SOHA FIDOYILARINING MEHNATI E’TIROF ETILDI

22-dekabr — Energetiklar kuni munosabati bilan “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJda tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda iste’molchilarga sifatli va uzluksiz xizmat ko‘rsatish yo‘lida fidokorona mehnat qilib kelayotgan bir guruh soha fidoyilari munosib taqdirlandi.
Ular halol va samarali mehnati, yuksak mas’uliyati hamda kasbiga bo‘lgan sadoqati bilan jamoa orasida alohida e’tibor qozonib, murakkab ob-havo sharoitlarida, kechayu kunduz xizmat vazifasini sidqidildan ado etib, tizim barqarorligini ta’minlash yo‘lidagi sa’y-harakatlari barchaga ibrat bo‘lib kelmoqda.
Bugun fidoyi xodimlarning ko‘p yillik mehnati alohida e’tirof etilib, ularga “Energetika faxriysi” ko’krak nishonlari, faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari topshirildi. Ushbu e’tibor va rag‘bat, shubhasiz, xodimlarning kelgusidagi faoliyatiga yanada katta mas’uliyat va ilhom bag‘ishladi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan