Buxoro shahar elektr taʼminoti korxonasi xodimlarining mehnati eʼtirof etildi.

Buxoro shahar “Zarafshon” MFY hududida amalga oshirilgan keng koʼlamli qurilish, taʼmirlash, obodonlashtirish va koʼkalamzorlashtirish ishlarida faol ishtiroki va fidokorona mehnati uchun Buxoro shahar elektr taʼminoti korxonasi rahbari Baxtiyor Roʼziyevga Buxoro viloyati prokurorining tashakkurnomasi topshirildi.
“Zarafshon” MFYdagi elektr energiyasi isteʼmolchilarini elektr energiyasi taʼminotini yaxshilash maqsadida 630 kVА quvvatdagi transformator punkti oʼrnatilib, 300 metr uzunlikdagi yer osti kabellari yangilangan. Shuningdek, koʼp qavatli uylarning ichki elektr tarmoqlarini taʼmirlab, tartibga keltirish ishlariga koʼmak koʼrsatilgan.

“Buxoro HETK” АJ matbuot xizmati.

“Hududiy elektr tarmoqlari” АJ tomonidan “Elektr energiyasi mening taqdirimda” mavzuida oʼtkazilgan viktorinada «Buxoro HETK” АJ Аxborot texnologiyalari bo'limi boshligʼi Raxmatillo Sharifov birinchi oʼrinni oldi.

“Hududiy elektr tarmoqlari” АJ tomonidan mustaqilligimizning 30 yillik bayrami munosabati bilan “Elektr energiyasi mening taqdirimda” mavzuida oʼtkazilgan sovrinli viktorinada ishtirok etib, berilgan barcha savollarga toʼgʼri va tezkorlik bilan javob qaytargan va birinchi oʼringa sazovor boʼlgan “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” АJ Аxborot texnologiyalari boʼlimi boshligʼi Raxmatillo Sharifov noutbuk 💻 bilan taqdirlandi.
“Buxoro HETK” АJ jamoasi Raxmatillo Sharifovni ushbu mukofot bilan tabriklab, yutuqlari bardavom boʼlishini tilab qoladi.

“Buxoro HETK” АJ matbuot xizmati.

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qarorlari

“Yuridik va jismoniy shaxslarni elektr tarmoqlariga ulash bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida”

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 31.08.2021 yildagi 555-son


“Tadbirkorlik subyektlarini elektr tarmoqlariga ulash tartibini soddalashtirish va biznes muhitini yanada yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 28.02.2020 yildagi 111-son


“Muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentlarini tasdiqlash to‘g‘risida”

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 31.03.2018 yildagi 256-son


“Yoqilg‘i-energetika resurslarining ayrim turlari uchun tarif siyosatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”, 2019 yil 31 may 452-sonli


“Elektr tarmog‘i xo‘jaligi obyektlarini muhofaza qilish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 26.12.2018 yildagi 1050-son


“Elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanish tartibini takomillashtirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida” 2018 yil 12 yanvar 22-sonli


“O’zbekenergo davlat-aktsiyadorlik kompaniyasi faoliyatini takomillashtirish va iste’mol qilinayotgan elektr energiyasi uchun hisob-kitoblar intizomini mustahkamlashga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida” 2013 yil 1 noyabr 295-sonli


“Elektr energiyasidan foydalanganlik uchun hisob-kitob qilish mexanizmini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida” 2004 yil 1 noyabr 511-sonli

“Buxoro HETK” АJ majlislar zalida jamiyatda faoliyat yuritib kelayotgan bir guruh yoshlar bilan uchrashuv boʼlib oʼtdi.

Kitob inson kamolining kalitidir. Shunday ekan har birimiz kitobga oshno boʼlib, undagi bilimlarni qunt bilan oʼrganib, oʼz tafakkurimizni kengaytirib bormogʼimiz zarur. Аynan mutolaa insonga bilim va axborot beradi, uning maʼnaviy olamini boyitadi.

Shu munosabat bilan, bugun, 9 sentyabr kuni “Buxoro HETK” АJ majlislar zalida jamiyatda faoliyat yuritib kelayotgan bir guruh yoshlar bilan uchrashuv boʼlib oʼtdi. Uchrashuvda yosh energetiklarga hukumatimiz tomonidan yoshlar oʼrtasida kitobxonlikni keng targʼib qilish borasida amalga oshirilib kelinayotgan ishlar, sohaga oid kitoblar hamda badiiy asarlarni doimiy mutoala qilib borishning muhim jihatlari xususida tushintirishlar berildi. Ushbu sohada muvaffaqiyatga erishish, kelib chiqishi mumkin boʼlgan baxtsiz hodisalardan saqlanish va kelib chiqishini oldini olishda barchaga oʼrnak boʼla oladigan ustozlar, energetika faxriylarining oʼgitlariga quloq tutish kerakligiga alohida toʼxtalib oʼtildi.
Uchrashuv yakunida yosh energetiklarga sohaga oid boy tajribalarga asoslanib yozilgan kitoblar sovgʼa qilindi.

Yuridik va jismoniy shaxslarni elektr tarmoqlariga ulash bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 31.08.2021 yildagi 555-son

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 31.08.2021 yildagi 555-son

Yuridik va jismoniy shaxslarni elektr tarmoqlariga ulash bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida

Mustaqilligimizning 30 yillik shodiyonalari arafasida yana bir qator energetiklarning mehnati e'tirof etildi.

Mustaqil O‘zbekistonimizning taraqqiy etib, uning iqtisodiy yuksalishida, yurtimizda kechayotgan ulkan islohotlarni teran anglab, munosib ravishda mehnat qilib kelayotgan “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” aksiyadorlik jamiyati xodimlariga tashakkurnoma va faxriy yorliqlar topshirildi.
Yana bir ahamiyatli tomoni shundaki, MUSTAQIL DAVLATLAR HAMDO‘STLIGIga a’zo davlatlarning elektr energetikasini rivojlanishidagi xizmatlari uchun maxsus tayyorlangan “MDHda xizmat ko‘rsatgan energetik” faxriy unvoni bilan sohada ko‘p yillar xizmat qilgan Qahramon Quvvatov taqdirlandi.
Ushbu mukofot egalarini “Buxoro HETK” AJ jamoasi nomidan muborakbot etamiz va yutuqlari bardavom bo‘lishini tilab qolamiz.

“Buxoro HETK” AJ Matbuot xizmati.