⚡️Kam ta’minlangan oilalarga elektr va gaz toʻlovlarida davlat kompensatsiyasi joriy etiladi

2025-yil 1-maydan 2027-yil 1-aprelga qadar “Ijtimoiy himoya yagona reestri” axborot tizimi orqali bolalar nafaqasi va moddiy yordam oluvchi hamda Kambag‘al oilalar reestriga kiritilgan, shuningdek, Reestrlarga kiritilmagan, biroq moddiy ahvoli bo‘yicha kam ta’minlangan oilalar mezonlariga to‘g‘ri keluvchi, oiladagi jon boshiga daromadi minimal iste’mol xarajatlarining 1,5 barobaridan oshmaydigan oilalarga:

▫️elektr energiyasi iste’moli bo‘yicha – oyiga bazaviy me’yordan 150 kVt soatgacha;

▫️tabiiy gaz iste’moli bo‘yicha – isitish mavsumida oyiga bazaviy me’yordan 250 kub metrgacha, boshqa davrlarda oyiga bazaviy me’yordan 150 kub metrgacha ortiq foydalanilgan qismi uchun bazaviy me’yor doirasidagi hamda bazaviy me’yordan oshgan narxlar o‘rtasidagi farq kompensatsiya qilib beriladi.

Manba

“ISROFGARCHILIKKA YO’L QO’YMAYLIK”

Elektr energiyasidan oqilona va tejamkorlik bilan foydalaning. Bugun hayotimizni elektr energiyasiz tasavvur qila olmaymiz.

Hurmatli yurtdoshlar, har birimiz xonadonimiz yoki ish joyimizda elektr energiyasidan oqilona hamda tejamkorlikka rioya qilgan holda foydalanishimiz zarur.

Shuningdek, quyoshli yurtimizning tabiiy imkoniyatidan foydalanib, quyosh panellari hamda quyosh suv isitgichlarini o’rnating va darmadingizni oshiring.

Transformator punktlari mukammal ta’mirlanmoqda

Hududlar elektr energiyasi ta’minotini yanada yaxshilash maqsadida joriy yil avvalida belgilab olingan chora – tadbirlar asosida “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tomonidan hududlar kesimida bir qator amaliy ishlar olib borilmoqda. Ayni kunlarda, elektr ta’minoti korxonalarining mutaxassis xodimlari transformator punktlarini mukammal ta’mirlash ishlarini bajarmoqda.

Aytish o’rinliki, joriy yilda 830 dona turli quvvatdagi transformator punktlarini mukammal ta’mirlash ishlari rejalashtirilgan bo’lib, bu boradagi ishlar bosqichma – bosqich amalga oshirilmoqda.

“Buxoro HETK” AJ Matbuot xizmati

ELEKTR ENERGIYASI ISTE’MOLCHILARI DIQQATIGA!

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev aholi, iqtisodiyot tarmoqlari va tadbirkorlik subyektlarini yoqilgʻi-energetika resurslari bilan ishonchli tarzda taʼminlash, shuningdek, aholi hamda tadbirkorlik subyektlarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida Vazirlar Mahkamasiga elektr energiyasi va gaz boʻyicha yangi tariflarning kuchga kirish muddatini kechiktirish topshirigʻini berdi.

Yangi tariflar avval rejalashtirilgani kabi 1-apreldan emas, 1-maydan kuchga kiradi. 2024-yil 16-apreldagi Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga buni nazarda tutuvchi oʻzgartirish kiritiladi.

6 kV kuchlanishdagi elektr uzatish tarmog’ini qurish ishlari olib borilmoqda.

Avval xabar berganimizdek, Buxoro shahar Geofiziklar qo’rgoni hamda “O’zbekiston” mahalla fuqarolar yig’ini hududlarini barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash uchun yangi, 6 kV kuchlanishdagi elektr uzatish tarmog’ini qurish ishlari olib borilmoqda. Buning uchun olib kelingan 30 dona mustahkam temir – beton ustunlar Taraqqiyot ko’chasi bo’ylab, Buxoro shahar elektr ta’minoti korxonasi xodimlari tomonidan, maxsus texnikalar yordamida rostlandi.
Ayni damda 3000 metr uzunlikdagi, AC-50 markali elektr simlarini tortish ishlari olib borilmoqda.

“Buxoro HETK” AJ Matbuot xizmati

Belgilab olingan chora tadbirlar asosida tarmoqlar mukammal ta’mirlanmoqda va yangidan qurilmoqda.

Aholini uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlash va mazkur yo‘nalishdagi ishlar sifatini yanada yaxshilash borasida “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tomonidan bir qator amaliy ishlar olib borilmoqda. Xususan, belgilab olingan chora tadbirlar asosida tarmoqlar mukammal ta’mirlanmoqda va yangidan qurilmoqda.

Jumladan, Buxoro shahar Geofiziklar qo’rgoni hamda “O’zbekiston” mahalla fuqarolar yig’ini hududlarini barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash uchun yangi, 6 kV kuchlanishdagi elektr uzatish tarmog’ini qurish ishlari olib borilmoqda. Buning uchun olib kelingan 20 dona mustahkam temir – beton ustunlar Taraqqiyot ko’chasi bo’ylab, Buxoro shahar elektr ta’minoti korxonasi xodimlari tomonidan, maxsus texnikalar yordamida rostlanmoqda.

“Buxoro HETK” AJ Matbuot xizmati

Jarayon

Hududlar elektr energiyasi ta’minotini yanada yaxshilash maqsadida joriy yil avvalida belgilab olingan chora – tadbirlar asosida “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tomonidan joylarda bir qator amaliy ishlar olib borilmoqda. Xususan, elektr ta’minoti korxonalarining mutaxassis xodimlari hududlardagi elektr uzatish tarmoqlari va transformator punktlarini joriy ta’mirlash ishlari amalga oshirilmoqdalar.
Ta’kidlash joizki, ta’mirlash ishlarining o’z vaqtida bajarilishi iste’molchilarni mustahkam elektr energiyasi bilan ta’minlashda o’z samaradorligini ko’rsatadi.

“Buxoro HETK” AJ matbuot xizmati

Simyog’ochlar yangilanmoqda.

⚡️ “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tomonidan 2025 yilda amalga oshirilishi belgilangan ishlar bo’yicha ishlab chiqilgan chora – tadbir asosida elektr uzatish tarmoqlari va elektr qurilmalarida bosqichma –bosqich ta’mirlash ishlari amalga oshirilmoqda. Shuningdek, rejaga binoan ma’nan eskirgan simyog’ochlar mustahkam temir – beton tayanchlarga almashtirilmoqda.

⚡️ Jumladan, Buxoro shahrining “Mahmud Tarobiy” mahalla fuqarolar yig’ini Namozgoh ko’chasidagi yog’och ustunlarni almashtirish jarayonlari olib borildi. Buxoro shahar elektr ta’minoti korxonasi xodimlari tomonidan, maxsus texnikalar yordamida, 5 dona temir beton tayanchlar olib kelib rostlandi.

“Buxoro HETK” AJ Matbuot xizmati