Simyog’ochlar yangilanmoqda.

⚡️ “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tomonidan 2025 yilda amalga oshirilishi belgilangan ishlar bo’yicha ishlab chiqilgan chora – tadbir asosida elektr uzatish tarmoqlari va elektr qurilmalarida bosqichma –bosqich ta’mirlash ishlari amalga oshirilmoqda. Shuningdek, rejaga binoan ma’nan eskirgan simyog’ochlar mustahkam temir – beton tayanchlarga almashtirilmoqda.

⚡️ Jumladan, G’ijduvon tumanining “Saidkent” hamda “Xaticha” mahalla fuqarolar yig’inidagi yog’och ustunlarni almashtirish jarayonlari olib borilmoqda. Hududga 120 donaga yaqin temir – beton tayanchlarni olib kelib o’rnatish rejalashtirilgan bo’lib, hozirda 50 dona tayanchlar yetkazilgan. Ayni damda tuman elektr ta’minoti korxonasi xodimlari tomonidan, maxsus texnikalar yordamida, keltirilgan tayanchlar rostlanmoqda.

“Buxoro HETK” AJ Matbuot xizmati

Elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlarini aniqlash borasida reyd tadbirlari olib borilmoqda.

“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tomonidan viloyatimizning barcha hududlarida elektr energiyasiga o’zboshimchalik bilan ulanish holatlarini o’rganish va hisoblagichdan tashqari ulangan uskunalar mavjudligini aniqlash maqsadida joylarda reyd tadbirlari o’tkazilmoqda. Unda elektr energiyasidan noqonuniy foydalanayotgan iste’molchilar aniqlanib, qonuniy choralar ko’rilmoqda.

Jumladan, reyd tadbirlari davomida Jondor tumani “Denov” MFY Hafrabot qishlog’idagi xonadonlar o’rganilganda, elektr energiyasidan, hisoblagichdan tashqari foydalanib kelayotgan xonadon aniqlandi. Mazkur holat yuzasidan dalolatnoma rasmiylashtirildi. Shuningdek, yetkazilgan zarar miqdori qayta hisob kitob qilinib, belgilangan tartibda chora koʻrish maqsadida tegishli tashkilotlarga taqdim etildi.

Viloyatimiz bo’ylab kuchaytirilgan qo’shma reyd tadbirlari davom etmoqda.

“Buxoro HETK” AJ Matbuot xizmati

Murojaatlar o’z yechimini topmoqda.

“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tomonidan elektr energiyasi ta’minoti bilan bog’liq muammolar bo’yicha iste’molchilardan kelib tushayotgan murojaatlarga ijobiy yechim topish maqsadida tizimli ishlar olib borilmoqda. Qilingan murojaatlar o’z vaqtida joyiga chiqib o’rganilmoqda va amalga oshirilishi lozim bo’lgan qurilish, ta’mirlash ishlari bajarilmoqda. Natijada elektr energiyasi ta’minoti yanada yaxshilanmoqda.

Jumladan, Kogon tumanining “Mustaqillik” MFY hududidagi Qizilgul qishlog’i aholisining qilgan murojaatlari ijobiy hal qilinmoqda. Hudud aholisining elektr ta’minotini yaxshilash uchun 22 dona mustahkam temir-beton tayanchlari olib kelib o’rnatildi. Ayni damda elektr ta’minoti korxonasi xodimlari tomonidan elektr uzatish tarmog’ini tortish ishlari olib borilmoqda.

“Buxoro HETK” AJ matbuot xizmati

Qayta tiklanuvchi energiya manbalari imkoniyatlaridan to’laqonli foydalanish borasida keng ko’lamli ishlar olib borilmoqda.

Bugungi kunda yurtimizda elektr energiyasini ishlab chiqarishda qayta tiklanuvchi energiya manbalari imkoniyatlaridan to’laqonli foydalanish borasida keng ko’lamli ishlar olib borilmoqda. Xususan, jismoniy hamda yuridik shaxslar tomonidan o’rnatilayotgan quyosh panellari uchun qulay va istiqbolli shart – sharoitlar yaratib berilgan. Albatta yashil energiya manbalarini joriy qilib, undan samarali foylanib kelayotgan fuqarolar soni tobora ortib bormoqda. Bu boradagi ishlarni yanada jadallashtirish, aholiga quyosh panellarining afzalliklari va davlatimiz tomonidan berilayotgan imtiyozlar haqida tushuntirishlar berish maqsadida hamkor tashkilotlar bilan birgalikda joylarda targ’ibot tadbirlari o’tkazilmoqda.

“Buxoro HETK” AJ Matbuot xizmati

Yuqori kuchlanishdagi podstansiyalarning quvvati oshirilmoqda

So’ngi yillarda aholi, tadbirkorlik korxonalari va ijtimoiy soha obyektlarini barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash uchun sohaga yangilanishlar keng tadbiq qilinmoqda. Buning natijasida joylardagi muammolar bosqichma bosqich o’zining ijobiy yechimini topmoqda. Albatta, bu borada “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tomonidan viloyatimiz iste’molchilarini uzluksiz va sifatli elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida bir qator chora – tadbirlar amalga oshirilmoqda. Xusussan, hududlarda podstansiyalarning quvvatlari oshirilib, yangi kuch transformatorlari o’rnatilmoqda. Jumladan, Buxoro shahrida ko’plab sanoat korxonalari va aholini elektr energiyasi bilan ta’minlovchi “Strelkov” 110/10 kV podstansiyasida 2 dona quvvati 63 000 kVA bo’lgan kuch transformatorlari o’rnatildi. Ilgari ushbu podstansiyaning umumiy quvvati 45 000 kVAni tashkil qilgan bo’lsa, endilikda 126 000 kVAga yetdi. Shuningdek, Peshko’ tumanidagi “Afshona” 110/35/10 kV podstansiyasidagi 10 000 kVAli transformator o’rniga 25 000 kVAli, Buxoro shahridagi “Moxixossa” 35/10 kV podstansiyasidagi 2 dona 6300 kVAli transformatorlar o’rniga 2 dona 10 000 kVA quvvatdagi kuch transformatorlari o’rnatildi.

Amalga oshirilayotgan ishlar iste’molchilarni yanada sifatli, me’yor darajasidagi elektr energiyasi bilan ta’minlashda hamda tarmoqlardagi yo’qotishlarni sezilarli darajada kamaytirishda o’z samaradorligini ko’rsatadi

Ta’kidlash joizki, har qanday ob – havo sharoitida, kezi kelganda tungi vaqtlarda ham mashaqqatli vazifalar soha mutaxassislarining bir maqsad yo’lida birlashishlari natijasida belgilangan muddatlarda uddalanmoqda.

“Buxoro HETK” AJ Matbuot xizmati