Quyi qo’ng’irotliklarning elektr energiyasi ta’minoti bilan bog’liq muammolari ijobiy yechim topmoqda.

Elektr energiyasi iste’molchilaridan kelib tushayotgan murojaatlarni tezkorlik bilan o’rganib, ularga qisqa muddatlarda ijobiy yechim topish borasida “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tomonidan tizimli ishlar olib borilmoqda.
Bu borada viloyatimizning Vobkent tumanida ham bir qator qurilish va montaj ishlari bajarilmoqda. Xususan, tumannining “Mo’minobod” mahalla fuqarolar yig’ini Quyi qo’ng’irot qishlog’i aholisining elektr ta’minotini me’yor darajasiga keltirish borasida qilgan murojaati o’rganilib, sifatli elektr energiyasini yetkazib berish uchun amaliy ishlar olib borilmoqda. Buning uchun hududga tuman elektr ta’minoti korxonasi tomonidan 25 dona mustahkam temir – beton tayanchlari olib kelib, o’rnatilmoqda. Shuningdek, 1500 metr uzinlikdagi zamonaviy SIP kabellarini tortish rejalashtirilgan.

“Buxoro HETK” AJ Matbuot xizmati