Energetika yangiliklari
Iste’molchilarni barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash, kuz – qish mavsumini betalofat o’tkazish
Iste’molchilarni barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash, kuz – qish mavsumini betalofat o’tkazish uuchun Buxoro shahar elektr ta’minoti korxonasi tomonidan bir qator ishlar amalga oshirildi.
Ortqa qaytmas islohotlar

Joriy yilda “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tomonidan “Kambag’allikdan farovonlik sari dasturini amalga oshirish bo’yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to’g’risida” 330-sonli qaror asosida 48 ta mahallalarda 71 dona transformator punktlari o’rnatildi va 5000 ga yaqin temir-beton tayanchlari qurilib, 244,5 km elektr uzatish tarmog’i tortildi.
Shuningdek, Vazirlar mahkamasining 205 sonli qarori asosida hududlar kesimida 153 ta transformator punkti o’rnatilib, 250 km uzinlikdagi elektr uzatish tarmog’i qurildi.
Kuz-qish mavsumida aholini uzluksiz energiya bilan ta’minlash maqsadida, jamiyat tarkibidagi 830 dona past kuchlanishli trasnformator punktlari, 2 900 km dan ortiq uzatish tarmoqlarida mukammal ta’mirlash ishlari amalga oshirildi.
FOTOREPORTAJ






“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” aksiyadorlik jamiyati tomonidan aholini kuz-qish mavsumida barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash uchun zarur bo‘lgan materiallarning zaxirasi yaratildi.
✅ Batafsil 👉 UZA.uz
Mavsumga_tayyorgarlik



Kuz – qish mavsumini betalofat o’tkazish, iste’molchilarni uzluksiz va sifatli elektr energiyasi bilan ta’minlash uchun “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tomonidan barcha zaruriy texnik tadbirlar amalga oshirilmoqda. Xususan, yuqori kuchlanishdagi podstansiyalarda joriy va mukammal ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. Jumladan, Qorovulbozor tumanidagi “Navbahor” 35/10 kV podstansiyasida joriy ta’mirlash ishlari amalga oshirildi. Podstansiyada obodonlashtirish, estetik holatini yaxshilash, elektr qurilmalarni bo‘yoqlash hamda qizishini oldini olish, ulanish nuqtalarini ko’rikdan o’tkazish va mahkamlash, sozlash, podstansiyalardagi kuch transformatorini moy sathini me’yor holatga keltirish ishlari amalga oshirildi.
Elektr uzatish tarmoqlarida joriy ta’mirlash ishlari olib borilmoqda



Aholini sifatli va uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida hududlardagi elektr uzatish tarmoqlarida joriy ta’mirlash ishlari amalga oshirilmoqda.
Ish jarayonida eskirgan simyog‘ochlar yangilanmoqda, ulanish nuqtalari mustahkamlanmoqda, eskirgan izolyatorlar almashtirilmoqda va tarmoqlarning texnik holati sinchiklab ko‘zdan kechirilib, aniqlangan kamchiliklar bartaraf qilinmoqda.
Mazkur ta’mirlash ishlari elektr ta’minotining ishonchliligini oshirish, avariyaviy uzilishlarning oldini olish hamda iste’molchilarga yanada barqaror elektr energiyasi yetkazib berishga xizmat qiladi.
⚡️ Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari davom etmoqda



Iste’molchilarni kuz-qish mavsumida barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tomonidan puxta hozirlik ko‘rilmoqda. Shu doirada hududdagi transformator punktlari to‘liq ko‘rikdan o‘tkazilmoqda.
Ko‘rik jarayonida transformatorlar punktlarining texnik holati sinchiklab tekshirilmoqda, nosoz qismlar almashtirilmoqda, izolyatsiya darajasi va xavfsizlik tizimlari qayta ko‘rib chiqilib, fazalararo yuklamalarni teng taqsimlash ishlari olib borilmoqda.
Elektr energiyasi iste’molchilarini uzluksiz va me’yor darajasidagi elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida keng ko’lamli ishlari olib borilmoqda.
G’ijduvon tumani elektr energiyasi iste’molchilarini uzluksiz va me’yor darajasidagi elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida keng ko’lamli ishlari olib borilmoqda. Shuningdek, kuz qish mavsumini betalofat o’tkazish uchun reja asosida transformator punktlari va elektr uzatish tarmoqlarida mukammal ta’mirlash ishlari amalga oshirildi.
🖕 Jarayon tavsilotlari bilan “Zo’r TV» telekanalining «Bu kun” informatsion dasturi orqali tanishishingiz mumkin.
⚡️ Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari davom etmoqda



Avval xabar berganimizdek aholini barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida kuz-qish mavsumiga puxta hozirlik ko‘rilmoqda. Xususan, hududlardagi transformator punktlari to‘liq ko‘rikdan o‘tkazilmoqda.
Ko‘rik jarayonida transformatorlar punktlarining texnik holati sinchiklab tekshirilmoqda, nosoz qismlar almashtirilmoqda, izolyatsiya darajasi va xavfsizlik tizimlari qayta ko‘rib chiqilib, fazalararo yuklamalarni teng taqsimlash ishlari olib borilmoqda.
✅ Amalga oshirilayotgan ishlar elektr energiyasi iste’molchilarini uzluksiz va sifatli elektr energiyasi bilan ta’minlashga, hamda tarmoqdagi ortiqcha yo’qotishlarni oldini olishga xizmat qiladi.





