Insonlarga yorug’lik ulashish uchun qorong’ulikda mehnat qilayotganlar

Har bir chiroq yonishi, har bir xonadonda yorug‘lik bo‘lishi ortida mutaxassislarning mashaqqatli mehnati, mas’uliyati va kasbiga bo‘lgan sadoqati mujassam.

Jumladan, Buxoro shahar elektr ta’minoti korxonasining jonkuyar xodimlari Buxoro shahar “Sheyxon” MFY Qo’riq ko’chasi iste’molchilarini me’yor darajasidagi elektr ta’minoti bilan ta’minlash uchun kech kirganligi va ob – havoning sovuqligiga qaramay mehnat qilishmoqda. Bugungi ishni ertaga qoldirmaydigan fidoyi xodimlar tomonidan hududga 10 dona mustahkam temir beton tayanchlari rostlandi va 1200 metr uzinlikdagi elektr simlari tortildi va 100 kVA quvvatdagi transformator punktni o’rnatilib ishga tushurildi.