Olot tumanidagi “ATK” 110/35/10 nimstansiyasida modernizasiya ishlari amalga oshirilmoqda.

Nimstansiyadagi 10 mVA quvvatdagi transformator 25 mVA quvvatdagi transformatorga almashtirildi. Buning natijasida Olot tumani aholisi tadbirkorlik sub’ektlarining sifatli elektr energiyaga bo‘lgan talabi qondirilishi bilan bir qatorda tumanni toza ichimlik suvi bilan ta’minlovchi nasos agregatlarining elektr energiyasi ta’minoti mustahkamlanib,  qo‘shimcha 7mVT quvvat yaratiladi.

Hozirgi vaqtda Olot tumanidagi “ATK” 110/35/10 nimstansiyasida o‘rnatilgan 25 mVA quvvatdagi tranformatorda so‘ngi bosqichdagi montaj ishlari bajarilmoqda. Bunda transformatorni sovutish tizimlari, moy sovutish dvigatellari, 10 kV, 35 kV, 110 kVli vvodlarni sozlash, ikkilamchi zanjirlarda naladka, transformatorga moy quyish va kuchlanish ostiga qo‘yishdan oldingi  sinov ishlari bajarilmoqda.

“Buxoro HETK” AJ matbuot xizmati

Davlatimiz rahbari elektr tarmoqlari korxonasining innovasion markaziga tashrif buyurdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev “Hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyatining Elektr energiyasini hisobga olishni avtomatlashtirish markazi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Bo‘lib o‘tgan taqdimotda amalga oshirilgan ishlar va erishilgan natijalar Buxoro viloyati misolida ko‘rsatib berildi.

Elektr energiyasini hisobga olishni avtomatlashtirilgan tizimi loyihasini amalga oshirish, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 23 oktyabrdagi “Elektr energetikasi tarmog‘ini jadal rivojlantirish va moliyaviy barqarorligini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan Buxoro, Samarqand, Jizzax viloyatlarida elektr energiyasini hisobga olishni avtomatlashtirish tizimiga mos bo‘lgan hisoblagichlarni o‘rnatish ishlari 2019 yilda boshlandi. Viloyat bo‘yicha 437046 hisoblagichdan 430116 tasi (98%) almashtirildi. Shundan 425615 tasi (99%) billing tizimiga ulandi. Aholi iste’molchilariga 2019 yilda yetkazib berilgan elektr energiya 656.3 mln. Kvt.soat bo‘lgan bo‘lsa 2020 yilda 743.9 mln. Kvt.soat ya’ni 87.6 mln. Kvt.soat ortiqcha elektr energiya yetkazib berildi.

“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” aksiyadorlik jamiyati ma’muriy binosi va tuman, shahar elektr ta’minoti korxonalarida kichik “data-sentr” tashkil qilingan bo‘lib, elektr energiyasini hisobga olishni avtomatlashtirish tizimiga ulangan barcha aqlli hisoblagichlardan doimiy ravishda ma’lumotlarni qabul qilib markazlashgan ma’lumotlar markazi (data sentr)ga yetkazib beradi. Buning natijasida elektr energiyasi iste’moli hisob-kitoblari soat, kun, oylik va yillik energiya balanslari to‘g‘ri shakllanmoqda.

Ushbu tizim orqali barcha elektr uzatish tarmoqlari, transformator punkt yuklamalarini tongi va kechki tig‘iz vaqtlarda me’yorda ushlab turish, avariyali o‘chishlarni qisqa vaqt ichida aniqlash va bartaraf etish, elektr hisoblagich elektr energiyasini qabul qilish va uzatishda ma’lumotlar almashinuvida ikki tomonlama imkoniyat yaratilishi, yuklama ostida ishlayotgan transformator punktlarini ushbu tizim yordamida aniqlab, kelajakda modernizasiya va rekonstruksiya qilish ishlarini rejalashtirish imkoniyati mavjud.

Pirovard natijada elektr hisoblagichlar billing tizimga ulanib, qarzdor iste’molchilar avtomatik tarzda tarmoqdan uziladi va elektr energiyasi haqi to‘langanidan keyin avtomatik tarzda qayta tarmoqqa ulanadi.

Bunda inson omili kamayib, noqonuniy ulanishlar va korrupsiya holatlariga chek qo‘yiladi.

“Buxoro HETK” AJ matbuot xizmati

“Obod mahalla” davlat dasturi doirasida rekonstruksiya va yangilash ishlari amalga oshirilmoqda.

“Buxoro HETK” AJ tasarrufidagi Vobkent tuman elektr ta’minoti korxonasi tomonidan tumanning “Shohnigor” MFY hududlarida “Obod mahalla” davlat dasturi doirasida rekonstruksiya va yangilash ishlari amalga oshirilmoqda. Ushbu mahalladagi elektr energiyasi iste’molchilarining elektr energiyasi ta’minotini yaxshilash maqsadida qo‘shimcha ravishda 250 kVA quvvatga ega bo‘lgan transformator punkti o‘rnatib berildi.

Shuningdek, 87 dona temir-beton tayanchlarni o‘rnatib, 4.5 km uzunlikdagi 0.4 kVli hamda 0.7 km uzinlikdagi yuqori kuchlanishdagi havo tarmog‘ini qurib, zamonaviy SIP kabellarini tortish ishlari rejalashtirilgan. Hozirda mustahkam temir-beton tayanchlarni o‘rnatish ishlari olib borilmoqda.

Romitan tuman elektr ta’minoti korxonasi tomonidan ham “Obod mahalla” davlat dasturi doirasida keng ko‘lamli modernizasiya va yangilash ishlari amalga oshirilib kelinmoqda. Shu kunlarda tumanning “Qoqishtuvon” MFY hududidagi “Qoqishtuvon” qishlog‘ida qurilish va montaj ishlari olib borilmoqda. Qishloq aholisini barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida qo‘shimcha 100 kVA quvvatdagi transformator punkti o‘rnatildi. Shuningdek, dastur asosida 32 dona temir-beton tayanchlari qurish, 1 km uzunlikdagi 0.4kVli havo tarmog‘iga zamonaviy SIP kabellarini tortish ishlari amalga oshiriladi. Hozirda temir-beton tayanchlarini o‘rnatish ishlari bajarilmoqda.

Kogon tuman elektr ta’minoti korxonasi tomonidan esa “Obod mahalla” davlat dasturi bo‘yicha tumanning “Tun-yiroq” MFY hududlarida rekonstruksiya va yangilash ishlari bajarilmoqda. “Tun-yiroq” mahallasi elektr energiyasi iste’molchilarini barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida qo‘shimcha 1 dona 100 kVA quvvatdagi transformator punkti o‘rnatilib 2 dona transformator punkti mukammal ta’mirlandi va reja asosida 49 dona mustahkam temir-beton tayanchlarni qurish ishlari yakuniga yetkazildi. Shuningdek, mahallada 450 metr uzunlikdagi 10 kVli havo tarmog‘i qurish, 1.8 km uzinlikdagi 0.4kVli havo tarmog‘iga zamonaviy SIP kabellarini tortish ishlari amalga oshiriladi.

“Buxoro HETK” AJ matbuot xizmati