Buxoro viloyatida “EEHO va NQAT” joriy etilmoqda

“Osiyo taraqqiyoti banki”  hamda O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasida o‘zaro kelishilgan bitimga asosan va Janubiy Koreya Respublikasining “KT Corporation” kompaniyasi bilan hamkorlikda Buxoro viloyatidagi maishiy va ulgurji iste’molchilarni elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimni joriy etish ishlari (EEHO va NQAT) bosqichma-bosqich   reja-jadval  asosida olib borilmoqda.

Buxoro viloyatida ham elektron hisoblagichlar nazoratining avtomatlashtirilgan tizimi (EEHO va NQAT)ni yo‘lga qo‘yish borasida ishlar amalga oshirilib, zamonaviy elektron hisoblagichlarni  o‘rnatish ishlari jadallik bilan olib borilmoqda. Almashtirilishi kerak bo‘lgan 432 481 dona hisoblagichlarning 399 211 donasi jismoniy shaxslar uchun, 33 270 donasi esa yuridik shaxslar uchun mo‘ljallangan.

Hozirga qadar 399 809 donasi (92,8%) o‘rnatilishi ta’minlandi. Joriy yil yakuniga qadar hisoblagichlarni 100% o‘rnatish rejalashtirilgan bo‘lib, Qorovulbozor tumanidagi barcha iste’molchilarning elektr hisoblagichlari to‘liq zamonaviy elektr hisoblagichlarga almashtirildi.  Vobkent, G‘ijduvon, Olot va Romitan tumanlarida 99 foizga bajarildi. Viloyatimiz bo‘yicha barcha iste’molchilarning elektr hisoblagichlarini almashtirish ishlarini rejalashtirilgan muddatida tugatish bo‘yicha jamiyat tomonidan barcha zarur choralar ko‘rilmoqda.

“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ  Matbuot xizmati

“Buxoro HETK” AJ tomonidan xalq manfaati yo‘lida amalga oshirilayotgan ishlar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 27 iyuldagi PQ-3812-sonli qarori asosida “Obod mahalla” dasturi bo‘yicha 2019 yilda Buxoro viloyatining mahallalarida elektr ta’minotini yaxshilash maqsadida “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ  tomonidan Buxoro shahrining “G‘afur G‘ulom”, “Turki Jandi”, “Mutal Burxonov” nomli mahallalarida qurilish va rekonstruksiya qilish ishlari amalga oshirildi. Birgina “G‘afur G‘ulom” mahallasida istiqomat qiluvchi fuqarolarning elektr energiyasi iste’molini sifatli va uzluksizligini ta’minlash maqsadida,     2 dona 400/10 kVa quvvatga ega bo‘lgan transformator punktlari, 1 km uzunlikdagi 0,4-6/10 kV elektr uzatish tarmoqlari yangidan qurildi va 12,7 km uzunlikdagi 0,4-6/10 kV elektr uzatish tarmoqlari rekonstruksiya qilinib foydalanishga topshirildi. Bu esa o‘z navbatida aholiga sifatli elektr energiyasini yetkazib berishda o‘zining ijobiy natijasini bermoqda.

Shuningdek sohada kamchiliklar yetarli ekanligini to‘la anglagan “Buxoro HETK” AJ  jamoasi ushbu kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida bor kuchi va g‘ayratini namoyon qilgani holda aholi va tadbirkorlik korxonalariga sifatli elektr energiyasini yetkazib berish borasida barcha choralarini ko‘rmoqda.

“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ  Matbuot xizmati