“Buxoro HETK” AJ tomonidan xalq manfaati yo‘lida amalga oshirilayotgan ishlar
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 27 iyuldagi PQ-3812-sonli qarori asosida “Obod mahalla” dasturi bo‘yicha 2019 yilda Buxoro viloyatining mahallalarida elektr ta’minotini yaxshilash maqsadida “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tomonidan Buxoro shahrining “G‘afur G‘ulom”, “Turki Jandi”, “Mutal Burxonov” nomli mahallalarida qurilish va rekonstruksiya qilish ishlari amalga oshirildi. Birgina “G‘afur G‘ulom” mahallasida istiqomat qiluvchi fuqarolarning elektr energiyasi iste’molini sifatli va uzluksizligini ta’minlash maqsadida, 2 dona 400/10 kVa quvvatga ega bo‘lgan transformator punktlari, 1 km uzunlikdagi 0,4-6/10 kV elektr uzatish tarmoqlari yangidan qurildi va 12,7 km uzunlikdagi 0,4-6/10 kV elektr uzatish tarmoqlari rekonstruksiya qilinib foydalanishga topshirildi. Bu esa o‘z navbatida aholiga sifatli elektr energiyasini yetkazib berishda o‘zining ijobiy natijasini bermoqda.
Shuningdek sohada kamchiliklar yetarli ekanligini to‘la anglagan “Buxoro HETK” AJ jamoasi ushbu kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida bor kuchi va g‘ayratini namoyon qilgani holda aholi va tadbirkorlik korxonalariga sifatli elektr energiyasini yetkazib berish borasida barcha choralarini ko‘rmoqda.