“BUXORO HUDUDIY ELEKTR TARMOQLARI KORXONASI” AJda elektron kutubxona tashkil etildi.

Muhtaram Prezidentimiz ijtimoiy, ma’naviy-ma’rifiy sohalardagi ishlarni yangi tizim asosida yo‘lga qo‘yish bo‘yicha 5 ta muhim tashabbusni ilgari surgan edilar. Shu 5 ta muhim tashabbusdan:

Uchinchi tashabbus aholi va yoshlar o‘rtasida komp’yuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etishga qaratilgan.

To‘rtinchi tashabbus yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish bo‘yicha tizimli ishlarni tashkil etishga yo‘naltirilgan.

Ushbu tashabbuslarni chuqur anglagan holda, “Buxoro HETK” AJ da kompyuter texnologiyalaridan foydalanilib, energetika sohasida texnika xavfsizligi, elektr qurilmalarni ekspluatasiya qilishda xavfsizlik texnikasi va yong‘in xavfsizligi qoidalarini o‘zida mujassam etgan kitoblardan elektron kutubxona yaratildi. Shu bilan birgalikda elektron kutubxona foydalanuvchilariga qulaylik yaratish maqsadida Android operasion tizimida ishlovchi smartfonlar uchun mobil ilova ishlab chiqildi.

Mobil ilovaning qisqacha ish tamoyili:

Smartfonga mobil ilova yuklanib, ilova ishga tushirilgandan so‘ng QR-kodli elektron kutubxonadan kerakli kitob tanlanadi va aynan shu kitobga tegishli QR-kod smartfon kamerasi orqali skaner qilinadi.

QR-kodni identifikasiya qilish jarayonidan keyin smartfon ekranida tanlangan elektron kitobni yuklash uchun havola  paydo bo‘ladi. Havolani brauzerda ochish orqali elektron kitobni smartfonda o‘qish, hamda kelgusida undan foydalanish maqsadida smartfon xotirasiga  yuklab olish mumkin.

                “Buxoro HETK” AJ Matbuot xizmati