BOLA XAVFNI ANGLAMASLIGI MUMKIN, KATTALAR ESA UNI OLDINDAN KO‘RA BILISHI SHART!

Bola dunyoni qiziquvchan nigohlar bilan taniydi. U uchun rozetka – oddiy buyum, elektr ustuni – qiziqarli manzara, uzilgan sim esa xavf ekanini anglash qiyin. Chunki bola xavfni emas, qiziqishni ko‘radi. Kattalarning vazifasi esa aynan shu nuqtada boshlanadi: bola hali anglamagan xavfni oldindan ko‘ra bilishi va uning oldini olishi kerak.

Farzandimizga «tegma», «yaqinlashma», «mumkin emas» deyishning o‘zi yetarli emas.

Unga nima uchun mumkin emasligini tushuntirish, xavfni tanishni o‘rgatish va xavfli vaziyatda qanday yo‘l tutishni singdirish lozim.

🔹 Bolalarni transformator punktlari va elektr qurilmalaridan uzoq tuting.

🔹 Elektr ustunlariga chiqish, uzilgan simlarga yaqinlashish va rozetkalarga begona buyumlarni tiqish hayot uchun xavfli ekanini tushuntiring.

🔹 Uy sharoitida ochiq simlar, nosoz rozetkalar va elektr jihozlaridagi kamchiliklarni e’tiborsiz qoldirmang.

🔹 Xavfli holat aniqlansa, bolalarni uzoqlashtiring va tegishli xizmatlarga xabar bering.

Eng muhimi, bolaga xavfsizlikni faqat so‘z bilan emas, shaxsiy namuna bilan ham o‘rgating.

Chunki farzand kattalarning nasihatidan ko‘ra, kundalik xatti-harakatlarini ko‘proq kuzatadi.

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ barcha ota-onalar, pedagoglar va fuqarolarni elektr xavfsizligiga befarq bo‘lmaslikka chaqiradi.

Unutmang: elektr xavfsizligi borasidagi bugungi bir daqiqalik e’tibor ertaga bir umrga tatigulik ne’mat – inson hayotini saqlab qolishi mumkin.