“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tomonidan viloyatimiz aholisi va tadbirkorlarini barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash, kuz-qish mavsumini betalofat o’tkazish maqsadida keng ko’lamli ishlar olib borilmoqda.
Jarayon tavsilotlari bilan “Buxoro” telekanalining “Maxsus reportaj” informatsion dasturi orqali tanishishingiz mumkin.
“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tomonidan viloyatimiz aholisi va tadbirkorlarini barqaroro elektr energiyasi bilan ta’minlash, kuz-qish mavsumini betalofat o’tkazish maqsadida keng ko’lamli ishlar olib borilmoqda.
Jarayon tavsilotlari bilan “Buxoro” telekanalining “Diyor yangiliklari” informatsion dasturi orqali tanishishingiz mumkin.
Buxoro shahrining “Foshun” hamda “Do’stlik” mahalla fuqarolar yig’ini hududlarini elektr energiyasi bilan ta’minlab kelayotgan “6 – kichik tuman” 6 kVli elektr uzatish tarmog’ining bir qismida yangilash ishlari olib borilmoqda. Hududga Buxoro shahar elektr ta’minoti korxonasining xodimlari tomonidan maxsus texnikalar yordamida 6 dona mustahkam temir – beton tayanchlari tiklandi. Endilikda havo elektr uzatish tarmog’idagi simlarni yangilash ishlari olib borilmoqda. Montaj ishlari yakuniga yetkazilganidan so’ng hudud aholisi va tadbirkorlari yanada sifatli va uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlanadi.
“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ Podstansiyalar xizmatgohi xodimlari tomonidan “Gijduvon” 110/35/10 hamda “XZK” 35/10 kV podstansiyalarida joriy ta’mirlash ishlari bajarildi. Ta’mirlash jarayonida elektr qurilmalarida aniqlangan kamchiliklar mutaxassislar tomonidan bartaraf qilindi va sinovdan o’tkazildi. Shuningdek, podstansiyaning estetik holati yaxshilandi.
1972 yilda ishga tushirilgan “Yakkatut” 35/10 kV podstansiyasi 2023 yilda rekonstruksiya qilindi. Podstansiyada zamonaviy elektr qurilmalari o’rnatilib, uning texnik imkoniyatlari bir necha barobarga oshirildi.
Ta’kidlash joizki, bunday yangilanishlar elektr energiyasi ta’minoti barqarorligini mustahkamlaydi va kelib chiqishi mumkin bo’lgan avariyali uzilishlarni oldini olishda o’z samaradorligini ko’rsatadi.
Ta’kidlash joizki, bunday chora eskirgan va ortiqcha yuklama bilan ishlayotgan elektr tarmoqlari va transformator punktlari joylashgan ma’lum bir hududlarda iste’molchilarni uzoq vaqt elektr ta’minotidan uzilib qolmasligini ta’minlash maqsadida zarurat yuzasidan qо‘llaniladi.
Mamlakatimiz hududlari bo‘ylab kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari amalga oshirilmoqda. Mavsumni betalafot o‘tkazish maqsadida kommunal sohaga daxldor xizmatlarning ish sifati va samaradorligini oshirish bo‘yicha zarur choralar ko‘rilgan. Buxoro viloyatida ham mavsumga qizg‘in hozirlik ko‘rilmoqda. Jumladan, “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” aksionerlik jamiyati tomonidan viloyat aholisi va tadbirkorlik sub’ektlarini barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda.
“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tomonidan kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish bo’yicha olib borilayotgan amaliy ishlar ko’lami keng.
Bu haqda “O‘zbekiston 24” telekanali “Maxsus reportaj” tahliliy dasturining navbatdagi sonida tanishishingiz mumkin.
“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ Linyalar xizmatgohi xodimlari tomonidan yuqori kuchlanishdagi, uzunligi 45 km bo’lgan “Xarxo’r” 110 kV havo elektr uzatish tarmog’ida joriy ta’mirlash ishlari amalga oshirilmoqda. Mutaxassislar salqi simlarni tortish, ulanish qismlarini mahkamlash ishlarini olib bormoqdalar. Bu esa o’z navbatida elektr energiyasi iste’molchilariga uzluksiz elektr energiyasini yetkazib berish uchun xizmat qiladi.
Hademay, kuz faslining ikkinchi oyi kiradi. Havo harorati quyiga tomon og‘ib borgani sayin aholi xonadonlari, ijtimoiy soha inshootlari, korxona va tashkilotlar, muassasalar va ulardagi mehnat jamoalarida qish-qirovli kunlarga tayyorgarlik birinchi o‘ringa chiqadi. Kundalik turmushda va ish faoliyatida elektr energiyasining o‘rni va ahamiyati nechog‘li beqiyos ekanini ortiqcha izohlashgna hojat yo‘q, albatta. Zero, o‘tgan yilgi anomal sovuq, izg‘irinli mavsumda tizimda kuzatilgan yetishmovchilik va muammolar aholi xonadonlari va sanoat korxonalarini uzluksiz energiya bilan ta’minlash hamisha dolzarb ekanidan dalolat berib turibdi.
Sir emas, mamlakatimizda shu yo‘nalishdagi aksar korxonalar bugunga kelib ma’nan eskirgan, ya’ni, moddiy texnik-texnologik jihatdan ta’mirtalab ahvolga kelgani bois, tizimning barcha bo‘g‘inini modernizasiyalash, yangi, zamonaviy uskuna va dastgohlarni o‘rnatish, mukammal rekonstruksiya ishlariga ehtiyoj yuqoriligicha qolmoqda. Xo‘sh, bu tarmoqda viloyatda kuz-qish mavsumiga qanday tayyorgarlik ko‘rilmoqda?