"BUXORO HETK"AJ OB'EKTLARINI XARITASI

Rasmiy munosabat

     Ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilingan Buxoroda reja asosida qo’llaniladigan elektr energiyasini cheklash grafigi kuzatuvchilar tomonidan turli muhokamalarga sabab bo’lmoqda. Holat yuzasidan “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ quyidagilarni ma’lum qiladi:

Ma’lumki, elektr energiyasini ishlab chiqarish va uni iste’mol qilish bir vaqtga to’g’ri keladi. Shuning uchun elektr energiyasi zahirasini yaratish imkonsizdir. Shu sababli energo tizimda yoqilg’i va quvvat tanqisligi yuzaga kelgan vaqtlarda elektr energiyasi balansini ta’minlash hamda energetika tizimida og’ir oqibatli yirik favqulotda avariyali holatlarni yuzaga kelishini oldini olish maqsadida hududlarda ehtimoliy cheklov grafiklari shakllantirilgan.

Ta’kidlash joizki, bunday cheklov grafiklariga faqatgina zaruriy hollarda, tizimda quvvat tanqisligi kuzatilgan vaqtlardagina amal qilinadi. Tizim me’yoriy holatga kelgan vaqtlarda cheklov grafigi qo’llanilmaydi va elektr energiyasini uzluksiz ravishda yetkazib berilishi ta’minlanadi.

Elektr energiyasi iste’molchilaridan ushbu vaziyatni to’g’ri tushunishlarini, tarmoqlarda yuzaga kelishi mumkin bo’lgan yirik avariyalarni oldini olish hamda energiya resurslari barqarorligini ta’minlash maqsadida imkon qadar ushbu resurslardan oqilona, tejamkorlik bilan foydalanishlarini so’raymiz.

“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ ma’muriyati

Bugun 11-noyabr – Xalqaro energiyani tejash kuni

“Resurslar va energiyadan foydalanish boʻyicha maktab loyihasi” (SPARE – School Project for Application of Recourses and Energy) xalqaro ekologik tarmoq tashabbusi bilan 11-noyabr kuni “Xalqaro energiyani tejash kuni” deb eʼlon qilingan.

Ushbu bayramni belgilash toʻgʻrisida qaror 2008-yilning aprelida Qozogʻistonda SPARE koordinatorlarining xalqaro yigʻilishida qabul qilingan.

2008-yil noyabrida jahonda ilk bor energiyani tejash kuni nishonlandi va ushbu bayram xalqaro maqomga ega boʻldi, chunki mazkur loyihada 20ga yaqin davlat ishtirok etdi.

Bayramning asosiy maqsadi — resurslardan oqilona foydalanish va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirishga jamoatchilik eʼtiborini qaratishdir. Ancha keng maʼnoga ega boʻlgan energiyani tejash masalasi atrof-muhitga zararli chiqindilar chiqishini kamaytirishni ham nazarda tutadi.

Videolavhani ko’rish

▶️@minenergy_uz
▶️@prminenergy

Hurmatli kasaba uyushmalari xodimlari va faollari!

Sizlarni, sizlar orqali kasaba uyushmalarining millionlab a’zolarini 11-noyabr “Kasaba uyushmalari kuni” munosabati bilan samimiy muborakbod etamiz. Barchangizga sihat-salomatlik, yurt taraqqiyoti yo’lida amalga oshirayotgan ezgu ishlaringizga rivoj, yuzingizga hamisha tabssum tilab qolamiz. Kasb bayramingiz qutlug’ bo’lsin.

Hurmat va ehtirom ila,
“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ

YANGI TRANSFORMATOR PUNKTLARI O’RNATILMOQDA

Buxoro shahar “Sifatmuniy” mahalla fuqarolar yig’ini hududidagi Abdulazim Somiy ko’chasida joylashgan 20 ga yaqin ko’p qavatli uylardagi 900dan ortiq xonadon hamda hududdagi tadbirkorlik ob’ektlarini sifatli va uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida 630 kVA quvvatga ega bo’lgan qo’shimcha 4 dona transformator punkti olib kelindi. Hozirda o’rnatish ishlari olib borilmoqda.
Shahar tipidagi transformator punktlarida montaj ishlari bajarilib, ishga tushurilishi natijasida mahalladagi elektr energiyasi iste’molchilarining elektr ta’minoti yanada yaxshilanadi.

Hurmatli elektr energiyasi iste’molchilari

Hurmatli elektr energiyasi iste’molchilari aloqa kabellarida ta’mirlash ishlarining olib borilishi munosabati bilan “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJning (65) 225-59-52; (65) 225-72-73 dispetcherlik xizmati raqamlari hamda Buxoro shahar elektr ta’minoti korxonasining (65) 225-69-55 telefon raqamlari faoliyatida 2022 yil 9 noyabr kuni soat 09:00dan 19:00ga qadar uzilishlar kuzatilishini bildiramiz.

Yuqorida keltirilgan telefon raqamlar faoliyatida uzilishlar kuzatilgan vaqtda quyidagi raqamlarga qo’ng’iroq qilishingiz mumkinligini ma’lum qilamiz.

(65) 225-59-52 ❌ (99) 700-02-41 ✅
(65) 225-72-73 ❌ (99) 700-02-43 ✅
(65) 225-69-55 ❌ (99) 700-01-73 ✅

CALL-MARKAZI 1️⃣1️⃣-5️⃣4️⃣ ✅

“Aqlli” hisoblagichlar har bir elektr energiyasi iste’molchilarini nazorat qilmoqda.

“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ hamda uning tarkibidagi elektr ta’minoti korxonalari xodimlari tomonidan elektr tarmoqlariga noqonuniy ulanishlarni aniqlash, ularni bartaraf etish va qonunbuzar iste’molchilarga choralar ko’rish bo‘yicha reyd tadbirlari o’tkazilib kelinmoqda. Navbatdagi tadbir Buxoro shahrida o’tkazildi.

Jarayon tavsilotlari bilan “Sevimli” telekanalining “Zamon” informatsion dasturi orqali tanishishingiz mumkin.

Videolavhani ko’rish

“Buxoro HETK” AJ matbuot xizmati

Tejamkorlik va modernizasiya

“Yangi О‘zbekiston” gazetasining navbatdagi sonida “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Boshqaruv raisi Ulug‘bek Mustafoyevning energiya resurslaridan samarali foydalanish, muqobil energiya manbalari hisobiga elektr energiyasi sarfini qisqartirish bо‘yicha fikr-mulohazalari bilan tanishishingiz mumkin.

Batafsil

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Matbuot xizmati

Elektr energiyasi iste’molchilari diqqatiga!

Hurmatli elektr energiyasi iste’molchilari!

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan kо‘rsatilayotgan elektron xizmatlar sifatini yanada oshirish hamda iste’molchilarga qо‘shimcha qulayliklar yaratish maqsadida 2022 yil 1 noyabr soat 23:00dan 3 noyabr soat 22:00gacha Ma’lumotlarni qayta ishlash markazida profilaktik ishlar olib borilishini ma’lum qilamiz.

Mazkur vaqt oralig‘ida elektr energiyasi uchun onlayn tо‘lovlarni amalga oshirish hamda shaxsiy hisob raqamdagi mavjud ma’lumotlarni olishda texnik uzilishlar bо‘lishi, shu bilan birga iste’molchilarga qulaylik yaratish maqsadida ayni muddatda qarzdor iste’molchilar avtomatik tarzda tarmoqdan ajratilmasligini eslatib о‘tamiz.

Keltirilgan noqulayliklar uchun oldindan uzr sо‘raymiz.

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Matbuot xizmati

Elektr energiyasidan oqilona hamda tejamkorlikka rioya qilgan holda foydalanishimiz mumkin.

Hurmatli yurtdoshlar, har birimiz xonadonimiz yoki ish joyimizda elektr energiyasidan oqilona hamda tejamkorlikka rioya qilgan holda foydalanishimiz mumkin. Bu orqali Vatanimiz iqtisodiyotining yanada ravnaq topishi va energo tizimning barqaror va samarali ishlashiga o’z hissamizni qo’shgan bo’lamiz.

Videorolikni ko’rish

“Buxoro HETK” AJ matbuot xizmati