Qaror ijrosi ta’minlanmoqda.






O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 23-sentyabrdagi «Kambag‘allikdan farovonlik sari» dasturini amalga oshirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori ijrosini ta’minlash borasida “Buxoro hududiy elektr tarmoiqlari korxonasi” AJ tomonidan viloyatimizning 55 ta mahalla fuqarolar yig’ini hududlarida amaliy ishlar olib borilmoqda.
Jumladan, Vobkent tumanidagi 4 mahallada 8 dona 250 kVA quvvatdagi transformator punkti, 1200ga yaqin temir-beton tayanch o‘rnatish, 61.2 km yangi tarmoq tortish ishlari amalga oshirilmoqda.
“Buxoro HETK” AJ Matbuot xizmati