BILIM, TAJRIBA VA SINOV!

XORAZM VILOYATIDA O’TKAZILAYOTGAN “KASB MAHORATI” MUSOBAQASIDA BUXOROLIK ENERGETIKLAR HAM ISHTIROK ETMOQDALAR

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJda faoliyat yurituvchi xodimlar o‘rtasida mehnatni muhofaza qilish, ish jarayonida xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya qilish, shuningdek baxtsiz hodisalarning oldini olish maqsadida har yili tashkil etib kelinayotgan “Kasb mahorati” musobaqasida bu yil “Xorazm hududiy elektr tarmoqlari” AJ mezbonlik qilmoqda.

Musobaqada taqsimlovchi tarmoqlar qurilmalarini ta’mirlash bo‘yicha ustalar, dispetcherlar, taqsimlovchi tarmoqlar qurilmalariga xizmat ko‘rsatuvchi elektromontyorlardan tashkil topgan jami 14 ta jamoada 120 nafardan ortiq xodimlar qatnashadi.

Mazkur musobaqada ishtirok etish uchun viloyatimizning “Buxoro HETK” AJ jamoasi ham go’zal va qadimiy Xiva shahriga yetib keldi.

Barcha hamkasblarimiz nomidan jamoamiz a’zolariga omad tilaymiz!

Videolavhani ko’rish

“Buxoro HETK” AJ matbuot xizmati

TAYINLOV

Sattorov Baxtiyor Nasilloyevich 2022 yil 18 oktyabrdan “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ Kapital qurilish bo’yicha direktor lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar B.N.Sattorov “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ Elektr tarmoqlarini qurish va rivojlantirish xizmati boshliq o`rinbosari lavozimida ishlab kelgan.

“Buxoro HETK” AJ Matbuot xizmati

Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.

“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tomonidan kuz-qish mavsumida barcha turdagi iste’molchilarni ishonchli va mustahkam elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida elektr uzatish tarmoqlari va qurilmalari ko’rikdan o’tkazilib, aniqlangan kamchiliklar bartaraf qilinmoqda. Xususan, jamiyat tarkibidagi Linyalar xizmatgohi xodimlari 35 hamda 110 kV kuchlanishdagi havo elektr uzatish tarmoqlarida muntazam o’rganish ishlarini amalga oshirmoqdalar. O’rganishlar natijasida elektr energiyasi ta’minotida uzilishlarni keltirib chiqarishi mumkin bo’lgan nosozliklar tuzatilib, soz holatga keltirilmoqda. Bu esa o’z navbatida elektr energiyasi iste’molchilariga uzluksiz elektr energiyasini yetkazib berish uchun xizmat qiladi.

“Buxoro HETK” AJ matbuot xizmati

Elektr energiyasi ta’minoti yaxshilanmoqda

“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tomonidan hududlarda “Obod qishloq” va “Obod mahalla” Davlat dasturlari asosida amalga oshirilayotgan yirik hajmdagi bunyodkorlik ishlari natijasida elektr ta’minotidagi mavjud muammolar bosqichma-bosqich bartaraf etilmoqda.
Jumladan, viloyatimizning olis manzillaridan biri Olot tumani “Kesakli” MFY hududlarida qurilish va montaj ishlari amalga oshirilmoqda. Mahallada istiqomat qiluvchi aholi va hududdagi tadbirkorlarni barqaroro elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida Olot tuman elektrt ta’minoti korxonasi xodimlari tomonidan 280 donaga yaqin mustahkam temir beton tayanchlar tiklanib, 5200 metr 10 kVli, 8400 metr uzinlikdagi 0.4 kVli elektr uzatish tarmoqlari tortildi. Shuningdek, 5 dona transformator punktlari mukammal ta’mirlandi.
Ayni damda zamonaviy SIP kabellarini tortish ishlari olib borilmoqda.

“Buxoro HETK” AJ matbuot xizmati

Buxoro shahri markazida qurilayotgan ko’p qavatli uylarni barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida 6 kVli kabel tarmog’ini yotqizish ishlari olib borilmoqda.

“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tomonidan Buxoro shahri markazida qurilayotgan ko’p qavatli uylarni barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida 6 kVli kabel tarmog’ini yotqizish ishlari olib borilmoqda.
Jarayon tavsilotlari bilan “Buxoro” telekanalining “Diyor yangiliklari” informatsion dasturi orqali tanishishingiz mumkin.

Videolavhani ko’rish

“Buxoro HETK” AJ matbuot xizmati

#Jarayon #Obod_mahalla #Kogon_tumani

Kogon tuman elektr ta’minoti korxonasi xodimlari tomonidan tumanning “Sorg’un” MFY hududlarida “Obod mahalla” Davlat dasturi asosida keng ko’lamli qurilish va montaj ishlari olib borilmoqda. Hozirga qadar 130 donadan ortiq mustahkam temir beton tayanchlari tiklandi, 1 dona 250 kVA quvvatdagi yangi transformator punkti o’rnatilib, 4 ta transformator punkti mukammal ta’mirlandi. Shuningdek, dasturga binoan 5200 metr 0,4 kVli tarmoqni yangilash uchun zamonaviy SIP kabellarini tortish ishlari amalga oshirilmoqda.

Batafsil

“Buxoro HETK” AJ Matbuot xizmati

"Obod mahalla” Davlat dasturi asosida qurilish va montaj ishlari olib borilmoqda

Buxoro shahar elektr ta’minoti korxonasi xodimlari tomonidan Buxoro shahrining “Fayzulla Xo’jayev” mahalla fuqarolar yig’ini hududida “Obod mahalla” Davlat dasturi asosida qurilish va montaj ishlari olib borilmoqda. Hududga 415 dona mustahkam temir beton tayanchlar tiklanib, 400 kVA quvvatdagi yangi transformator punkti o’rnatildi. Shuningdek, 10 km uzunlikdagi zamonaviy SIP kabellari tortildi.
Jarayon tavsilotlari bilan “Buxoro” telekanalining “Diyor yangiliklari” informatsion dasturi orqali tanishishingiz mumkin.

Batafsil

“Buxoro HETK” AJ matbuot xizmati

#Obod_qishloq #Romitan_tumani

Romitan tumanida past kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlari yangilanmoqda.

Romitan tuman elektr ta’minoti korxonasi xodimlari tomonidan tumanning “Qahramon” mahalla fuqarolar yig’ini Qahramon qishlog’ida “Obod qishloq” Davlat dasturi asosida qurilish va montaj ishlari amalga oshirilmoqda. Modernizatsiya va yangilash ishlari doirasida 46 dona mustahkam temir-beton tayanchlari o’rnatilib, ayni damda 3300 metr uzunlikdagi zamonaviy SIP kabellarini tortish ishlari olib borilmoqda.

Ta’kidlash joizki, amalga oshirilayotgan bu kabi amaliy ishlar mazkur hudud elektr energiyasi ta’minoti yanada yaxshilashga xizmat qiladi.

“Buxoro HETK” AJ matbuot xizmati

#Jarayon #Qorovulbozor_tumani

“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ Nimstansiyalar xizmatgohi xodimlari tomonidan belgilangan yillik reja-grafigi asosida “Nurchi” 110/35/10 kV nimstansiyasida joriy ta’mirlash ishlari amalga oshirilmoqda. Elektr qurilmalarining texnik holati talab darajasiga keltirilib, nimstansiyaning estetik holati yaxshilanmoqda.

Ta’kidlash joizki, joriy ta’mirlash ishlarining o’z vaqtida olib borilishi texnik uskunalar mustahkamligining oshishi, kelib chiqishi mumkin bo’lgan avariyali o’chishlarning oldi olinishi hamda kuz-qish mavsumida aholi va tadbirkorlarni me’yor darajasidagi uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlashda o’z samaradorligini ko’rsatadi.

“Buxoro HETK” AJ matbuot xizmati

Sifatli va uzluksiz elektr ta’minoti

“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tomonidan iste’molchilarga yanada sifatli elektr energiyasini yetkazib berish uchun yuqori hamda past kuchlanishdagi elektr tarmoqlarida modernizatsiya va yangilash ishlari olib borilmoqda. Shuningdek, kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgalik ko’rish, iste’molchilarga uzluksiz va me’yor darajasidagi elektr energiyasini yetkazib berish maqsadida mukammal ta’mirlash ishlari bajarilmoqda.

Jarayon tavsilotlari bilan “O’zbekiston24″ telekanalining “Reportaj24” informatsion dasturi orqali tanishishingiz mumkin.

Batafsil

“Buxoro HETK” AJ matbuot xizmati