Monthly Archives: May 2021

Auditor xulosasi 2020 yil uchun

Auditor xulosasi 2020 yil uchun (rus tilida)

>>

“Buxoro HETK” AJ aksiyadorlarining yillik umumiy yig‘ilishini o‘tkazish to‘g‘risida

 “Buxoro HETK” AJ aksiyadorlarining 2021 yil 22 iyun soat 14:00 da o‘tkaziladigan yillik umumiy yig‘ilishi to‘g‘risida e’lon (to‘liq matni rus tilida)

>>

“Buxoro HETK” AJ o‘yingohida kichik futbol musobaqasi o‘tkazildi.

“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ rahbariyati tomonidan sohada faoliyat yuritib kelayotgan yosh mutaxassislarning sportga bo‘lgan qiziqishini oshirish, futbol musobaqalarini tashkil qilish orqali xodimlarning ma’naviy hordiq olishlariga ko‘maklashish, qolaversa xodimlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, ularni turli kasalliklardan sport va sog‘lom turmush tarzi asoslari orqali muhofaza qilish, sportga qiziqtirish orqali mehnat faoliyati samaradorligini oshirish maqsad qilib qo‘yilgan. Shu sabab, “Buxoro HETK” AJ hududida qurilgan futbol o‘yingohida kichik futbol musobaqasi tashkillashtirildi. Musobaqada jamiyat tarkibidagi elektr ta’minoti korxonalari, bo‘lim va xizmatgohlarning  xodimlari o‘zaro kuch sinashishdi.

Darhaqiqat, tabiiy chim qoplamasi ustida bo‘lib o‘tgan o‘yinlar murosasiz bahslarga aylanib ketganligi bilan barchani xursand qildi. Yakunda kuchli uchlik vakillari saralanib, qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandilar.

Ushbu kichik futbol o‘yingohida tuman va shahar elektr ta’minoti korxonalarining xodimlari o‘rtasida futbol musobaqalarini doimiy ravishda tashkil qilib borish jamiyat kasaba uyushmalari raisi tomonidan ta’kidlab o‘tildi. Zero sog‘ tanda sog‘lom aql.

“Buxoro HETK” AJ Matbuot xizmati.

>>

Maxsus texnikalar soni to‘rttaga ortdi.

So‘nggi yillarda elektr energetikasi sohasini jadal rivojlantirish, elektr energiyasi iste’molchilarini uzluksiz hamda sifatli elektr energiyasi bilan ta’minlash borasida joylarda keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda. Yildan yilga elektr energiyasi ta’minotini yaxshilash borasidagi ish ko‘lami tobora kengayib bormoqda.

Bunday hollarda qurilish va montaj ishlarini amalga oshirishda qo‘l keluvchi maxsus texnikalar xizmatiga ehtiyojning ortishi shubhasizdir. Shu sabab, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan “Buxoro HETK” AJ uchun to‘rt dona yamabur maxsus texnikasi yetkazib berildi. Olib kelingan yamabur maxsus texnikalari soha xodimlari og‘irini yengil qilishi bilan bir qatorda belgilangan vazifalar ijrosini o‘z vaqtida sifatli bajarilishi va mehnat unumdorligini oshishiga xizmat qiladi.

“Buxoro HETK” AJ matbuot xizmati

>>

2021 yilning 1-chorak buxgalteriya balansi va moliyaviy natijalari

2021 yilning birinchi chorak buxgalteriya balansi va moliyaviy natijalari (rus tilida)

>>
Accessibility