Joylarda korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olishga qaratilgan tadbirlar o’tkazilmoqda.

“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tarkibidagi Buxoro shahar elektr ta’minoti korxonasi xodimlari bilan “Korrupsiyani oldini olish va unga qarshi kurashish” mavzusida suhbat bo’lib o’tdi. Uchrashuv davomida xodimlarga o’z mehnat vazifalarini bajarishlari chog’ida ta’magirlik, poraxo’rlik kabi illatlarga yo’l qo’ymasliklari, korrupsiya barcha sohalar kabi elektr energetika sohasining rivojlanishiga to’sqinlik qilishi, bugungi kunda korrupsiya ildizini tag-tomiri bilan sug’urib tashlash borasida olib borilayotgan ishlar bo’yicha tushintirishlar berildi.
Yakunda, korrupsiyaga yo’l qo’ymaslik, jazo muqarrarligi, bu kabi salbiy holatlarni oldini olish va sodir etmaslik choralarini ko’rish lozimligi ta’kidlandi. Mas’ullar sohada yuz bergan korrupsion holatlardan misollar keltirib, barcha xodimlarni yana bir bor ogohlikka chaqirdi.

“Buxoro HETK” AJ matbuot xizmati