Hurmatli elektr energiyasi iste’molchilari!

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan iste’molchilarga qulaylik yaratish maqsadida 2024 yil 1 may kunidan aholi iste’molchilari uchun belgilangan elektr energiyasi tariflar o‘z hisobini oson hisoblash maqsadida kompyuteringiz uchun maxsus ilovani ishlab chiqdi.

Ilovani yuklab olish

Ilovani yuklab olgan holda siz elektr hisobini turli tariflarda hisoblash va elektr energiyasi uchun to‘lovlarni hisoblab borish imkoni yaratiladi.

Shuningdek, maxsus bot orqali orqali elektr energiyasini tezkor kalkulyatori ham ishga tushirildi.

ilovamiz hamda telegram botimizdan foydalaning hamda elektr hisobi haqida tezkor ma’lumotlarga ega bо‘ling.

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ

“Buxoro” telekanalida “Dolzarb mavzu” ko‘rsatuvi tashkil etildi.

Ko‘rsatuvning navbatdagi soni 20 aprel’ kuni soat 18:30 dan boshlab to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirga uzatildi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining joriy yil 16 apreldagi “Yoqilg‘i-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi qarori mazmun-mohiyati va undan kelib chiqadigan vazifalar xususida so‘z bordi.

Spikerlar:
1. Akmal Nasritdinov— “Hududgaz Buxoro” gaz ta’minoti filiali direktorining birinchi o‘rinbosari;
2. Ilhom Aslonov — “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ moliya-iqtisod masalalari bo‘yicha direktor;
3. Hikmat Hamroev —”O‘zdavenergonazorat” inspeksiyasi viloyat bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari;
4. Gulmurod Norov— “Hududgaz Buxoro” gaz ta’minoti filiali direktorining o‘rinbosari;
5. Jamol Ashurov — Xalq deputatlari viloyat kengashi deputati;
6. Asadullo Najmiddinov—Buxoro shahar “Umar ibn Xattob” jome’ masjidi imom xatibi.