Elektr energiyasi iste’molchilaridan kelib tushayotgan murojaatlarni tezkorlik bilan o’rganib, ularga qisqa muddatlarda ijobiy yechim topish borasida “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tomonidan tizimli ishlar olib borilmoqda. Bu borada viloyatimizning Olot tumanida ham bir qator qurilish va montaj ishlari bajarilmoqda. Xususan, tumannining “O’zbekiston” mahalla fuqarolar yig’ini Balxibobo qishlog’i aholisining eskirgan simyog’ochlarni yangilash borasida qilgan murojaati ijobiy yechim topdi. Hududga tuman elektr ta’minoti korxonasi tomonidan 5 dona mustahkam temir – beton tayanchlari olib kelib, o’rnatildi.
⚡️ “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ rahbariyati ishtirokida Peshko’ tumanidagi “Navbahor” mahalla fuqarolar yig’ini binosida aholining elektr energiya sohasiga oid murojaatlarini o’rganish yuzasidan sayyor qabul o’tkazildi. 📝 Sayyor qabulda fuqarolarning elektr energiyasi ta’minoti bilan bog’liq barcha murojaatlari tinglandi. Shuningdek, elektr energiyasi iste’molchilaridan kelib tushgan murojaatlar joyiga chiqib o’rganib, qisqa muddatlarda ijobiy yechim topish choralarini ko’rish bo’yicha mas’ullarga topshiriqlar berildi va ijrosi nazoratga olindi.
“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” Ajda “9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni” munosabati bilan e’lon qilingan “Aksilkorrupsiya oyligi” doirasida “Ochiq eshiklar kuni” tashkil etildi.
Masullar tomonidan korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, bu illatga imkon berayotgan omillarni o’z vaqtida aniqlash va unga chek qo‘yish barcha sohalardagi dolzarb vazifa ekanligini bo’yicha jamiyatda faoliyat yuritib kelayotgan xodimlarga batafsil tushuntirishlar berildi. Tadbirda korrupsiyaga qarshi kurashish va jamiyatda qonun ustuvorligini ta’minlashda, barchaning birdek mas’ul ekanligi ta’kidlandi.
☎️⚡️ Hurmatli elektr energiyasi iste’molchilari mavsumni betalofat o’tkazish, istemolchilarni barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tomonidan barcha zaruriy choralar ko’rilgan. Eslatib o’tamiz, qo’ngiroqlarni qabul qilish uchun call markazi faoliyati tashkil qilingan bo’lib, 24/7 rejimida, tun-u kun ish faoliyatini olib bormoqda. Shuningdek, har bir tuman elektr ta’minoti korxonalarining dispetcherlik xizmatlarida qo’shimcha 3 donadan, ishonch telefon raqamlari ishga tushirilgan. Kelib chiqishi mumkin bo’lgan avariyali uzilishlarni tezkorlik bilan bartaraf qilish uchun qo’shimcha ta’mirlash brigadalari shakllantirilib, barcha maxsus texnikalar shay holatga keltirilgan.
“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ jamoasi barcha vatandoshlarimizni – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 32 yillik bayrami bilan samiymiy muborakbod etadi.
Qomusimizning qutlug‘ bayrami barchamizga muborak bo‘lsin. Xalqimiz tinch, yurtimiz omon bo‘lsin! Barchamizni Yaratganning o‘zi panohida asrasin!
“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari” AJda 9 – dekabr “Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni” hamda Aksilkorrupsiya oyligi munosabati bilan korxonalarda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatda bo’lish, xodimlar huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, qonuniylikni mustahkamlash, korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatini yanada samarali tashkil etish, odob axloq qoidalariga rioya etilishini ta’minlash masalalariga bagishlab kengaytirilgan yig’ilish bo’lib o’tdi. Unda Buxoro viloyati IIB JQB Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo’limi boshlig’i B.Xudoyberdiyev, jamiyat rahbariyati, bo’lim va xizmatgohlarning boshliqlari, jamiyat tarkibidagi elektr ta’minoti korxonalarining rahbarlari, bosh muhandislari, boshliq o’rinbosarlari ishtirok etdi. Tadbirda energiya resurslari iqtisodiyot va butun jamiyatning ertangi taqdiri bilan bog’liq o’ta jiddiy masala ekanligi, energiya resurslari tobora kamayib, qimmatlashib borayotganligi, hozirgi vaqtda resurslardan oqilona va samarali foydalanish favqulotda muhim ahamiyat kasb etganligiga alohida to’xtalib o’tilda va umumxalq boyligiga xiyoyat qilishga hech kimning haqqi yo’qligi, korrupsion holatlarni aslo kechirib bo’lmasligi alohida ta’kidlandi. Shuningdek, tizimda korrupsiyaga qarshi murosasiz kurash olib borilayotganligiga qaramasdan bugungi kunda ham energiya resurslarini talon-taroj qilish holatlari uchrayotganligi misollar bilan keltirildi va bu achinarli holat ekanligi, korrupsiyaga yo’l qo’ymaslik, uni kelib chiqishini barvaqt oldini olishga qaratilgan choralarni yanada kuchaytirish lozimligi aytildi.
Yakunda, korrupsiyaga yo’l qo’ymaslik, jazo muqarrarligi, bu kabi salbiy holatlarni oldini olish va sodir etmaslik choralarini ko’rish zarurligi ta’kidlandi va barcha xodimlar yana bir bor ogohlikka chaqirildi.
Iste’molchilar elektr energiyasi ta’minotini yaxshilash maqsadida Buxoro shahar elektr ta’minoti korxonasi xodimlari tomonidan joylardagi eskirgan simyog’ochlarni yangilash, yuklama bilan ishlab turgan elektr qurilmalarning quvvatini oshirish borasida ishlab chiqilgan chora – tadbirlar asosida keng ko’lamli ishlar olib borilmoqda. Jumladan, shaharning “Xo’ja G’unjoriy” mahalla fuqarolar yig’ini Eshoni Imlo ko’chasidagi ma’nan eskirgan simyog’ochlarni almashtirish uchun 6 dona mustahkam temir-beton tayanchlari olib kelib o’rnatildi. Shuningdek, o’z xizmat vazifasini o’tab bo’lgan yog’och ustunlar demontaj qilib olindi.
Qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari yuzasidan olib borilgan choralar yuzasidan Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi, Toshkent issiqlik markazi, “Hududgazta’minot” AJ va “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ vakillari ma’lumot berishdi.
“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJda O‘zbekiston Energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi raisining o‘rinbosari To`xtayev Saidmurod Saidmaxmutovich sayyor qabuli bo‘lib o‘tdi.
Sayyor qabulda “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ hamda uning tarkibidagi elektr ta’minoti korxonalarining boshlang‘ich tashkilot kasaba uyushmasi qo‘mitasi a’zolari, jamoa xodimlari va bo‘lim boshliqlari ishtirok etishdi. Muloqot davomida har bir xodimning murojaatlari tinglandi va chuqur tahlil qilgan holda o‘rganildi. Ayrim muammolar belgilangan tartibda o‘z joyida hal etilib, murojaatchilarning talabi qondirildi.
Ochiqlik va shaffoflik tarzida o‘tkazilgan sayyor qabul davomida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga batafsil javob oldilar.