Monthly Archives: May 2020

Elektr energiyasi iste’molchilari diqqatiga!

 Hurmatli elektr energiyasi iste’molchilari!

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan karantin davrida xalqimizga yengillik yaratish maqsadida qarzdor iste’molchilarni elektr energiyasi ta’minotidan vaqtincha ajratmaslik bo‘yicha chora-tadbirlar amalga oshirilganligi haqida xabar bergan edik.

Endilikda Respublika maxsus komissiyasining 2020 yil 8 maydagi yig‘ilishi bayoniga muvofiq, Respublikada koronavirus infeksiyasi tarqalish holatining hududlar kesimidagi tahlili, kasallik aniqlangan bemorlarning davolanish (sog‘ayish) dinamikasi holatidan kelib chiqqan holda, Respublika hududlari joriy yilning 11 mayidan e’tiboran TUMAN va ShAHARLAR darajasida “yashil”, “sariq” va “qizil”  toifalarga ajratildi. “Yashil” va “sariq” hududlarda sanitariya-gigiena talablariga qat’iy amal qilgan holda xizmat ko‘rsatish turlariga bosqichma-bosqich ruxsat berilishi belgilandi.

“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ 2020 yil 11 maydan e’tiboran “yashil” va “sariq” hududlar istemolchilarining foydalangan elektr energiyasi uchun qarzdorliklari mavjud bo‘lgan hollarda tarmoqdan avtomatik tarzda ajratilishini ma’lum qiladi.

Shu o‘rinda foydalanilgan elektr energiyasi uchun to‘lovlarni mamlakatimizda mavjud barcha to‘lov tizimlari (U-Pay, Click, Payme, Paynet) hamda banklarning mobil ilovalari orqali uydan chiqmasdan turib ham amalga oshirishingiz mumkinligini yana bir bor eslatib o‘tadi.

Shuni unitmangki, Siz foydalanilgan elektr energiyasi uchun to‘lovlarni o‘z vaqtida to‘lab borishingiz orqali energo tizimning barqaror va samarali ishlashida o‘z hissangizni qo‘shgan hisoblanasiz.

“Buxoro HETK” AJ Matbuot xizmati

>>

IChKI AUDITOR XIZMATIGA, IChKI AUDIT LAVOZIMIGA TANLOV

DIQQAT TANLOV!

“BUXORO HUDUDIY ELEKTR TARMOQLARI KORXONASI” aksiyadorlik jamiyati ichki auditorlik xizmati auditori lavozimiga jismoniy shaxslar uchun tanlov e’lon qiladi.

Ichki auditor xizmati auditori quyidagi talablarga javob berishi kerak:

– Ichki auditorning malaka sertifikatiga (sertifikat xar yillik malaka oshirish kurslaridan o‘tganligini tasdiklovchi Guvoxnomalar bilan tasdiklangan xolda) ega bo‘lishi;

– Auditorning malaka sertifikatiga ega bo‘lish;

– O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarida yoxud O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasidagi ta’limga tengligi e’tirof etilgan xorijiy davlat ta’lim muassasasida olingan oliy iqtisodiy ma’lumotga ega bo‘lishi va oxirgi o‘n yilning kamida ikki yilida buxgalteriya hisobi, audit, moliya yoki soliq nazorati sohasida amaliy (yoxud O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarida mua’limlik) ish stajiga ega bulishi;

Tanlovda qatnashishni hoxlovchilar o‘z hujjatlarini 2020 yil 01 iyunga kadar jamiyatga takdim etishlari, shuningdek pochta orqali yoki elektron pochta orqali yuborishlari mumkin.

“BUXORO HUDUDIY ELEKTR TARMOKLARI KORXONASI” aksiyadorlik jamiyati Ichki auditorlik xizmatiga auditor tanlash hujjatlarni qabul qilish yakunlangandan so‘ng jamiyat kuzatuv kengashining navbatdagi majlisida ko‘rib chiqiladi.

Hujjatlarni yuborish uchun manzil:

O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro shahri, Sanoatchilar ko‘chasi 1/1 uy. “BUXORO HUDUDIY ELEKTR TARMOQLARI KORXONASI” aksiyadorlik jamiyati, boshqarma binosi, Xodimlar bo‘limiga.

Tanlov buyicha qo‘shimcha ma’lumotlar uchun:

Telefon/faks: 65 225 50 34, / 65 225 42 64, 65 225 04 56.

Jamiyat korporativ veb-sayti: www.buxelektr.uz

Elektron pochta manzili: buxenergo@umail.uz

>>

Olot tumanidagi talofatlar bosqichma-bosqich bartaraf etilmoqda.

Avval xabar berganimizdek, Buxoro viloyatining Olot va Qorako‘l tumanlarida kuchli shamoldan keyingi talofatlarni bartaraf etish ishlari davom etmoqda. Elektr uzatish tarmoqlaridagi nosozliklarni ta’mirlash, tiklash jarayonlarining olib borilayotganligi ham shular jumlasidandir. Ayni damda Olot tumanida zararlangan 1062 km uzunlikdagi havo tarmoqlarining  989,8 km havo tarmog‘i, 326 ta transformator punktlaridan 299 ta transformator punktlari ta’mirlanib, 21 103 ta  elektr energiyasi iste’molchilaridan 18 591 ta xonadonning elektr energiyasi ta’minoti tiklandi. Elektr uzatish tarmoqlaridagi talofatlarni tiklash uchun 718 dona temir beton tayanchlar o‘rnatildi.

Soha mutaxassislari barcha iste’molchilarni tez fursatlarda tarmoqqa ulab, xonadonlarini nurga to‘ldirishni o‘z oldilariga maqsad qilib qo‘yishgan. Ayni shu sabab ob-havoning injiqliklariga e’tibor qaratmagan holda chinakam jasorat ko‘rsatib, bir maromda ish olib bormoqdalar.

“Buxoro HETK” AJ Matbuot xizmati.

>>
Accessibility