Tuman elektr taʼminoti korxonalari hamda boʻlim va xizmatgohlarga Xitoyda ishlab chiqarilgan, zamonaviy “Changan” rusumdagi 22 dona elektromobil topshirildi.

Aholining elektr energiyasi taʼminotiga boʻlgan talabini qondirish, joylarda elektr tarmoqlari xizmatini rivojlantirish, zarur infratuzilma tarmogʻini shay qilish, favqulodda vaziyatlarga tezkor javob berish, nosozliklarni oʻz vaqtida bartaraf etish, aholiga koʻrsatilayotgan xizmat sifatini yaxshilash maqsadida “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tarkibidagi shahar, tuman elektr taʼminoti korxonalari hamda boʻlim va xizmatgohlarga Xitoyda ishlab chiqarilgan, zamonaviy “Changan” rusumdagi 22 dona elektromobil topshirildi.

Hududlarda nazorat-reyd tadbirlari doimiy ravishda o’tkazilib kelinmoqda.

Avval xabar berganimizdek elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlarini aniqlash va ularning oldini olish maqsadida hududlarda nazorat-reyd tadbirlari doimiy ravishda o’tkazilib kelinmoqda.

O‘tkazilayotgan tadbirlar jarayonida aniqlangan qoidabuzarliklar yuzasidan amaldagi qonunchilikka muvofiq tegishli choralar ko‘rilmoqda.

Jumladan, G’ijduvon tumani “Buktaroy” MFY hududlari o’rganilganda Xaroshxona qishlog’idagi xonadonlardan biri elektr ta’minoti korxonasi bilan shartnoma rasmiylashtirmagan holatda, elektr energiyasidan noqonuniy tarzda foydalanib kelyotganligi va mazkur qoidabuzarlik oqibatida elektr ta’minoti korxonasiga 80 mln.so’mdan ortiq moddiy zarar yetkazilganligi aniqlandi.

Shu o’rinda, barcha iste’molchilardan elektr energiyasidan foydalanishda belgilangan qoidalarga rioya etishlari so‘raymiz.

Aholi murojaati natijasida elektr ta’minoti yaxshilandi

G’ijduvon tumani “G’ovshun” MFY Quyi qirg’izlar qishlog’i aholisining elektr quvvatini me’yor darajasiga keltirish borasidagi murojaati o’rganib chiqildi va unga ijobiy yechim topish maqsadida hududdagi quvvati 160 kVA bo’lgan tranformator punkti 250 kVA quvvatdagisiga almashtirildi. Natijada 200dan ortiq xonadonning elektr ta’minoti yaxshilandi.

Shuningdek, tumanning “Sohibiyon” MFY Denov qishlog’ida 15 dona mustahkam temir beton tayanchlari rostlandi,1 500 metr uzunlikdagi elektr uzatish tarmog’i tortildi va 1 dona quvvati 100 kVAli qo’shimcha transformator punkti ishga tushurildi.

Kuchli tarmoq – uzluksiz ta’minot

So’ng’i vaqtlarda iste’molchilarning sifatli elektr energiyasiga bo’lgan talabini qondirish va uzluksizligini ta’minlash uchun “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tomonidan qurilish va montaj ishlari olib borilmoqda.

Jumladan, Buxoro shahrini barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash, mavjud infratuzilmani modernizatsiya qilish maqsadida yana bir yirik loyiha amalga oshirildi. Buxoro sharining “Mustaqillik” MFY hamda unga yondosh hududlardagi 2 500ta iste’molchilarni elektr ta’minotini yaxshilash uchun 6 000 metr uzunlikdagi, yangi yer osti kabel tarmog’i tortildi.

Belgilangan vazifalarni o’z vaqtida bajarish uchun Buxoro shahar elektr ta’minoti korxonasining 60dan ortiq xodimlari va 5 ta maxsus texnikalar jalb etildi.

Ushbu ishlar elektr ta’minotidagi uzilishlarni va tarmoqdagi yo‘qotishlari sezilarli darajada kamayishi, shuningdek, aholining turmush farovonligini oshishiga xizmat qiladi.

Murojaatlar o’zining ijobiy yechimini topmoqda.

Elektr energiyasi iste’molchilaridan kelib tushayotgan murojaatlarni tezkorlik bilan o’rganib, ularga qisqa muddatlarda ijobiy yechim topish borasida “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tomonidan tizimli ishlar olib borilmoqda.
Bu borada viloyatimizning Kogon tumanida ham bir qator qurilish va montaj ishlari amalga oshirildi. Xususan, tumannining “Tutkunda” MFY Tutkunda qishlog’i aholisining elektr energiyasi ta’minoti bilan bog’liq muammolari bartaraf qilindi. Hudud aholisining elektr energiyasi taminotini yaxshilash uchun quvvati 400 kVA bo’lgan transformator punkti o’rnatilib, ishga tushurildi.

Quvvati 40000 kVA bo’lgan navbatdagi kuch transformatori Buxoroga olib kelindi

Jondor tuman aholisi, ijtimoiy soha ob’ektlari hamda tadbirkorlarni barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash, shu bilan bir qatorda aholi sonining ko’payishi, ishlab chiqarish salohiyatlarining kengayishini inobatga olgan holda zahira quvvatini yaratish maqsadida “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tomonidan 40 000 kVA bo’lgan navbatdagi kuch transformatori olib kelindi.
Mazkur quvvatdagi kuch transformatorni Jondor tumanini elektr energiyasi bilan ta’minlovchi “Jondor” 110/35/10 kV podstansiyasiga o’rnatish ishlari rejalashtirilgan.

Modernizatsiya va yangilash ishlari doirasida podstansiyadagi 25 000 kVA bo’lgan kuch transformatori, 40 000 kVAli trasformatorga almashtiriladi.

Murojaatlar o’zining ijobiy yechimini topmoqda.

Elektr energiyasi iste’molchilaridan kelib tushayotgan murojaatlarni tezkorlik bilan o’rganib, ularga qisqa muddatlarda ijobiy yechim topish borasida “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tomonidan tizimli ishlar olib borilmoqda.
Bu borada viloyatimizning Kogon tumanida ham bir qator qurilish va montaj ishlari amalga oshirildi. Xususan, tumannining “Tutkunda” MFY Sheyxon qishlog’i aholisining elektr energiyasi ta’minoti bilan bog’liq muammolari bartaraf qilindi. Hudud aholisining elektr energiyasi taminotini yaxshilash maqsadida 37 dona mustahkam temir beton tayanchlari rostladi. Shuningdek, quvvati 160 kVA bo’lgan qo’shimcha transformator punkti o’rnatildi va 2 300 metr uzunlikdagi elektr uzatish tarmog’i tortildi. Natijada 150ga yaqin xonadonlarning elektr ta’minoti yaxshilandi.

ELEKTR ENERGIYASIDAN NOQONUNIY FOYDALANISH HOLATI ANIQLANDI

“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens nazorati bo’limi hamda Romitan tuman elektr ta’minoti korxonasi xodimlari hamkorligida o’tkazilgan reyd tadbirlari davomida Romitan tuman, “Xosa” MFY, Xosa qishlog’ida “Kompyuter” o’yinlariga moslashtirilgan joy sifatida faoliyat yuritib kelayotgan noturar bino elektr energiyasidan shartnomasiz ulanib, noqununiy foydalanib kelayotgani aniqlandi.

Dastlabki hisob-kitoblarga ko’ra, mazkur qoidabuzarlik oqibatida elektr ta’minoti korxonasiga 793 mln.so’m miqdorda moddiy zarar yetkazilgan. Ayni vaqtda holat yuzasidan to’plangan hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan.

Jarayon

Iste’molchilarni barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash uchun “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tomonidan joylardagi podstansiyalarning va transformator punktlarining holati doimiy ravishda o’rganilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf qilish choralari ko’rilmoqda. Podstansiyalar obodonlashtirilib, elektr qurilmalarining estetik holatini yaxshilanmoqda va ulanish nuqtalarini ko’rikdan o’tkazilib, kamchiliklar tuzatilmoqda. Xuddi shunday, mahalla va ko’chalardati transformator punktlari joriy ta’mirlanib, yuklamalar teng taqsimlash bo’yicha amaliy ishlar olib borilmoqda.

Ta’kidlash joizki, joriy ta’mirlash ishlarining o’z vaqtida olib borilishi texnik uskunalar mustahkamligining oshishi hamda kelib chiqishi mumkin bo’lgan avariyali o’chishlarning oldi olish, aholi va tadbirkorlarni me’yor darajasidagi elektr energiyasi bilan ta’minlashda o’z samaradorligini ko’rsatadi.