ELEKTR ENERGIYASIDAN FOYDALANISH QOIDALARINI BUZISH BILAN BOG‘LIQ JINOYATLAR UCHUN JAVOBGARLIK KUCHAYTIRILIShI BELGILANMOQDA.

Energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish, elektr va gaz tarmoqlariga o‘zboshimchalik bilan yoki qoidani buzgan holda ulanish uchun aybdor shaxslarni javobgarlikka tortish masalasida “O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga hamda O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qonun loyihasi e’lon qilindi.

Batafsil

BUXORODA SEKTOR RAHBARLARI ASKUE TIZIMI BILAN YAQINDAN TANISHDILAR

“Buxoro HETK” AJ tomonidan Buxoro shahrida joriy etilgan ASKUE tizimi bilan sektor rahbarlarini yaqindan tanishtirish maqsadida taqdimotlar o‘tkazildi.

Tadbirda viloyatda energetika sohasini yanada rivojlantirish, ishlab chiqilgan dasturlar hamda loyihalarning joylardagi ijrosini ta’minlash yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar, bu boradagi yutuqlar, ASKUE tizimining natijadorligi yuzasidan sektor rahbarlariga batafsil tushuntirishlar berildi.

Yig‘ilganlar o‘tgan davr mobaynida shaharda olib borilgan keng ko‘lamdagi sa’y-harakatlar hamda ushbu tizim orqali iste’molchilarga yaratiladigan qulaylik va imkoniyatlar, shu bilan bir qatorda bugungi kunda erishilgan iqtisodiy samaradorliklar xususidagi taqdimot bilan tanishdilar.

                                                                              “Buxoro HETK” AJ matbuot xizmati

“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ da viloyatdagi OAV xodimlari, mustaqil jurnalist va blogerlar bilan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJning katta majlislar zalida “Buxoro HETK” AJ rahbarlari ishtirokida viloyat miqiyosida elektr energiyasi ta’minotini yaxshilash borasida amalga oshirilayotgan islohotlar va yangiliklar, ASKUE tizimi misolida sohaga raqamli iqtisodiyotning kirib kelayotganligi, ta’minotda yuzaga kelayotgan uzilishlar tahliliga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazildi.

Matbuot anjumani ochiq-oshkora ruhda bo‘lib o‘tdi. Anjumanda ishtirok etgan OAV xodimlari va blogerlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga atroflicha javob oldilar.

Buxoro viloyat teleradiokompaniyasining «Diyor yangiliklari» informasion dasturidagi ushbu matbuot anjumaniga bag‘ishlangan videolavhasi

“Buxoro HETK” AJ matbuot xizmati

“Buxoro HETK” AJda iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaning energiya samaradorligini oshirishga bag‘ishlangan seminar trening bo‘lib o‘tdi.

“Buxoro HETK” AJda iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaning energiya samaradorligini oshirish, energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirishning chora-tadbirlariga bag‘ishlangan seminar trening bo‘lib o‘tdi. Mavzu yuzasidan lavha “Diyor yangiliklari” informasion dasturi orqali efirga uzatildi.

Maqsad sari harakatlar davom ettirilmoqda

Buxoro shahar elektr ta’minoti korxonasi xodimlari tomonidan korxona balansida bo‘lgan transformator punktlarining holati o‘rganilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish ishlari navbatma-navbat olib borilmoqda. Shahrimiz aholisini me’yor darajasidagi uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlashni o‘z oldiga maqsad qilgan shahar elektr ta’minoti korxonasi xodimlari qo‘lni qo‘lga berib, birlashgan holda zimmalaridagi vazifalarni ado etib kelmoqdalar. Ushbu yil kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari alohida ahamiyat kasb etmoqda.

Sababi belgilangan dasturlar ijrosini ta’minlash, joriy hamda mukammal ta’mirlash ishlarini olib borish bilan bir qatorda transformator punktlarining tom qismini profnastil qoplamasi bilan qoplash ishlari olib borildi. Bu o‘z navbatida yog‘ingarchilik kunlarida transformator punktlarida kelib chiqishi mumkin bo‘lgan avariyali o‘chishlarni oldini olish va samarali ishlashi uchun xizmat qiladi.

“Buxoro HETK” AJ matbuot xizmati.