Kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko’rish maqsadida tarmoqlarda mukammal ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.
“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tomonidan hududlarda yuklama bilan ishlab turgan 7 dona yuqori kuchlanishdagi podstansiyalarda quvvat oshirilib, qo’shimcha kuch transformatorlari o’rnatildi. Shuningdek, kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko’rish maqsadida tarmoqlarda mukammal ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.
Jarayon tavsilotlari bilan “Istiqlol” telekanalining “Hudud yangiliklari” informatsion dasturi orqali tanishishingiz mumkin.
Batafsil 👉 @buxenergo
“Buxoro HETK” AJ matbuot xizmati
BUXORODA ELEKTR ENERGIYASI TA’MINOTI: KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK
Кuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish, mavsumni betalafot o‘tkazish maqsadida past kuchlanishdagi elektr uzatish tarmoqlari va transformator punktlarida mukammal ta’mirlash ishlari amalga oshirilmoqda. Tarmoqlar navbatdan tashqari ko’rikdan o’tkazilib, aniqlangan kamchiliklar bartaraf qilinmoqda.
Batafsil 👉 kun.uz
“Buxoro HETK” AJ matbuot xizmati
Yuqori kuchlanishdagi nimstansiyalarda quvvat oshirilib, qo’shimcha kuch transformatorlari o’rnatilmoqda.
“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tomonidan hududlarda yuklama bilan ishlab turgan yuqori kuchlanishdagi nimstansiyalarda modernizatsiya va yangilash ishlari olib borilmoqda. Belgilangan chora tadbirlar asosida 4 dona nimstansiyalarda quvvat oshirilib, 3 dona nimstansiyada qo’shimcha kuch transformatorlari montaj qilindi va ishga tushirildi.
Jamiyat tomonidan amalga oshirilayotgan bu kabi ishlar aholi hamda tadbirkorlarga yanada sifatli elektr energiyasini yetkazib berish uchun xizmat qiladi.
“Buxoro HETK” AJ matbuot xizmati
Korrupsiya – kelajakka tahdid
“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJning Korrupsiyaga qarshi kurashish va kompleans nazorati hamda Yuridik bo’lim boshliqlari tomonidan jamiyat tarkibidagi Peshku tuman elektr ta’minoti korxonasi xodimlari bilan “Korrupsiyani oldini olish va unga qarshi kurashish” mavzusida suhbat o’tkazildi. Uchrashuv davomida sohada korrupsiyaga qarshi kurashish va uning kelib chiqishini oldini olish borasida olib borilayotgan ishlar haqida to’xtalib o’tildi . Joylarda o’tkazilayotgan keng ko’lamli targ’ibot, tashviqot ishlariga qaramasdan hali ham korrupsiyaga yo’l qo’yib kelayotgan xodimlarning uchrayotganligi, bunday holatga yo’l qo’yganlarga nisbatan jazo muqarrarligi bo’yicha tushintirishlar berildi.
Shuningdek, korrupsiyaga qarshi murosasiz kurash olib borish barchamizning birdek vazifamiz ekanligi hamda korrupsiya soha rivojiga to’siq bo’lishligi alohida ta’kidlandi.
“Buxoro HETK” AJ matbuot xizmati
Past kuchlanishdagi elektr uzatish tarmog’i yangilanmoqda
Buxoro shahar elektr ta’minoti korxonasi xodimlari tomonidan Buxoro shahrining “Abdurauf Fitrat” mahalla fuqarolar yig’ini hududida mustahkam-temir beton tayanchlari o’rnatilib, himoyalangan SIP kabellari tortilmoqda. Hozirga qadar hududda 150ga yaqin tayanchlar tiklandi. Shuningdek, mahallada 8000 metr uzinlikdagi elektr tarmog’ini yangilash ko’zda tutilgan bo’lib, ayni damda kabel tortish ishlari bajarilmoqda.
“Buxoro HETK” AJ matbuot xizmati