to’g’risida”gi PQ-2661 sonli qaroriga asosan qo’shimcha ravishda quvvati 400 kVA bo’lgan transformator punkti o’rnatib berildi. Yangi havo elektr uzatish tarmog’ini qurish uchun 45 dona mustahkam temir beton tayanchlari o’rnatildi.
Hozirgi kunda Buxoro shahar elektr ta’minoti korxonasi tomonidan himoyalangan SIP kabellarini tortish ishlari bajarilmoqda.


“Buxoro HETK” AJ matbuot xizmati

Yashil makon – dolzarb 40 kunlik

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti raisligida joriy yilning 2 noyabr kuni aholini uy-joy bilan taʼminlash hamda yashil maydonlarni kengaytirish chora-tadbirlari muhokamasi yuzasidan videoselektor yigʼilishida barcha hududlarda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida koʼkalamzorlashtirish ishlarini kuchaytirish boʼyicha bir qator topshiriqlar belgilab berilgan edi. Topshiriqlar ijrosini taʼminlash maqsadida “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” АJ hamda uning tarkibidagi elektr ta’minoti korxonalari jamoasi ham faollik koʼrsatib, mevali va manzarali daraxt koʼchatlarini o’tqazmoqdalar.

“Buxoro HETK” AJ matbuot xizmati

“Davlat tili to’g’risida”gi qonuni qabul qilinganligining 32 yilligi munosabati bilan “Buxoro HETK” AJda bayram tadbiri boʻlib oʻtdi.

Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat tili to’g’risida”gi qonuni qabul qilinganligining 32 yilligi munosabati bilan “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJda bayram tadbiri boʻlib oʻtdi. Tadbirda Buxoro viloyati musiqali drama teatrining mahoratli aktyorlari tomonidan “Imom-Al Buxoriy” spektaklidan parcha namoyish etildi. Tadbir davomida Buxoro muhandislik-texnologiya instituti “O’zbek tili” kafedrasi mudiri falsafa fanlari doktori Yunusova Gulandom Samiyevna tilimizning jamiyatimiz madaniy, siyosiy hayotidagi oʻrni va ahamiyatini yanada oshirishga qaratilgan fikr va mulohazalari bilan o’rtoqlashdi.

Shuningdek, tadbir qiziqarli bahru bayt bahslariga aylanib ketdi. Tadbir yakunida “Buxoro HETK” AJ xodimlari ham she`rxonlikda biror bir soha vakillaridan ortda qolmasliklarini namoyish qildilar.

“Buxoro HETK” AJ matbuot xizmati

Barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida olib borilayotgan ishlar

Buxoro shahar aholisi, iltimoiy soha ob’yektlari hamda tadbirkorlarni barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan 63 000 kVA bo’lgan kuch transformatori yetkazib berildi. Mazkur quvvatdagi kuch transformatorini “Markaziy” 110/35/6 podstansiyasida o’rnatilishi belgilangan. Modernizatsiya va yangilash ishlari doirasida “Markaziy” 110/35/6 podstansiyadagi 25 000 kVA bo’lgan kuch transformatori, olib kelingan 63 000 kVAli transformatorga almashtiriladi.
Hozirda “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ Podstansiyalar xizmatgohi xodimlari tomonidan montaj ishlari olib borilmoqda.

“Buxoro HETK” AJ matbuot xizmati