UzA | Iste’molchilarni uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda

Aholidan kelib tushayotgan murojaatlar asosida hududlarda elektr ta’minoti sifatini yaxshilash maqsadida “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tomonidan keng ko‘lamli amaliy ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Bugungi kunda Buxoro viloyatida elektr energetikasi tizimini modernizatsiya qilish, mavjud tarmoqlarni yangilash hamda iste’molchilarni uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlash borasida qator loyihalar amalga oshirilmoqda. Bu esa aholi uchun yanada qulay turmush sharoitlari yaratish, hududlarning energetik salohiyatini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

 ✅ Batafsil

Podstansiyalar birma-bir ko’rikdan o’tkazilib, aniqlangan kamchiliklar bartaraf qilinmoqda

Iste’molchilar elektr ta’minotini yaxshilash, yoz va kuz-qish mavsumlariga puxta tayyorgarlik ko‘rish, mavjud muammolarni tuzatish uchun “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tomonidan amaliy ishlar olib borilmoqda. Xususan, hududlardagi 105 dona podstansiyalar texnik jihatdan o’rganilmoqda va kelib chiqishi mumkin bo’lgan nuqsonlarning oldini olishga qaratilgan joriy va mukammal ta’mirlash ishlari bajarilmoqda.

👷‍♂️ Joriy yildan jamiyat tomonidan 15 dona yuqori kuchlanishdagi podstansiyalarni mukammal 90 dona podstansiyalarni joriy ta’mirlash rejalashtirilgan. Ayni kunlarda belgilangan grafik asosida bosqichma – bosqich ta’mirlanmoqda.

✅ Ta’mirlash ishlarining o’z vaqtida bajarilishi uskunalar texnik holati mustahkamligining oshishiga, tarmoqdagi ortiqcha yo’qotishlarni oldini olishga, iste’molchilarni sifatli elektr energiyasi bilan ta’minlashga xizmat qiladi
.

⚡️“Xavfsizlik texnikasi ko‘rigi” oyligi bo’lib o’tmoqda

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJning 2026-yil 25-maydagi 146-sonli buyrug‘i shuningdek, “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJning 348-sonli buyrug‘iga asosan, jamiyatda 2026-yil 10-iyundan 10-iyulgacha “Xavfsizlik texnikasi ko‘rigi” oyligi o‘tkazilmoqda.

Bunda xodimlarning mehnat muhofazasi bo‘yicha bilimlari mustahkamlanib, ish joylarida xavfsizlik qoidalariga rioya etilishi, maxsus kiyim-bosh va himoya vositalaridan to‘g‘ri foydalanilishi hamda ishlab chiqarish jarayonlarida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavfli omillarning oldini olishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Mazkur tadbirlar xodimlar salomatligini muhofaza qilish, baxtsiz hodisalarning oldini olish va korxonada xavfsiz mehnat muhitini yaratishga xizmat qiladi.

Mavjud muammolarni oldindan bartaraf etish maqsadida “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tomonidan amaliy ishlar olib borilmoqda.

Iste’molchilarni barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash, yoz va kuz-qish mavsumlariga puxta tayyorgarlik ko‘rish, mavjud muammolarni oldindan bartaraf etish maqsadida “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tomonidan amaliy ishlar olib borilmoqda.

🔧 Xususan, hududlardagi 105dona podstansiyalar ko’rikdan o’tkazilib, kelib chiqishi mumkin bo’lgan nuqsonlarning oldini olishga qaratilgan joriy va mukammal ta’mirlash ishlari bajarilmoqda.

👷‍♂️ Joriy yildan jamiyat tomonidan 15 dona yuqori kuchlanishdagi podstansiyalarni mukammal 90 dona podstansiyalarni joriy ta’mirlash rejalashtirilgan. Ayni kunlarda belgilangan grafik asosida bosqichma – bosqich ta’mirlanmoqda va sinovdan o’tkazilmoqda.

✅ Ta’kidlash joizki, ta’mirlash ishlarining o’z vaqtida olib borilishi texnik uskunalar mustahkamligini oshiradi va tarmoqdagi ortiqcha yo’qotishlarni oldini olishda o’z samaradorligini ko’rsatadi.

Dilkusho ko’chasining elektr ta’minoti yaxshilanmoqda

Har bir xonadondagi elektr ta’minotini barqarorligi, aholining qulay va farovon hayotini ta’minlashga xizmat qiladi. Ana shu maqsadda Buxoro shahar elektr ta’minoti korxonasi tomonidan Buxoro shahar aholisining elektr ta’minotini yaxshilashga qaratilgan keng ko‘lamli qurilish va montaj ishlari olib borilmoqda.

Jumladan, Dilkusho ko’chasidagi eskirgan elektr uzatish tarmoqlari yangilanib, 40 dona mustahkam temir – beton tayanchlar rostlandi, 3000 metr uzunlikdagi himoyalangan SIP kabellari tortildi. Shuningdek 1 dona quvvati 400 kVA bo’lgan transformator punktini o’rnatish jarayonlari amalga oshirilmoqda.

Mazkur chora – tadbirlar elektr energiyasi sifati va ishonchliligini oshirish, avariyaviy holatlarning oldini olish hamda iste’molchilarga yanada qulay sharoit yaratishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi

“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tomonidan hududlarda olib borilgan nazorat va reyd tadbirlari davomida ayrim iste’molchilar tomonidan elektr energiyasidan qonunchilikka zid ravishda foydalanish holatlari qayd qilinmoqda.

Navbatdagi o’rganish ishlari Shofirkon tumanida olib borildi va Hamroboy massividagi dehqon xo’jaliklaridan biri hisoblagichdan tashqari, tarmoqqa yashirin ravishda ulanib olganligi aniqlandi. Buning natijasida elektr ta’minoti korxonasiga 103 mln.so’mdan ortiq moddiy zarar yetkazilganligi qayd etildi.

Ushbu holat yuzasidan belgilangan tartibda dalolatnomalar rasmiylashtirilib, qonunchilikka muvofiq choralar ko‘rilmoqda.

Hurmatli fuqarolar! Elektr energiyasidan oqilona va belgilangan tartibda foydalanishingizni so‘raymiz.

❗️ Noqonuniy foydalanish holatlari javobgarlikka sabab bo‘lishini unutmang.

O‘zbekistonda yirik energetika loyihalari qurilishiga start berildi

“O‘zbekiston energetika haftaligi — 2026” doirasida O‘zbekiston Energetika vazirligi va BAAning “AMEA Power” kompaniyasi tomonidan yurtimizdagi yana bir yirik energetika loyihasi qurilishiga start berildi. Xususan:

Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanida qiymati 86,1 mln dollar bo‘lgan 150 MVt quvvatli (300 MVt·soat) energiya saqlash tizimi qurilishi boshlandi.

Bundan tashqari kelgusida ushbu Hamkor bilan birgalikda Buxoro viloyatining G‘ijduvon tumanida 200 MVt quvvatli (800 MVt·soat) energiya saqlash stansiyasi barpo etish rejalashtirilgan. Loyihaning umumiy qiymati 200 mln dollarni tashkil etadi.

Shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasining Qo‘ng‘irot tumanida esa qiymati 1,06 mlrd dollar bo‘lgan 1 000 MVt quvvatli shamol elektr stansiyasi va 40 km uzunlikdagi elektr uzatish tarmog‘ini qurish loyihasi ham amalga oshirmoqda.

Mazkur loyihalar yurtimiz energetika infratuzilmasini yanada mustahkamlash,qayta tiklanuvchi energiya manbalarini kengaytirish hamda energiya ta’minoti barqarorligini oshirishga xizmat qiladi.

Rabot qishlog’ining elektr ta’minoti yaxshilanmoqda

Aytish o’rinliki, bugun mamlakatimizdagi har bir mahalla va qishloqlarni obod maskanga aytlantirish, aholi uchun qulay va bugungi kun talabiga javob beruvchi zarur infratuzilmalarni yaratish borasida tizimli ishlar olib borilmoqda. Shu o’rinda elektr energiyasi ta’minotini yaxshilashga qaratilgan zarur choralar ko’rilib, bir qator modernizatsiya va yangilash ishlari amalga oshirilmoqda.

Jumladan, Romitan tumanining “Azizon” MFYga qarashli Rabot qishlog’idagi xonadonlarni uzluksiz va me’yor darasidagi elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida tuman elektr ta’minoti korxonasi tomonidan qurilish va montaj ishlari bajarilmoqda. Ushbu hududga loyiha asosida 20 dona mustahkam temir beton tayanchlarini qurish, 800 metr uzunlikdagi elektr uzatish tarmog’ini yangilash va qo’shimcha ravishda, quvvati 160 kVA bo’lgan transformator punktini o’rnatish rejalashtirilgan.

⚡️ Yangilanayotgan tarmoq ertangi barqaror elektr ta’minoti kafolatidir.

Ta’kidlash joizki, so’ngi yillarlarda barcha hududlarda aholini uzluksiz va me’yor darasidagi elektr energiyasi bilan ta’minlash, iste’molchilarga sifatli xizmat ko’rsatish uchun keng ko’lamli modernizatsiya va yagilash ishlari olib borilmoqda.

Jumladan, Buxoro shahrini barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida yana bir yirik loyiha amalga oshirilmoqda. hududlaridagi 4 000dan ortiq iste’molchilarni elektr ta’minotini yaxshilash uchun 4 500 metr uzunlikdagi, yangi yer osti kabel tarmog’i tortilmoqda. Shuningdek, hududga qo’shimcha ravishda 1 dona quvvati 400 kVA bo’lgan transformator punktini o’rnatish rejalashtirilgan.

Belgilangan vazifalarni o’z vaqtida bajarish uchun Buxoro shahar elektr ta’minoti korxonasining 50dan ortiq xodimlari va 4 ta maxsus texnikalar jalb etilgan.

⚡️ Elektr qurilmalari ta’mirlanmoqda 🔧

Iste’molchilarni barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash, yoz va kuz-qish mavsumlariga puxta tayyorgarlik ko‘rish, mavjud muammolarni oldindan bartaraf etish maqsadida “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tomonidan amaliy ishlar olib borilmoqda. Elektr qurilmalari va tarmoqlar ko’rikdan o’tkazilib, kelib chiqishi mumkin bo’lgan nuqsonlarning oldini olishga qaratilgan joriy va mukammal ta’mirlash ishlari bajarilmoqda.

👷‍♂️ Joriy yildan jamiyat tomonidan 15 dona yuqori kuchlanishdagi podstansiyalar, 838 ta taransformator punktlari, 3000 km uzunlikdagi elektr uzatish tarmoqlarini mukammal ta’mirlash rejalashtirilgan. Ayni kunlarda elektr qurilmalari belgilangan grafik asosida bosqichma – bosqich ta’mirlanmoqda.