22-dekabr — Energetiklar kuni munosabati bilan “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJda tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda iste’molchilarga sifatli va uzluksiz xizmat ko‘rsatish yo‘lida fidokorona mehnat qilib kelayotgan bir guruh soha fidoyilari munosib taqdirlandi. Ular halol va samarali mehnati, yuksak mas’uliyati hamda kasbiga bo‘lgan sadoqati bilan jamoa orasida alohida e’tibor qozonib, murakkab ob-havo sharoitlarida, kechayu kunduz xizmat vazifasini sidqidildan ado etib, tizim barqarorligini ta’minlash yo‘lidagi sa’y-harakatlari barchaga ibrat bo‘lib kelmoqda. Bugun fidoyi xodimlarning ko‘p yillik mehnati alohida e’tirof etilib, ularga “Energetika faxriysi” ko’krak nishonlari, faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari topshirildi. Ushbu e’tibor va rag‘bat, shubhasiz, xodimlarning kelgusidagi faoliyatiga yanada katta mas’uliyat va ilhom bag‘ishladi.
Xabaringiz bor, joriy yilning 30-oktabr kunidan 10-noyabr kuniga qadar Botir Zaripov (https://t.me/BotirZaripov), Buxoro viloyati hokimligi (https://t.me/buxorouz_official), hamda Buxororisharif.uz (https://t.me/buxoroisharifuz) Telegram-kanallari foydalanuvchilari o‘rtasida Buxoro viloyatidagi boshqarmalar, korxona va tashkilotlardagi ishchanlik muhiti, xizmat ko‘rsatish darajasi, ayniqsa ularda faoliyat olib borayotgan rahbarlarning xalq bilan muloqot qilish ko‘nikmasi, o‘z tizimidagi muammo va kamchiliklarni aniqlab, bartaraf qilishda jonbozlik ko‘rsatishi, aholini rozi qilish darajasini o‘rganish uchun kommunal xizmat ko‘rsatish sohasida so‘rovnoma o‘tkazilgandi.
📝 Obunachilar ovozlarini hisoblab chiqish, tekshirish va ma’lumotlarni tahlil qilish bosqichi yakuniga yetdi. So‘rovnomada ro‘yxatdan o‘tgan akkauntlar soni 10K+ ni tashkil etdi.
So‘rovnomaning natijalariga ko‘ra, jami ovozlar yig‘indisi 6 266 taga yetdi. Antibot sistemasi va statistikani qayta ko‘rib chiqish hamda nofaol hisob ma’lumotlarini chiqarib tashlash orqali yuqoridagi ovozlar haqiqiy deb topildi.
⚠️ Bunda ovozlar sonini “nakrutka” qilishga urinishlar sababli, soxta ovoz to‘plagan nomzodlar natijasi o‘zgartirildi.
⚡️ Shuningdek, yakuniy natijalar e’lon qilingunga qadar yuqoridagi Telegram-kanallardan (yoki ulardan biridan) chiqib ketgan foydalanuvchilar ovozlari ham mos ravishda chegirib tashlandi va quyidagicha reyting ko‘rsatkichlari kelib chiqdi:
1️⃣ Bahodir Hayotov (“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ) – 3034 ovoz;
3️⃣ Anvar Karayev (“Buxoroenergomarkaz” AJ) – 364 ovoz;
4️⃣ Sohibjon Jumayev (Buxoro viloyati UJKXKB) – 187 ovoz;
5️⃣ Ulug‘bek Narzullayev (“Buxoro viloyati issiqlik manbai” MChJ) – 53 ovoz
6️⃣ Shohruh Sadillayev (“Buxoro suv ta‘minoti” AJ) – 37 ovoz.
O‘z fikrlarini bildirib, ovoz bergan barcha foydalanuvchilarga minnatdorlik bildiramiz. Ushbu e’tirof va bildirilgan munosabat kelgusida barcha rahbarlar uchun yanada shijoat bilan ishlab, xalq xizmatida bo‘lish uchun turtki vazifasini o‘tashi shubhasiz.
🔹Ma’lumot uchun: So‘rovnoma bosqichma-bosqich barcha soha va yo‘nalishlarda o‘tkaziladi. Har bir bosqichda eng ko‘p e’tirof etilib ovoz to‘plagan boshqarma/tashkilot keyingi so‘rovnomalarda qatnashish uchun yo‘naltiriladi.