HAR BIR ISHNI XAVFSIZ TASHKIL ETISH LOZIM.

Buxoro shahar elektr ta’minoti korxonasining xodimlari bilan ish jarayonlarinida “Elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalari”ga qat’iyan amal qilish, xavfsiz ish sharoitlarini tashkil etish, doimo xushyor holatda ta’mirlash ishlarini bajarish, shu bilan bir qatorda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan baxtsiz hodisalarni oldini olishga qaratilgan yo’riqnoma o’tkazildi. Shuningdek, tizimda sodir bo’lgan baxtsiz hodisalarning tafsilotlari xodimlar bilan birgalikda ishlab chiqildi va maxsus tayyorlangan videoroliklar namoyish qilindi.
Masullar tomonidan har bir xodimning salomatligi, ish jarayonlarini xavfsiz bajarib, oilasi bag’riga eson-omon qaytib borishi muhumligi ta’kidlandi.

“Buxoro HETK” AJ matbuot xizmati

Iste’molchilardan kelib tushayotgan murojaatlarga ijobiy yechim topish borasida keng ko’lamli ishlar olib borilmoqda

“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tomonidan viloyatimiz aholisi va tadbirkorlarini barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash, kuz-qish mavsumini betalofat o’tkazish, iste’molchilardan kelib tushayotgan murojaatlarga ijobiy yechim topish borasida keng ko’lamli ishlar olib borilmoqda.

Jarayon tavsilotlari bilan “Buxoro” telekanalining “Maxsus reportaj” informatsion dasturi orqali tanishishingiz mumkin.

MAXSUS REPORTAJNI KO’RISH

“Buxoro HETK” AJ matbuot xizmati

Peshko’ tumani iste’molchilarini uzluksiz va sifatli elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida qurilish va montaj ishlari amalga oshirilmoqda

“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tomonidan viloyatimiz aholisi va tadbirkorlarini barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash, kuz-qish mavsumini betalofat o’tkazish uchun keng ko’lamli ishlar olib borilmoqda. Jumladan, viloyatimizning Peshko’ tumani iste’molchilarini uzluksiz va sifatli elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida qurilish va montaj ishlari amalga oshirilmoqda.
Jarayon tavsilotlari bilan “Buxoro” telekanalining “Diyor yangiliklari” informatsion dasturi orqali tanishishingiz mumkin.

REPORTAJNI KO’RISH

“Buxoro HETK” AJ matbuot xizmati

Har bir murojaat e’tiborda.

Elektr energiyasi iste’molchilaridan kelib tushayotgan murojaatlarni tezkorlik bilan o’rganib, ularga qisqa muddatlarda ijobiy yechim topish borasida “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tomonidan tizimli ishlar olib borilmoqda.
Bu borada viloyatimizning Peshko’ tumanida ham bir qator qurilish va montaj ishlari bajarilmoqda. Xususan, tumannining “Malshoyak” hamda “So’sana” mahalla fuqarolar yig’ini aholisining elektr energiyasi ta’minoti bilan bog’liq muammolari bugun o’z yechimini topmoqda. Soha xodimlari tomonidan Malshoyak qishlog’iga 15 dona mustahkam temir-beton tayanchlar tiklandi va elektr uzatish tarmoqlari yangilandi. Shu bila bir qatorda ikki dona 100 kVA quvvatdagi transformator punktlari o’rnatildi. Shuningdek, tumanning So’sana qishlog’idagi qo’lbola o’rnatilgan simyog’ochlarni almashtirish maqsadida 16 dona tayanchlar qurildi. Hozirda 500 metr uzinlikdagi zamonaviy SIP kabellarini tortish ishlari bajarilmoqda.
Amalga oshirilayotgan bu kabi sa’y harakatlar iste’molchilarni barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlashga xizmat qiladi.

“Buxoro HETK” AJ matbuot xizmati

Kuz-qish mavsumini batalofat o’tkazish uchun puxta tayyorgarlik ko’rimoqda

Buxoro shahar elektr ta’minoti korxonasi xodimlari tomonidan korxona balansida bo’lgan transformator punktlarining holati o’rganilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda. Shahrimiz aholisini me’yor darajasidagi uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlashni maqsad qilgan soha fidoyilari kuz-qish mavsumini batalofat o’tkazish uchun puxta tayyorgarlik ko’rmoqdalar. Jumladan, 185.7 km uzinlikdagi elektr uzatish tarmoqlari va 91 dona transformator punktlari mukammal ta’mirlandi. Shuningdek, 25 dona transformator punktlarining tom qismini profnastil qoplamasi bilan qoplash ishlari olib borildi. Bu o’z navbatida yog’ingarchilik kunlarida transformator punktlarida kelib chiqishi mumkin bo’lgan avariyali o’chishlarni oldini olish va elektr qurilmalarining samarali ishlashini ta’minlash uchun xizmat qiladi.

“Buxoro HETK” AJ matbuot xizmati.

Jarayon

“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ Podstansiyalar xizmatgohi xodimlari tomonidan “Shofirkon” 110/35/10 kV podstansiyasida joriy ta’mirlash ishlari olib borildi. Ta’mirlash jarayonida soha mutaxassislari tomonidan elektr qurilmalarida aniqlangan kamchiliklar bartaraf qilindi va sinovdan o’tkazildi.

“Buxoro HETK” AJ Matbuot xizmati

Jarayon:  Mavsumga_tayyorgarlik

“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ Linyalar xizmatgohi xodimlari tomonidan yuqori kuchlanishdagi “Afshona” 110 kV havo elektr uzatish tarmog’ida joriy ta’mirlash ishlari amalga oshirilmoqda. Maxsus texniklar yordamida soha mutaxassislari salqi simlarni tortib, ulanish qismlarini mahkamlash ishlarini olib bormoqdalar. Bu esa o’z navbatida elektr energiyasi iste’molchilariga uzluksiz elektr energiyasini yetkazib berish uchun xizmat qiladi.

“Buxoro HETK” AJ Matbuot xizmati

Jarayon

“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ Podstansiyalar xizmatgohi xodimlari tomonidan “KC-1” 110/35/6 kV podstansiyasida joriy ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. Ta’mirlash jarayonida elektr qurilmalarida aniqlangan kamchiliklar mutaxassislar tomonidan bartaraf etilmoqda va sinovdan o’tkazilmoqda. Shuningdek, elektr qurilmalarining estetik holati yaxshilanmoqda.

“Buxoro HETK” AJ Matbuot xizmati

Aholi murojaatlari yechim topmoqda.

Buxoro shahar “Abduxoliq Gijduvoniy” MFY Orifon ko’chasi aholisining elektr energiyasi ta’minotida quvvat pastligi bo’yicha qilgan murojaati Buxoro shahar elektr ta’minoti korxonasi tomonidan o’rganildi va hudud elektr energiyasi ta’minoti yaxshilash maqsadida 12 dona temir-baton tayanchlar o’rnatilib, 1500 metr uzunlikdagi 0.4-6 kV kuchlanishdagi havo elektr uzatish tarmog’i tortildi. Shuningdek, korxonaning ichki imkoniyatlaridan kelib chiqib qo’shimcha 160 kVA quvvatdagi transformator punkti o’rnatilib, ishga tushurildi. Buning natijasida hudud elektr energiyasi ta’minoti yaxshilandi.

“Buxoro HETK” AJ matbuot xizmati