Bugungi kunda yurtimizda elektr energiyasini ishlab chiqarishda qayta tiklanuvchi energiya manbalari imkoniyatlaridan to’laqonli foydalanish borasida keng ko’lamli ishlar olib borilmoqda. Xususan, jismoniy hamda yuridik shaxslar tomonidan o’rnatilayotgan quyosh panellari uchun qulay va istiqbolli shart – sharoitlar yaratib berilgan. Albatta yashil energiya manbalarini joriy qilib, undan samarali foylanib kelayotgan fuqarolar soni tobora ortib bormoqda. Bu boradagi ishlarni yanada jadallashtirish, aholiga quyosh panellarining afzalliklari va davlatimiz tomonidan berilayotgan imtiyozlar haqida tushuntirishlar berish maqsadida hamkor tashkilotlar bilan birgalikda joylarda targ’ibot tadbirlari o’tkazilmoqda.
Qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini xarid qilish uchun endi bozorga yoki do‘konga borish shart emas. Hammasini energymarket.uz elektron platformasida bajarasiz.
Platforma orqali quyosh stansiyasi va quyosh suv isitgichlarini sotib olish uchun onlayn ariza yuborsangiz kifoya. Siz tanlagan mahsulotni tadbirkor uyingizga yetkazib, o‘rnatib beradi.
To‘lovlar 2 xil usulda: qurilmalar xarajatlarning 30 % gacha qismiga kompensatsiya yoki 36 oygacha foizsiz bo‘lib-bo‘lib to‘lash orqali amalga oshiriladi.
Bugungi kunda yurtimizda elektr energiyasini ishlab chiqarishda qayta tiklanuvchi energiya manbalari imkoniyatlaridan to’laqonli foydalanish borasida keng ko’lamli ishlar olib borilmoqda. Xususan, jismoniy hamda yuridik shaxslar tomonidan o’rnatilayotgan quyosh panellari uchun qulay va istiqbolli shart – sharoitlar yaratib berilgan. Albatta yashil energiya manbalarini joriy qilib, undan samarali foylanib kelayotgan fuqarolar soni tobora ortib bormoqda. Bu boradagi ishlarni yanada jadallashtirish, aholiga quyosh panellarining afzalliklari va davlatimiz tomonidan berilayotgan imtiyozlar haqida tushuntirishlar berish maqsadida hamkor tashkilotlar bilan birgalikda joylarda targ’ibot tadbirlari o’tkazilmoqda.
“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tomonidan viloyatda energiya resurslarini tejash masalalariga e’tibor qaratilib, bu borada samarali ishlar amalga oshirilib kelinmoqda. Ahamiyatli tomoni yashil energiya manbalari, xususan, quyosh panellarini o’rnatib, undan samarali foydalanayotgan hamda unga qiziqish bildirayotgan fuqarolarning soni tobora ortib bormoqda.
Keling, avvalo “Energiya samaradorligi”ga ta’rif bersak. Energiya samaradorligi bu – energiya resurslaridan samarali, ya’ni oqilona foydalanishga qaratilgan jarayonlar majmuidir. Binolarning energiya ta’minoti yoki ishlab chiqarish jarayonlari uchun kamroq energiya sarflash evaziga kerakli natijaga erishish ham samaradorlik ko‘rsatkichi hisoblanadi. Texnika va texnologiya rivojlanishining hozirgi darajasida yoqilg‘i-energetika resurslaridan foydalanishda iqtisodiy jihatdan asoslangan samaradorlikka erishish hamda atrof-muhitni muhofaza qilish talablariga rioya qilish ham shular jumlasidan.
Ofis xonalarining eshik va deraza romlari qishda issiq, yozda sovuq haroratni saqlash uchun izolyasiya qilingan bo‘lishi, energiya tejamkor maishiy texnika va yoritish uskunalaridan foydalanish – energiya samaradorligi uchun juda muhimdir. Xuddi shu kabi neft-gaz mahsulotlaridan ham tejamkorlik bilan foydalanib, ulardan foydalanish samaradorligini oshirish mumkin. Shu o’rinda, qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan keng ko’lamda foydalanish energiya samaradorligini yanada oshirish va tabiiy resurslarni kelajak avlodga yetkazish uchun xizmat qilishini ta’kidlab o’tish joiz. Isitish va sovitish jihozlaridan ham to‘g‘ri, oqilona foydalanish – energiya samaradorlik ko‘rsatkichlaridan biri. Ushbu ko‘rsatkichlar, avvalo, shaharsozlik loyihalari, bino-inshootlar qurilishini loyihalashtirish, qurilish materiallarini tanlash, sifatli qurish jarayoni, bino-inshootlarning ichki intererini jihozlash me’yorlariga amal qilish bilan chambarchas bog‘liq. Oddiy so‘z bilan aytganda, noto‘g‘ri qurilgan bino-inshootdan tortib noto‘g‘ri foydalanilgan oddiy maishiy uskuna-jihozlargacha – iqtisodiyotga katta zarar, jamiyat va davlat taraqqiyotining kushandasi hisoblanadi.
Bugungi kunda mavjud energo resurslardan tejamkorlik bilan foydalanish – davr talabi. Buning uchun foydalanilmayotgan elektr jihozlari va yoritish uskunalarini tarmoqdan uzib qo‘yish, ya’ni ofis yoki yashash xonalaridan chiqayotganingizda elektr jihozlarini kutish rejimida qoldirmasdan, ularni o‘chirib, tarmoqdan uzish orqali tejamkorlik tomon qadamni tashlagan bo‘lasiz. Shuningdek, ish joyi va xonadonlarni ko‘proq tabiiy yorug‘likdan ya’ni quyosh nuridan foydalangan holda yoritishga alohida e’tibor qaratish zarur. Yana bir muhim masala, Siz, ko‘cha-ko‘yda, mahallada, dam olish maskanlari-yu boshqa jamoat joylarida foydalanilmayotgan elektr jihoz va qurilmalarini tarmoqdan uzib qo‘yishni talab qilsangiz – energiya tejamkorligi va samaradorligi bo‘yicha jamoatchilik nazoratini o‘rnatishda o’z hissangizni qo’shgan bo’lasiz.
Ma’lumki, iqtisodiyot tarmoqlari rivojlanib, turmush darajasi yaxshilangani sari energiyaga talab ham oshib boradi. Ma’lumotlarga ko‘ra, so‘nggi besh yilda yurtimizda elektr energiyasi iste’moli 20 foizga, jumladan, aholi tomonidan sarflanishi 31 foizga oshgan. Bu ko‘rsatkich yiliga 6 foizdan o‘sib bormoqda.
Shu bois energiya ishlab chiqarish izchil rivojlantirilmoqda, bunga qo‘shimcha suv, quyosh, shamol energetikasi stansiyalari barpo etilmoqda. Shu bilan birga, elektr energiyasi va tabiiy gaz sarfini hisoblash tizimi ham tartibga keltirildi. Endigi muhim vazifa – bu ne’matni qadrlab, tejab, o‘z o‘rnida foydalanish.
Yurtimizda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini keng joriy etish, energiya samaradorligini oshirish orqali respublika hududlarida kuzatilayotgan energiya taqchilligiga barham berish, bu boradagi ishlarni kompleks tashkil etish hamda investorlar uchun qulay shart-sharoit va rag’batlantirish mexanizmlarini joriy qilish, maqsadida O’zbekiston respublikasi Prezidentining joriy yil 16 fevralda “2023 yilda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini va energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etishni jadallashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi №57 sonli qarori qabul qilingan. Mazkur hujjatning mazmun-mohiyati va ahamiyatini keng targ’ib qilish hamda tushuntirish maqsadida Buxoro shahrida targ’ibot tadbiri o’tkazildi. Ishtirokchilarga tegishli soha vakillari qatorida “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ bosh muhandisi tomonidan qaror bo’yicha tushuntirish hamda muqobil energiya manbalari, ularning turlari haqida ma’lumot berildi. Yakunda tadbir ishtirokchilari o’zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.