Monthly Archives: Avgust 2021

“Shu aziz Vatanga fidodir jonim” shiori ostida o‘tkazilgan “Eng yaxshi elektr ta’minoti korxonasi” ko‘rik-tanlovida Buxoro shahar ETK birinchi o‘rinda!

2021 yil 30 avgust kuni «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ majlislar zalida Prezidentimizning farmoniga muvofiq Vatanimiz mustaqilligining 30 yillik bayrami arafasida davlatimizning yuksak orden va medallari, shuningdek, mamlakatimizni har tomonlama taraqqiy ettirish, davlatimiz iqtisodiyoti va aholi farovonligini yuksaltirishda ibrat va namuna bo‘lib kelayotgan, xususan, elektr energetikasi tizimini yanada yuksaltirishda alohida fidoyilik ko‘rsatayotgan Jamiyat xodimlarini «O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi» esdalik nishoni bilan taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Boshqaruv raisi Ulug‘bek Mustafoev tantanali tadbirni kirish so‘zi bilan ochar ekan, o‘ttiz yillik mehnatimiz, sa’y-harakatlarimiz, intilishlarimiz, maqsadlarimiz sari ishonchli odimlarimiz, eng asosiysi, energetika sohasida jadal olib borilayotgan islohotlar, pirovardida aholi farovonligini oshirish, xalqimizga munosib turmush sharoitlari yaratishga xizmat qilayotganini alohida ta’kidlab o‘tdi.

Tadbir doirasida, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 30 yillik bayrami arafasida elektr ta’minoti korxonalari o‘rtasida “Shu aziz Vatanga fidodir jonim” shiori ostida o‘tkazilgan “Eng yaxshi elektr ta’minoti korxonasi” ko‘rik-tanlovi g‘oliblarini taqdirlash marosimi ham bo‘lib o‘tdi.

Xususan, “Iste’molchilarga xizmat ko‘rsatishda yuqori sifat ko‘rsatkichiga erishgan va ishchi-xodimlarga qulay mehnat sharoitlari yaratilgan eng namunali elektr ta’minoti korxonasi” nominasiyasida “Andijon HETK” AJ tarkibidagi Andijon tuman hamda “Buxoro HETK” AJ tarkibidagi Buxoro shahar ETKlar g‘olib deb topildi.

“Eng namunali elektr ta’minoti korxonasi binosi” nominasiyasida “Xorazm HETK” AJ tarkibidagi Bog‘ot tumani va “Farg‘ona HETK” AJ tarkibidagi Dang‘ara ETKlar peshqadam bo‘lishdi.

“Rivojlanish sari dadil odimlayotgan elektr ta’minoti korxonasi” nominasiyasi bo‘yicha “Namangan HETK” AJ tarkibidagi “Markaz” va “Qoraqalpoq HETK” AJ tarkibidagi Mo‘ynoq tuman ETKlar g‘olib sifatida e’tirof etildi.

Sovrindorlarga tegishli pul mukofotlari qayd etilgan sertifikatlar va faxriy yorliqlari topshirildi.

“Buxoro HETK” AJ matbuot xizmati.

>>

“O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MUSTAQILLIGINING 30 YILLIGI” esdalik nishoni muborak!

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-maydagi Farmoniga binoan ta’sis etilgan “O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MUSTAQILLIGINING 30 YILLIGI” esdalik nishoni bilan “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” aksiyadorlik jamiyati bosh direktori Hayotov Bahodir Baxronovich, umumiy masalalar bo‘yicha direktor Mahmudov Ibratillo Ne’matiloevich taqdirlandi.

Шунингдек, ушбу эсдалик нишони билан “Бухоро ҲЭТК” АЖ таркибидаги Бухоро шаҳар электр таъминоти корхонаси раҳбари Рўзиев Бахтиёр Жўрақулович, Қоровулбозор туман электр таъминоти корхонаси раҳбари Аслонов Бўстон Рустамовичлар мукофотланди.

Ушбу мукофот эгаларини “Бухоро ҲЭТК” АЖ жамоаси номидан муборакбот этамиз ва ютуқлари бардавом бўлишини тилаб қоламиз.

“Бухоро ҲЭТК” АЖ матбуот хизмати.

>>

“Buxoro HETK” AJ Axborot texnologiyalari bo‘limi muhandisi Ravshanbek Sharifov “Kelajak liderlari” klubi a’zoligiga qabul qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan joylarda salohiyatli yosh yetakchilar qatlamini shakllantirish maqsadida 20 yoshdan 35 yoshgacha bo‘lgan yigit-qizlar uchun “Kelajak liderlari” klubini tashkil etish bo‘yicha tanlov e’lon qilingan edi.
Tanlov natijalariga ko‘ra “Buxoro HETK” AJ Axborot texnologiyalari bo‘limi muhandisi Ravshanbek Sharifov “Kelajak liderlari” klubi a’zoligiga qabul qilindi.
2021 yil 26 avgustda Buxoro shahridagi „Sahid Zarafshon“ mehmonxonasida “Kelajak liderlari” klubining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda viloyat rahbari Botir Zaripov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi departamenti mudiri Abduhamid Tamikaev, Oliy ta’lim muassasalari mutasaddilari hamda OAV xodimlari ishtirok etishdi.
“Kelajak liderlari” klubining ochilish marosimida, klubga a’zolik nishonini Ravshanbek Sharifovga Buxoro viloyati hokimi – Botir Zaripov topshirdi.

“Buxoro HETK” AJ matbuot xizmati

>>

1-sentabr Mustaqillik bayrami

Mustaqillik eng ulug‘, eng aziz ne’mat. Bugun biz erishgan va erishajak yuksak marralar, ozod va obod Vatanimiz manzaralari, avvalo, istiqlol sharofatidandir.
Shu boisdan, mustaqillik bayrami har yili eng ulug‘, eng aziz bayram sifatida yurtimiz bo‘ylab keng nishonlanadi. E’tiborlisi esa, har yilgi bayram tadbirlari o‘zgacha ma’no-mazmun kasb etadigan shior ostida nishonlanadi. Bu yilgi bayram Prezidentimiz qarori bilan “Yangi O’zbekistonda erkin va farovon yashaylik!” degan shiorni asosiy g‘oya sifatida o‘zida mujassam etgani alohida e’tibor va e’tirofga loyiq.

>>

Hashar birdamlikka undaydi.

Vatanimiz mustaqilligining o‘ttiz yilligi oldidan “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” aksiyadorlik jamiyati hamda uning tarkibidagi elektr ta’minoti korxonalarida “Yangi O‘zbekistonda erkin va farovon yashaylik!” shiori ostida umumxalq obodonlashtirish xayriya hashari o‘tkazilmoqda.

Energetika sohasi vakillari tomonidan bino-inshootlar atroflarini tartibga keltirish, daraxtlarni oqlash va shakl berish ishlari amalga oshirilmoqda.
Yurtimizda milliy bayramlarimiz arafasida ko‘chalarni, mahallalarni va yon-atrofni ko‘rkam va ozoda holatga keltirish yaxshi an’anaga aylangan. Bu ezgu odat tufayli atrofimiz o‘zgacha chiroy kasb etadi. O‘tkazilayotgan umumxalq xayriya hasharlari odamlar o‘rtasida mehr-oqibat va birdamlik rishtalarini mustahkamlashga xizmat qiladi.

“Buxoro HETK” AJ matbuot xizmati.

>>
Accessibility