"BUXORO HETK"AJ OB'EKTLARINI XARITASI

“Korrupsiyani oldini olish va unga qarshi kurashish” mavzusida suhbat bo’lib o’tdi.

“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJning Korrupsiyaga qarshi kurashish va kompleans nazorati bo’limi mutaxassislari tomonidan jamiyat tarkibidagi Qorako’l tuman elektr ta’minoti korxonalari xodimlari bilan uchrashuv o’tkazilib, “Korrupsiyani oldini olish va unga qarshi kurashish” mavzusida suhbat bo’lib o’tdi. Tadbirda korrupsiya taraqqiyot ildiziga bolta uruvchi jirkanch illat bo’lib, unga qarshi kurashish va jamiyatda qonun ustuvorligini ta’minlash barchamizning sharafli burchimiz ekanligi alohida ta’kidlab o’tildi. Shuningdek, huquq tartibot organlari xodimlari tomonidan bugungi kunda hukumatimiz tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish va uni oldini olishga doir ishlab chiqilgan qaror va farmonlarning mazmun mohiyati batafsil tushintirib berildi.

“Buxoro HETK” AJ matbuot xizmati

Joylarda korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olishga qaratilgan tadbirlar o’tkazilmoqda.

“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tarkibidagi Buxoro shahar elektr ta’minoti korxonasi xodimlari bilan “Korrupsiyani oldini olish va unga qarshi kurashish” mavzusida suhbat bo’lib o’tdi. Uchrashuv davomida xodimlarga o’z mehnat vazifalarini bajarishlari chog’ida ta’magirlik, poraxo’rlik kabi illatlarga yo’l qo’ymasliklari, korrupsiya barcha sohalar kabi elektr energetika sohasining rivojlanishiga to’sqinlik qilishi, bugungi kunda korrupsiya ildizini tag-tomiri bilan sug’urib tashlash borasida olib borilayotgan ishlar bo’yicha tushintirishlar berildi.
Yakunda, korrupsiyaga yo’l qo’ymaslik, jazo muqarrarligi, bu kabi salbiy holatlarni oldini olish va sodir etmaslik choralarini ko’rish lozimligi ta’kidlandi. Mas’ullar sohada yuz bergan korrupsion holatlardan misollar keltirib, barcha xodimlarni yana bir bor ogohlikka chaqirdi.

“Buxoro HETK” AJ matbuot xizmati

Davlat dasturi asosida katta hajmdagi bunyodkorlik ishlari amalga oshirilmoqda.

Buxoro viloyatining bir qator hududlarida “Obod xonadon, obod ko’cha, obod mahalla” Davlat dasturi asosida katta hajmdagi bunyodkorlik ishlari amalga oshirilmoqda. Shu o’rinda, “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tomonidan mazkur hududlar elektr energiyasi ta’minoti bilan bog’liq mavjud muammolar tizimli ravishda bartaraf qilinib, modernizatsiya va yangilash ishlari bajarilmoqda. Ana shunday obonlashtirish ishlari G’ijdovon tumanining “Ko’li Jabbor” MFYda ham olib borilmoqda. Ko’li Jabbor qishlog’i elektr energiyasi ta’minotini yaxshilash uchun mustahkam temir-beton tayanchlarni o’rnatib, elektr uzatish tarmoqlarini yangilash, transformator punktining quvvatini oshirish rejalashtirilgan. Hozirga qadar 90 donaga yaqin tayachlar soha xodimlari tomonidan tiklandi. Qurilish ishlari maxsus texnikalar yordamida davom ettirilmoqda.

“Buxoro HETK” AJ matbuot xizmati

Ishlab chiqilgan reja-jadvallari bo’yicha ishlar olib borilmoqda.

Is’temolchilarni barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tomonidan ishlab chiqilgan reja-jadvallari bo’yicha ishlar olib borilmoqda. Hududlardagi podstansiyalar, elektr uzatish tarmoqlari hamda elektr qurilmalarining holati o’rganilib, aniqlangan kamchiliklarni tezkorlik bilan bartaraf qilish choralari ko’rilmoqda. Jumladan, soha xodimlari tomonidan Olot tumanidagi “Olot” 35/6 kV kuchlanishdagi podstansiyasi ko’rikdan o’tkazildi va joriy ta’mirlash ishlari olib borildi.

“Buxoro HETK” AJ matbuot xizmati

24_soatlik_navbatchilik_asosida

Qish mavsumida is’temolchilarni barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tomonidan navbatchilik asosida 24 soatlik ish olib borilmoqda. Hududlardagi podstansiyalar, elektr uzatish tarmoqlari hamda elektr qurilmalarining holati yana bir bor ko’zdan kechirilib, aniqlangan kamchiliklarni tezkorlik bilan bartaraf qilish choralari ko’rilmoqda. Jumladan, soha xodimlari tomonidan yuqori kuchlanishdagi “O’zbekiston” 110 kVli elektr uzatish tarmog’i ko’rikdan o’tkazildi va aniqlangan kamchiliklar bartaraf qilindi.

“Buxoro HETK” AJ matbuot xizmati

Xodimlarning bilim saviyasini oshirish maqsadida o’qishlar tashkil qilinmoqda.

“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tomonidan jamiyatda faoliyat yuritib kelayotgan xodimlarning bilim saviyasini oshirish uchun kasbiy-texnik o’qitish bo’yicha ishlab chiqilgan dastur asosida o’quv darslari tashkil qilindi. O’quv darslariga jalb qilingan xodimlarning xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya qilgan holda ish joylarini tashkil qilishlari, ularning ishlab chiqarishga moslashishlari va malaka ko’nikmalarini yanada orttirishlariga alohida e’tibor qaratilgan.

O’qish jarayonlari jamiyatda faoliyat yuritib kelayotgan malakali mutaxassislar shuningdek, sohada uzoq yillar davomida ishlab, soha rivojiga hissa qo’shgan ustozlar tomonidan olib borilmoqda.

“Buxoro HETK” AJ matbuot xizmati