“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ Axborot texnologiyalari bo’limi xodimlari "Raqamli O‘zbekiston-2030" strategiyasi doirasida sertifikatlar olishdi.

Mamlakatimizda raqamli iqtisodiyotni jadal rivojlantirish, barcha tarmoq va sohalarda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarligida 2020-yil 11-may kuni “Raqamli iqtisodiyot” va “Elektron hukumat”ni rivojlantirishning ustuvor vazifalari to‘g‘risida o‘tkazilgan yig‘ilishda berilgan topshiriq va ko‘rsatmalar hamda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida “Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasi ishlab chiqilgan.

Mazkur strategiya doirasida “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJning Axborot texnologiyalari xodimlari Respublika IT-Park qoshidagi IT-CENTER tomonidan zamonaviy texnologiyalardan foydalangan holda, yuqori malakali mutaxassislar tomonidan va karantin qoidalariga rioya qilingan holda onlayn tarzda “Davlat va xo’jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari, tashkilotlar va idoralarning axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etishga mas’ul bo’lgan rahbar mutaxassislari uchun” umumiy jami 36 soatlik malaka oshirish kursini muvaffaqiyatli yakunlab, sertifikatlarni qo‘lga kiritishdi.