Kelib chiqishi mumkin bo’lgan nuqsonlarning oldini olishga qaratilgan joriy va mukammal ta’mirlash ishlari bajarilmoqda



Kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish, mavjud muammolarni bartaraf qilish borasida “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tomonidan amaliy ishlar olib borilmoqda. Xususan, hududlardagi 103dona podstansiyalar texnik jihatdan o’rganilmoqda, kelib chiqishi mumkin bo’lgan nuqsonlarning oldini olishga qaratilgan joriy va mukammal ta’mirlash ishlari bajarilmoqda
👷♂️ Jumladan, Qo’rako’l tumanidagi “Poykent” 110/6 podstansiyasida joriy ta’mirlash ishlari amalga oshirildi. Podstansiya obodonlashtirildi, kuch transformatorlarining moy sathi me’yor darajasiga keltirildi, elektr qurilmalarining estetik holatini yaxshilandi va ulanish nuqtalarini ko’rikdan o’tkazilib, kamchiliklar tuzatildi
Ta’kidlash joizki, joriy ta’mirlash ishlarining o’z vaqtida olib borilishi texnik uskunalar mustahkamligining oshishi hamda kelib chiqishi mumkin bo’lgan avariyali o’chishlarning oldi olish, aholi va tadbirkorlarni me’yor darajasidagi elektr energiyasi bilan ta’minlashda o’z samaradorligini ko’rsatadi.

