Xodimlar o’rtasida korrupsion holatlarga yo’l qo’ymaslik, xizmat intizomi va qonunchilikni mustahkamlash borasida tushuntirish va targ’ibot ishlari amalga oshirildi.

“Buxoro HETK” AJning Korrupsiyaga qarshi kurashish va kompleans nazorati xizmati mutaxassislari tomonidan jamiyat tarkibidagi Qorako’l tuman elektr ta’minoti korxonasi xodimlari bilan uchrashuv o’tkazilib, xodimlar o’rtasida korrupsion holatlarga yo’l qo’ymaslik, xizmat intizomi va qonunchilikni mustahkamlash borasida tushuntirish va targ’ibot ishlari amalga oshirildi.

Tadbirda korrupsiya taraqqiyot ildiziga bolta uruvchi jirkanch illat bo’lib, unga qarshi kurashish va jamiyatda qonun ustuvorligini ta’minlash barchamizning sharafli burchimiz ekanligi ta’kidlanib, joriy yilning o’tgan davri mobaynida tizimda sodir bo’lgan holatlar haqida alohida to’xtalib o’tildi.

Shuningdek, korrupsiyaga qarshi kurashish, unga nisbatan murosasizlik tuyg’usini shakllantirish, o’z xizmat vazifalarini halol, vijdonan, vakolatlaridan chetga chiqmagan holda bajarishi lozimligi ta’kidlandi.

HUDUDLARDA ELEKTR ENERGIYASIGA NOQONUNIY ULANISH HOLATLARI BO’YICHA REYD TADBIRLARI O’TKAZILMOQDA

“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplaens-nazorati xizmati hamda mutaxassislar tomonidan muntazam ravishda energiya resurslaridan oqilona foydalanish va noqonuniy holatlarni aniqlashga qaratilgan tadbirlar o‘tkazilmoqda.

Xususan, Buxoro shahar elektr ta’minoti korxonasi xodimlari bilan hamkorlikda o’tkazilgan tadbirda Buxoro shahrida faoliyat olib borayotgan “K.D.A” MCHJga qarashli klinika, elektr ta’minoti korxonasi bilan shartnoma rasmiylashtirmasdan, tijorat maqsadida tarmoqqa o’zboshimchalik bilan ulanib, 558 mln so’mlik elektr energiyasidan qonunga xilof ravishda foydalanib kelayotganligi aniqlandi.
Hozirgi kunda mazkur holat bo’yicha to’plangan hujjatlar MCHJ mansabdor shaxslarining harakatlariga huquqiy baho berish uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etildi.

Viloyatimiz bo’ylab kuchaytirilgan qo’shma reyd tadbirlari davom etmoqda.

Yashil_energiya

Qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini xarid qilish uchun endi bozorga yoki do‘konga borish shart emas. Hammasini energymarket.uz elektron platformasida bajarasiz.

Platforma orqali quyosh stansiyasi va quyosh suv isitgichlarini sotib olish uchun onlayn ariza yuborsangiz kifoya. Siz tanlagan mahsulotni tadbirkor uyingizga yetkazib, o‘rnatib beradi.

To‘lovlar 2 xil usulda: qurilmalar xarajatlarning 30 % gacha qismiga kompensatsiya yoki 36 oygacha foizsiz bo‘lib-bo‘lib to‘lash orqali amalga oshiriladi.

“Ma’rifat soati” tashkil etildi.

“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” Ajning kutubxonasida ikki buyuk siymolarimiz Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligi hamda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 542 yilligi munosabati bilan “Ma’rifat soati” tashkil etildi. Unda Vatan madhidi qalbida jo etgan mutafakkirlar yod etildi.

“Buxoro HETK” AJ Matbuot xizmati

Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Elektr energetikasi sohasidagi faoliyat turlarini litsenziyalash tartib-taomillari belgilandi

Hukumat qarori (91-son, 13.02.2025 y.) bilan “Elektr energetikasi sohasidagi faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi to’g’risida”gi nizom tasdiqlandi

Nizom elektr energetikasi sohasidagi faoliyat turlarini litsenziyalash, litsenziya to’lovlarini hisoblash va to’lash, litsenziatlar faoliyatini nazorat qilish va ularning hisobini yuritish tartib-taomillari va shartlarini belgilaydi.

Nizom “Elektr energetikasi to’g’risida”gi Qonunida litsenziyalanishi belgilangan elektr energetikasi sohasidagi faoliyat turlariga (kichik turlariga) nisbatan tatbiq etiladi. Har bir litsenziya kichik turi uchun alohida litsenziya olinadi.

Nizom talablari quyidagi hollarda nisbatan tatbiq etilmaydi:

➖yagona elektr energetikasi tizimiga ulanmagan holda elektr energiyasini ishlab chiqaruvchilarga;
➖yagona elektr energetikasi tizimiga ulanmagan elektr energiyasini saqlash tizimlariga;
➖quvvati 5 MVt dan kam bo’lgan elektr stansiyalardan elektr energiyasini ishlab chiqaruvchilarga;
➖o’z ehtiyojlari uchun elektr energiyasini saqlashda ishlatiladigan elektr energiyasini saqlash uskunasidan foydalanuvchilarga.

Litsenziyalash Energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish agentligi tomonidan litsenziyalash va ruxsatnoma olish sohasida interaktiv xizmatlar ko’rsatish uchun “Litsenziya” AT orqali amalga oshiriladi.

Talabgor litsenziya olish uchun “Litsenziya” AT, davlat xizmatlari markazi yoki YIDXP (my.gov.uz) orqali elektron shaklda belgilangan ma’lumotlarni ko’rsatgan va qo’shimcha hujjatlarni ilova qilgan holda ariza to’ldiradi.

Jarayon

Sovuq ob – havo sharoitiga qaramasdan Buxoro shahar elektr ta’minoti korxonasi xodimlari tomonidan iste’molchilarni barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida yangi, yer osti kabel tarmog’ini tortish ishlari davom ettirilmoqda.

“Buxoro HETK” AJ Matbuot xizmati

24_soatlik_navbatchilik_asosida

O’z kasbining fidoiylari.

⚡️ Har qanday ob – havo sharoitida ham iste’molchilarni uzluksiz va me’yor darajasidagi elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tomonidan zaruriy choralar ko’rilgan. Barcha hududlarda qo’shimcha chiqish brigadalari tashkil qilingan hamda kerakli zahira materiallari shakllantirilgan. Joylarda navbatchilik asosida 24/7 rejimida, tun-u kun ish faoliyati olib borilmoqda va elektr uzatish tarmoqlari shuningdek, elektr qurilmalarida kelib chiqayotgan nosozliklar tezkorlik bilan bartaraf qilinmoqda. Jumladan, “Bo’ston” 10 kVli tarmoqda kuzatilgan nosozlik Kogon tuman elektr ta’minoti korxonasi tomonidan qisqa muddatlarda bartaraf qilinib, elektr energiyasi ta’minoti tiklandi.

⚡️ Navbatchilik jarayonlari, xodimlarning shayligi jamiyat rahbariyati tomonidan nazoratga olingan.

“Buxoro HETK” AJ Matbuot xizmati

Jarayon/Noqulay ob – havo sharoitida ham belgilangan vazifalar uddalanmoqda.

Avval xabar berganimizdek “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tomonidan elektr uzatish tarmoqlari hamda elektr qurilmalarida belgilangan chora tadbirlar asosida keng ko’lamli ta’mirlash, qurilish va montaj ishlari olib borilmoqda.

Jumladan, “Sanoatchi” 110/10 kV podstansiyasidan chiquvchi Maktab 10 kVli eletr uzatish tarmog’ida mustahkam temir – beton tayanchlarni tiklash ishlari amalga oshirilmoqda. Ayni damda keltirilgan 35 dona tayanchlar elektr ta’minoti korxonasining brigadalari tomonidan maxsus texnikalar yordamida o’rnatilmoqda.

“Buxoro HETK” AJ Matbuot xizmati