Xodimlarning bilim saviyasini oshirish maqsadida o’qishlar tashkil qilinmoqda.

“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tomonidan jamiyatda faoliyat yuritib kelayotgan xodimlarning bilim saviyasini oshirish, ularni kasbiy – texnik o’qitish bo’yicha ishlab chiqilgan dastur asosida o’quv darslari tashkil etildi. Mashg’ulotlarda o’quv darslariga jalb qilingan xodimlarning xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya qilgan holda ish joylarini tashkil qilishlari, ularning ishlab chiqarishga moslashishlari va malaka ko’nikmalarini yanada orttirishlariga alohida e’tibor qaratilgan.

O’qish jarayonlari jamiyatda faoliyat yuritib kelayotgan malakali mutaxassislar, oliy ta’lim muassasalarining o’qituvchilari, shuningdek, sohada uzoq yillar davomida ishlab, soha rivojiga hissa qo’shgan ustozlar tomonidan olib borilmoqda.

“Buxoro HETK” AJ matbuot xizmati

Hududlardagi elektr uzatish tarmoqlari va texnik qurilmalarda joriy ta’mirlash ishlari amalga oshirilmoqda.

⚡️ Joriy yilning birinchi choragida belgilab olingan chora – tadbirlar asosida “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tomonidan hududlar kesimida bir qator amaliy ishlar olib borilmoqda. Xususan, elektr ta’minoti korxonalarining mutaxassis xodimlari hududlardagi elektr uzatish tarmoqlari va texnik qurilmalarda joriy ta’mirlash ishlarini amalga oshirmoqdalar.
Ta’kidlash joizki, ta’mirlash ishlarining o’z vaqtida bajarilishi iste’molchilarni mustahkam elektr energiyasi bilan ta’minlashda o’z samaradorligini ko’rsatadi.

“Buxoro HETK” AJ matbuot xizmati

YANGI TAYANCHLAR O’RNATILMOQDA

“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tomonidan aholini uzluksiz va me’yor darajasidagi elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida amaliy ishlar olib borilmoqda. Hududlar kesimidan elektr qurilmalari hamda elektr uzatish tarmoqlari joriy ta’mirlanib, ma’nan eskirgan simyog’ochlarni almashtirish ishlari amalga oshirilmoqda. Jumladan, Kogon shahrining “Mahtumquli” mahalla fuqarolar yig‘ini Mahtumquli ko’chasidagi eskirgan simyog’ochlarni yangilash uchun olib kelingan 15 dona mustahkam temir – beton tayanchlari o’rnatildi.

“Buxoro HETK” AJ matbuot xizmati

Jarayon

“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJning Podstansiyalar xizmatgohi xodimlari tomonidan joylardagi podstansiyalarning holati doimiy ravishda o’rganilib, aniqlangan kamchiliklar bartaraf qilinmoqda. Jumladan, Buxoro viloyatining eng olis hududi Olot tumanidagi “ATK” 110/35/10 kV podstansiyasida joriy ta’mirlash ishlari amalga oshirildi. Podstansiyada obodonlashtirish, elektr qurilmalari va o’chirib, yoqish uskunalarini ta’mirlash, estetik holatini yaxshilash, qizishini oldini olish hamda ulanish nuqtalarini ko’rikdan o’tkazish ishlari bajarildi.

“Buxoro HETK” AJ Matbuot xizmati

UZLUKSIZ_FAOLIYAT_OLIB_BORILMOQDA

“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tomonidan qish mavsumini betalofat o‘tkazish maqsadida viloyat bo‘yicha barcha hududlarda qo’shimcha tezkor chiqish brigadalari tashkil etilgan bo’lib, 24/7 rejimida, tun-u kun faoliyat olib borilmoqda.

Tungi navbatchilik jarayonlari, xodimlarning shayligi, ularga yaratilgan shart sharoitlar rahbariyat boshchiligida joylarga chiqib o’rganilmoqda.

“Buxoro HETK” AJ Matbuot xizmati

24_soatlik_navbatchilik_asosida

“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ bayram kunlari hamda bayram kunlari munosabati bilan e’lon qilingan dam olish kunlarida isteʼmolchilarga uzluksiz elektr energiyasi yetkazib berish maqsadida navbatchilik asosida 24/7 rejimida, tun-u kun ish faoliyatini olib bormoqda.

1️⃣1️⃣5️⃣4️⃣ Call markazi

“Buxoro HETK” AJ matbuot xizmati