Rasmiy munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda  “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ nomidan noma’lum ilovani havola orqali yuklab olib,  barcha kommunal to‘lovlar uchun 200.000 so‘m taqdim etilishi to‘g‘risida xabarlar tarqalmoqda.

“Hududiy elektr tarmoqlari”  AJ mazkur xabarlar mutlaqo asossiz ekanligini ma’lum qilgan holda bunday ilovalarni ko‘chirib olmaslik va tavsiya etilgan havolalarga kirmaslikni so‘rab qoladi.

Iste’molchilardan zarur hollarda rasmiy “HET BILLING”  mobil ilovasini Google play hamda App store orqali bepul yuklab olishlari mumkinigini eslatib o‘tamiz.

Korrupsiya, manfaatlar to’qnashuvi, moddiy javobgarlik, odob – axloq qoidalari yo’nalishlari bo’yicha o’quv jarayonlari o’tkazildi.

Avval xabar berganimizdek “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJda xodimlarning bilim saviyasini oshirish uchun o’qishlar tashkil qilinmoqda. Jumladan, jamiyatning Korrupsiyaga qarshi kurashish va kompleans nazorati bo’limi boshlig’i tomonidan ham o’quv darslari o’tkazilib, o’quv darslariga jalb qilingan xodimlarning huquqiy ongini rivojlantirish maqsadida korrupsiya, manfaatlar to’qnashuvi, moddiy javobgarlik, odob – axloq qoidalari yo’nalishlari bo’yicha o’quv jarayonlari o’tkazildi. Shuningdek, o’tgan 2024 yilda tizimda sodir bo’lgan korrupsiyaviy holatlar va ularga nisbatan qo’llanilgan jazo choralari to’g’risida ma’lumotlar berildi.

“Buxoro HETK” AJ matbuot xizmati

Aholini elektr energiyasi bilan ta’minlovchi 491-sonli transformator punkti joriy ta’mirlandi.

Qish mavsumida iste`molchilarga yetkazib berilayotgan elektr energiyasi taʼminotidagi uzilishlarga yoʻl qoʻymaslik hamda sodir boʻlgan uzilishlarni tezkorlik bilan bartaraf etish maqsadida, “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tomonidan 24 soatlik navbatchilik asosida ish faoliyati olib borilmoqda. Elektr qurilmalari va tarmoqlarida aniqlangan kamchiliklarni tezkorlik bilan bartaraf qilish choralari ko’rilmoqda.

Shuningdek, hududlar kesimida joriy ta’mirlash ishlari amalga oshirilmoqda. Jumladan, G’ijduvon tumani “Degrezon” mahallasi 21-asr ko’chasi aholisini elektr energiyasi bilan ta’minlovchi 491-sonli transformator punkti joriy ta’mirlandi.

Shahar tipidagi 630 kVA quvvatga ega bo’lgan ushbu transformator punkti orqali 350ga yaqin xonadon sifatli elektr energiyasi bilan ta’minlanmoqda.

“Buxoro HETK” AJ matbuot xizmati

Sohada raqamlashtirish bо‘yicha olib borilayotgan ishlar: mavjud muammolar va kelgusi rejalar tо‘g‘risida matbuot anjumani о‘tkazildi

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan sohada raqamlashtirish bо‘yicha olib borilayotgan ishlar: mavjud muammolar va kelgusi rejalar tо‘g‘risida matbuot anjumani о‘tkazildi

Bugun, 23 yanvar kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan sohada raqamlashtirish bо‘yicha olib borilayotgan ishlar: mavjud muammolar va kelgusi rejalar” mavzuiga bag‘ishlangan matbuot anjumani о‘tkazildi.

Jamiyat mutasaddilari ishtirok etgan anjumanda soha mutaxassislari, keng jamoatchilik va OAV vakillari hamda blogerlar ishtirok etdilar.

Ta’kidlanganidek, keyingi yillarda sohaga raqamlashtirish jarayonlarini keng tatbiq etish bо‘yicha О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 5 ta farmon va qarori qabul qilingan bо‘lib, ularga asosan “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan jami 15 ta asosiy ustuvor loyiha amalga oshirilishi belgilangan.

Xodimlarning bilim saviyasini oshirish maqsadida o’qishlar tashkil qilinmoqda.

“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tomonidan jamiyatda faoliyat yuritib kelayotgan xodimlarning bilim saviyasini oshirish, ularni kasbiy – texnik o’qitish bo’yicha ishlab chiqilgan dastur asosida o’quv darslari tashkil etildi. Mashg’ulotlarda o’quv darslariga jalb qilingan xodimlarning xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya qilgan holda ish joylarini tashkil qilishlari, ularning ishlab chiqarishga moslashishlari va malaka ko’nikmalarini yanada orttirishlariga alohida e’tibor qaratilgan.

O’qish jarayonlari jamiyatda faoliyat yuritib kelayotgan malakali mutaxassislar, oliy ta’lim muassasalarining o’qituvchilari, shuningdek, sohada uzoq yillar davomida ishlab, soha rivojiga hissa qo’shgan ustozlar tomonidan olib borilmoqda.

“Buxoro HETK” AJ matbuot xizmati

Hududlardagi elektr uzatish tarmoqlari va texnik qurilmalarda joriy ta’mirlash ishlari amalga oshirilmoqda.

⚡️ Joriy yilning birinchi choragida belgilab olingan chora – tadbirlar asosida “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tomonidan hududlar kesimida bir qator amaliy ishlar olib borilmoqda. Xususan, elektr ta’minoti korxonalarining mutaxassis xodimlari hududlardagi elektr uzatish tarmoqlari va texnik qurilmalarda joriy ta’mirlash ishlarini amalga oshirmoqdalar.
Ta’kidlash joizki, ta’mirlash ishlarining o’z vaqtida bajarilishi iste’molchilarni mustahkam elektr energiyasi bilan ta’minlashda o’z samaradorligini ko’rsatadi.

“Buxoro HETK” AJ matbuot xizmati

YANGI TAYANCHLAR O’RNATILMOQDA

“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tomonidan aholini uzluksiz va me’yor darajasidagi elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida amaliy ishlar olib borilmoqda. Hududlar kesimidan elektr qurilmalari hamda elektr uzatish tarmoqlari joriy ta’mirlanib, ma’nan eskirgan simyog’ochlarni almashtirish ishlari amalga oshirilmoqda. Jumladan, Kogon shahrining “Mahtumquli” mahalla fuqarolar yig‘ini Mahtumquli ko’chasidagi eskirgan simyog’ochlarni yangilash uchun olib kelingan 15 dona mustahkam temir – beton tayanchlari o’rnatildi.

“Buxoro HETK” AJ matbuot xizmati

Korrupsiya – kelajakka tahdid

“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJning Korrupsiyaga qarshi kurashish va kompleans nazorati bo’limi mutaxassislari tomonidan Olot tuman elektr ta’minoti korxonasi xodimlari bilan uchrashuv o’tkazilib, “Korrupsiyani oldini olish va unga qarshi kurashish” mavzusida suhbat o’tkazildi. Uchrashuv davomida xodimlarga o’z mehnat vazifalarini bajarishlari chog’ida ta’magirlik, poraxo’rlik kabi illatlarga yo’l qo’ymasliklari, korrupsiya barcha sohalar kabi elektr energetika sohasining rivojlanishiga to’sqinlik qilishi, bugungi kunda korrupsiya ildizini tag-tomiri bilan sug’urib tashlash borasida olib borilayotgan ishlar bo’yicha tushintirishlar berildi.
Yakunda, korrupsiyaga yo’l qo’ymaslik, jazo muqarrarligi, bu kabi salbiy holatlarni oldini olish va sodir etmaslik choralarini ko’rish lozimligi ta’kidlandi va tizimda sodir bo’layotgan korrupsion holatlar haqida ma’lumot berildi hamda barcha xodimlar ogohlikka chaqirildi.