"BUXORO HETK"AJ OB'EKTLARINI XARITASI

Elektr energiyasini barqaror yetkazib berish muhim vazifa.

Yoz mavsumida elektr energiyasi iste’molchilarini uzluksiz va me’yor darajasidagi elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tomonidan barcha zaruriy choralar ko’rilmoqda. Xususan, joylardagi yuqori kuchlanishdagi 95 dona podstansiyalarning holati alohida nazoratga olingan bo’lib, har bir elektr qurilmalarining mustahkamligi va sovutish uskunalarining sozligi ko’rikdan o’tkazilmoqda. Barcha qurilmalar va tarmoqlardagi ulanish nuqtalarining haroratini maxsus “Teplovizor” qurilmasi yordamida o’lchash ishlari olib borilmoqda va aniqlangan kamchiliklar bartaraf qilinmoqda.

“Buxoro HETK” AJ Matbuot xizmati

Buxorolik energetik ayollar Namanganda.

“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJning milliylikni o’zida tarannum ettirgan muhtarama ayollari Namangan viloyatida tashkil etilgan tantanalarda ishtirok etib, madaniy hordiq chiqarmoqda.

Har yili o‘tkazilib kelinayotgan “Xalqaro gullar festivali”ning 64-yilligida “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ boshqaruv raisi tashabbusi bilan tizimda faoliyat yuritayotgan barcha ayol-qizlarni Namanganda bo‘layotgan “Gullar festivali”ga kelib maroqli dam olishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratib berilgan. Ayni damda jamiyatning 70ga yaqin xotin – qizlari gullar shahrida mehmon bo’lishmoqda.

“Buxoro HETK” AJ matbuot xizmati

Maxsus taktik o’quv mashqlari bo’lib o’tdi.

Qorovulbozor tuman elektr ta’minoti korxonasida  Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi hamda tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda maxsus-taktik o’quv mashqlari o’tkazildi.
O’quv mashg’ulotida Qorovulbozor tuman elektr ta’minoti korxonasining favqulodda vaziyatlarda harakatlanish shayligi hamda xodimlarning bu boradagi ko’nikmalari sinovdan o’tkazildi.
Yakunda tuman elektr ta’minoti korxonasi xodimlari favqulodda vaziyatlar sodir bo’lganda to’g’ri harakat qilishga va uning oqibatlarini bartaraf etishga tayyor deb baholandi.

“Buxoro HETK” AJ matbuot xizmati

QAROR IJROSI TA’MINLANMOQDA

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 23 sentyabrdagi “Kambagʻallikdan farovonlik sari” dasturini amalga oshirish boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-330 sonli qarori asosida hududlar elektr energiyasi ta’minotini yanada yaxshilash borasida “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tomonidan qurilish va montaj ishlari bajarilmoqda.

Jumladan, Romitan tumaning “Dehcha” MFY hududlarida qizg’in ish jarayonlari olib borilmoqda. Mazkur mahallada 3000 metr uzinlikdagi havo tarmog’ini qurish va 2 dona quvvati 160 kVA bo’lgan tarnsformator punktini o’rnatish rejalashtirilgan. Ayni kunlarda 0.4 kVli elektr uzatish tarmog’ini qurish uchun 70dan ortiq mustahkam temir-beton tayanchlar rostlandi. Hududda amalga oshirilishi lozim bo’lgan vazifalarni tez va sifatli qilib bajarish uchun 12 ta xodimdan iborat 3 ta brigada, 5 ta maxsus texnika ishga jalb qilingan.

“Buxoro HETK” AJ matbuot xizmati

Obod bõlayotgan manzillar

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kambag’allikdan farovonlik sari dasturini amalga oshirish bo’yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to’g’risida”gi PQ-330 sonli qaroriga binoan “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tomonidan amaliy ishlari olib borilmoqda. Shuningdek, elektr energiyasi iste’molchilarini uzluksiz va me’yor darajasidagi elektr energiyasi bilan ta’minlash uchun reja asosida transformator punktlari va elektr uzatish tarmoqlarida mukammal ta’mirlash ishlari bajarilmoqda.

Jarayon tavsilotlari bilan “O’zbekiston 24″ telekanalining “Maxsus reportaj” informatsion dasturi orqali tanishishingiz mumkin.

“Buxoro HETK” AJ matbuot xizmati