Fuqarolar muammolarini chuqur o‘rganish va ularni manzilli hal etish maqsadida mutaxassislar uchun maxsus o‘quv kursi tashkil etildi.

Aholi murojaatlari bilan ishlash samaradorligini yanada oshirish, fuqarolar muammolarini chuqur o‘rganish va ularni manzilli hal etish maqsadida mutaxassislar uchun maxsus o‘quv kursi tashkil etildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasida o‘tkazilgan ikki kunlik mashg‘ulotlarda murojaatlar bilan ishlashning zamonaviy yondashuvlari, aholi bilan samarali muloqot qilish, nizoli vaziyatlarni boshqarish hamda tezkor va to‘g‘ri qaror qabul qilish bo‘yicha muhim bilim va amaliy ko‘nikmalar berildi.

