"BUXORO HETK"AJ OB'EKTLARINI XARITASI

HURMATLI ELEKTR ENERGIYASI ISTE’MOLCHILARI!

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ barcha elektr energiyasi iste’molchilarini yaqinlashib kelayotgan Yangi yil bayrami bilan tabriklagan holda, bayram munosabati bilan e’lon qilingan bayram va qo‘shimcha dam olish kunlari (28-dekabr 1-yanvar) davomida qarzdorlik tufayli xonadoningizda elektr energiyasi ta’minotida uzilishlar bo‘lishini oldini olish maqsadida foydalanilgan elektr energiyasi uchun mamlakatimizda mavjud to‘lov tizimlari (Click, Payme, Paynet) hamda banklarning mobil ilovalari orqali to‘lovlarni amalga oshirishlari mumkinligini yana bir bor eslatib o‘tadi.

Ma’lumot uchun: respublikamizda elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimi (ASKUE)ning joriy etilishi munosabati bilan qarzdorlar avtomatik tarzda tarmoqdan ajratiladi.

Tayinlov

Askarov Asrorjon Akramovich“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Boshqaruvi raisi vazifasini bajaruvchisi etib tayinlandi.

A. Askarov bunga qadar “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Boshqaruvi raisining iqtisodiyot bo’yicha o’rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

“E-DALOLATNOMA” online tizimini joriy etish bo‘yicha o‘quv seminari o’tkazildi.

“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJda energiya sotish masalalari bo‘yicha yangi tuzilayotgan dalolatnomalarni hozirgi zamon talabidan kelib chiqib, elektron shakllantirishning, “E-DALOLATNOMA” online tizimini joriy etish bo‘yicha “HET” AJ Axborot ta’minoti va innovatsion rivojlanish boshqarmasi  mutaxassislari ishtirokida o‘quv seminari o’tkazildi. Seminarda “E-Dalolatnoma” tizimining joriy holatdagi shakli, ushbu tizimni joylarda joriy etish bo‘yicha to‘liq ma’lumot berildi. Shuningdek, tizimning avzalliklari, uning imkoniyatlari va uni ishlatish bo‘yicha batafsil tushuntirishlar berildi. Yakunda foydalanish tartibi to‘g‘risidagi o‘quv seminari qatnashchilarining savollariga javob berildi.

“Buxoro HETK” AJ matbuot xizmati

Quyosh panellarini o’rnatib, undan samarali foydalanayotgan fuqarolarning soni tobora ortib bormoqda.

“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tomonidan viloyatda energiya resurslarini tejash masalalariga e’tibor qaratilib, bu borada samarali ishlar amalga oshirilib kelinmoqda. Ahamiyatli tomoni yashil energiya manbalari, xususan, quyosh panellarini o’rnatib, undan samarali foydalanayotgan hamda unga qiziqish bildirayotgan fuqarolarning soni tobora ortib bormoqda.

Bu borada hududlarda olib borilayotgan amaliy ishlar xususida “O‘zbekiston 24” telekanalining “Maxsus reportaj” informatsion dasturi orqali tanishishingiz mumkin.

“Buxoro HETK” AJ matbuot xizmati

HAR QANDAY OB-HAVO SHAROITIDA HAM ENERGETIKLAR XALQ XIZMATIDA

“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari” AJ tarkibidagi elektr ta’minoti korxonalarining tezkor brigadalari iste’molchilarga yetkazib berilayotgan elektr energiyasi taʼminotidagi uzilishlarni tezkorlik bilan bartaraf etish maqsadida oʻz faoliyatini kuchaytirilgan tartibda olib bormoqdalar.

Noqulay ob-havo sharoitiga qaramasdan elektr ta’minotidagi uzilishlar bartaraf etilmoqda.

Jarayondan fotolavhalar

Elektr uzatish tarmoqlari va qurilmalarda kuzatilayotgan avariyali uzilishlarni bartaraf qilish uchun barcha hududlarda qo’shimcha avariya tiklash brigadalari tashkil qilingan holda ish jarayonlari olib borilmoqda. Shuningdek, bosqichma bosqich qayta tarmoqqa ulash ishlari amalga oshirilmoqda.

“Buxoro HETK” AJ Matbuot xizmati

Davlat dasturlari hamda ishlab chiqilgan chora tadbirlar asosida keng ko’lamli ishlar amalga oshirildi.

⚡️ Jondor tumani aholisi va tadbirkorlarning elektr energiyasi ta’minotini yaxshilash uchun Davlat dasturlari hamda ishlab chiqilgan chora tadbirlar asosida keng ko’lamli ishlar amalga oshirildi.

🎥 Jarayon tavsilotlari bilan “Sevimli” telekanalining “Zamon” informatsion dasturi orqali tanishishingiz mumkin.

“Buxoro HETK” AJ matbuot xizmati