“Buxoro HETK” AJ haqida

Jamiyat nomi:

to`liq nomi – “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” aktsiyadorlik jamiyati;

qisqacha nomi – “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ.

“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ elektr energiyasi bozorida taqsimlovchi-sotuvchi korxona hisoblanadi, ya`ni u “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ dan elektr energiyasini sotib olib taqsimlaydi va uni iste`molchilarga sotadi.

“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” aktsiyadorlik jamiyati Buxoro viloyati Davlat mulkini boshqarish va qo`llab-quvvatlash Boshqarmasining 2003 yil 23 iyuldagi 86 – sonli “Buxoro elektr tarmoqlari” sho“ba korxonasini aktsiyadorlik jamiyatiga aylantirish to`grisidagi buyruqiga asosan tashkil topgan.

Korxona ustav fondida davlat ulushi 51%, xorijiy investorlarning ulushi – 45% , mehnat jamoasining ulushi – 4% ni tashkil qiladi.

Korxona balansida quyidagi elektr uskunalar mavjud (2024 yil 1 oktabr holatida):

– 0,4-6-10 kV kuchlanishli havo liniyalari 16089 km

– 35-110 kV  kuchlanishli havo liniyalari 1986 km

– 0,4-6-10 kV kuchlanishli kabel liniyalari 502 km

– 6-10/0,4 kV kuchlanishli transformator punktlari 6320 ta

– 35/110 kV  kuchlanishli transformator nimstantsiyalari 95 ta

– 6-10 kV kuchlanishli transformator punktlarining umumiy quvvati 1088 ming kVA dan ortiq

– 35-110 kV kuchlanishli nimstantsiyalarning umumiy quvvati 1,2 mln kVA dan ortiq.

Hozirgi kunda korxona tarkibida tuman va shaharlarga tegishli 12 ta tuzilmaviy elektr ta`minot korxonalari bor. Shuningdek, korxona tarkibida 39 ta bo`lim va xizmatgohlar ishlab turibdi.

Jamiyatning pochta manzili va yuridik joylanishi:

Pochta manzili – 200125, O`zbekiston Respublikasi, Buxoro shahri, Sanoatchilar ko`chasi, 1/1.

Yuridik joylanishi – O`zbekiston Respublikasi, Buxoro shahri, Sanoatchilar ko`chasi, 1/1.

Aholining murojaati ijobiy yechim topdi.

Keyingi yillarda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar eng avvalo, inson qadrini ulug’lashga, odamlarning o‘z hayotidan rozi bo‘lib yashashlarini ta’minlashga qaratilmoqda. Ayniqsa, aholi murojaatlari bilan ishlash, ularni qiynab kelayotgan muammolarni tizimli ravishda hal qilish choralari ko’rilmoqda. Shu o’rinda, elektr energiyasi ta’minoti bilan bog’liq bo’lgan murojaatlarning yechim topishi borasida ham keng ko’lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Bu esa o’z navbatida xalqimizning turmushi farovonligining oshishida muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Kuni kecha, “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tomonidan Buxoro tumani “Shexoncha” MFY Shexoncha ko’chasining elektr energiyasi ta’minoti yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlar amalga oshirildi. Aholi murojaatlardan kelib chiqgan holda, hududga temir-beton tayanchlar rostlandi va quvvati 63 kVA bo’lgan qo’shimcha transformator punkti o’rnatilib, ishga tushirildi. Natijada Shexonchaliklarning me’yor darajasidagi elektr energiyasiga bo’lgan talabi qondirildi.

“Buxoro HETK” AJ Matbuot xizmati

Elektr qurilmalari ta’mirlanmoqda.

Kuz – qish mavsumida iste’molchilarni barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida Buxoro shahar elektr ta’minoti korxonasi tomonidan barcha transformator punktlari ko’rikdan o’tkazilib, joriy ta’mirlash jarayonlari olib borilmoqda. Xodimlar transformator punktlarini ta’mirlash, estetik holatini yaxshilash, bo‘yoqlash hamda qizishini oldini olish, ulanish nuqtalarini ko’rikdan o’tkazish, transformatorning moy sathini me’yor holatiga keltirish ishlarini amalga oshirmoqdalar.

Amalga oshirilayotgan ishlar iste’molchilarni uzluksiz va sifatli elektr energiyasi bilan ta’minlashga xizmat qiladi.

“Buxoro HETK” AJ Matbuot xizmati

“Usmonsheyx” MFY binosida aholining elektr energiya sohasiga oid murojaatlarini o’rganish yuzasidan sayyor qabul o’tkazildi.

⚡️ “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ rahbariyati ishtirokida Olot tumanidagi “Usmonsheyx” mahalla fuqarolar yig’ini binosida aholining elektr energiya sohasiga oid murojaatlarini o’rganish yuzasidan sayyor qabul o’tkazildi.
📝 Sayyor qabulda fuqarolarning elektr energiyasi ta’minoti bilan bog’liq barcha murojaatlari tinglandi. Shuningdek, elektr energiyasi iste’molchilaridan kelib tushgan murojaatlar joyiga chiqib o’rganildi va qisqa muddatlarda ijobiy yechim topish choralarini ko’rish bo’yicha mas’ullarga topshiriqlar berildi.

“Buxoro HETK” AJ Matbuot xizmati

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari

Yoqilg‘i-energetika tarmog‘ida davlat nazorati tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 23.08.2024 yildagi PF-118-son

Energetika sohasini isloh qilishning navbatdagi bosqichini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 28.09.2023 yildagi PF-166-son


2023-yilda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini va energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etishni jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 16.02.2023 yildagi PQ-57-son


Yoqilg‘i-energiya resurslaridan foydalanish sohasida davlat nazorati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 13.02.2023 yildagi PQ-54-son

 
Yoqilg‘i-energetika sohasida o‘zaro hisob-kitoblarni yanada takomillashtirish va moliyaviy barqarorlikni oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 09.07.2019 yildagi PF-5761-son

“O‘zbekiston Respublikasida elektr energetika tarmog‘ini yanada rivojlantirish va isloh qilish strategiyasi to‘g‘risida”
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 27.03.2019 yildagi PQ-4249-son

“Elektr energetikasi tarmog‘ini jadal rivojlantirish va moliyaviy barqarorligini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 23.10.2018 yildagi PQ-3981-son

“Elektr energiyasi va tabiiy gaz nazorati va hisobining avtomatlashtirilgan tizimini jadal joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori, 13.11.2017 yildagi PQ-3384-son

“Energiya resurslaridan oqilona foydalanishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori, 08.11.2017 yildagi PQ-3379-son

“Elektr energetika sohasida ilmiy-texnikaviy faoliyatni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 13.07.2016 yildagi PQ-2559-son

USTOZGA_EHTIROM

Albatta har bir shaxsning kamolga yetishi, hayotda o’z o’rnini topishi, o’z kasbining yetuk mutaxassisi bo’lib yetishishida ustozlarning o’rni beqiyos. Shunday ekan ustozlarning holidan xabar olish, ularga e’htirom ko’rsatish shogirdlar burchidir.

1-oktabr “O‘qituvchi va murabbiylar” kuni munosabati bilan “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ faxriylar kengashi raisi, kasaba uyushmasi bilan birgalikda sohada uzoq yillar samarali mehnat qilib, bir qator shogirdlarga ustozlik qilgan, bugungi kunda nafaqa gashtini surayotgan faxriylar holidan xabar oldilar. Uchrashuvda soha faxriylari yurtimizning yanada rivojlanib, ravnaq topishi, energetika tizimining gullab yashnashini so’rab duoga qo’l ochdilar va shogirlarga g’amxo’rlik uchun o’z minnatdorchiliklarini izhor qildilar.

“Buxoro HETK” AJ Matbuot xizmati