Podstansiyasilarda joriy ta’mirlash ishlari amalga oshirilmoqda.

“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ Podstansiyalar xizmatgohi xodimlari tomonidan belgilangan reja-grafigi asosida yuqori kuchlanishdagi podstansiyasilarda joriy ta’mirlash ishlari amalga oshirilmoqda.
Jumladan, “To’dako’l” 110/6 kV podstansiyasida obodonlashtirish, estetik holatini yaxshilash, mavjud elektr qurilmalarni bo‘yoqlash hamda qizishini oldini olish, sozlash, podstansiyalardagi kuch transformatorini moy sathini me’yor holatga keltirish ishlari olib borildi.

“Buxoro HETK” AJ Matbuot xizmati