Korrupsiyasiz halol mehnat — yuksak ishonch poydevori

“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJda korrupsiyaning kelib chiqish sabablari va uning oldini olish, korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatni shakllantirish hamda xodimlarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.

Yig‘ilishda eng avvalo, mas’ul lavozimlarda uzoq yillar mehnat qilib korrupsiya qo’l urgan xodimning bugun jazoni o’tash kalonnasidagi afsus va nadomatlari aks etgan videorolik namoyish qilindi. Shundan so’ng, “Buxoro HETK” AJ Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens nazorati bo’limi boshlig’i korrupsiyaga olib kelishi mumkin bo‘lgan omillar, xizmat vazifalarini bajarishda qonuniylik va shaffoflik tamoyillariga qat’iy rioya etish, manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish hamda xizmat vakolatlaridan shaxsiy manfaat yo‘lida foydalanmaslik masalalariga alohida e’tibor qaratish lozimligi borasida xodimlar bilan ochiq suhbat o’tkazdi.

✅ Batafsil

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJga murojaat yo‘llash uchun rasmiy aloqa kanallari

Hurmatli iste’molchilar!

Elektr energiyasi ta’minoti bilan bog‘liq barcha turdagi ariza, taklif, shikoyat va murojaatlaringizni “Hududiy elektr tarmoqlari” AJga quyidagi rasmiy aloqa kanallari orqali yuborishingiz mumkin:

📞 1154 – Call-markaz
☎️ (71) 202 23 76– ishonch telefoni
📱 Telegram bot – @HET_admin
📱 het.uz rasmiy saytidagi onlayn maslahatchi
📱 Shuningdek, Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifalar orqali ham murojaatlar qoldirish mumkin.

Sizning murojaatlaringiz belgilangan tartibda ko‘rib chiqilib, tegishli mas’ullar tomonidan zarur choralar ko‘riladi.

Murojaatlaringiz biz uchun muhim! Elektr ta’minoti bilan bog‘liq masalalar yuzasidan faqat rasmiy aloqa kanallaridan foydalanishingizni so‘raymiz.