Davlat dasturi asosida podstansiyalar va yuqori kuchlanishdagi elektr uzatish tarmoqlarini qurish ishlari olib borilmoqda.

Buxoro viloyatida ishlab chiqarish obyektlarini barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tomonidan Davlat dasturi asosida podstansiyalar va yuqori kuchlanishdagi elektr uzatish tarmoqlarini qurish ishlari olib borilmoqda.

Jarayon tavsilotlari bilan “O’zbekiston 24″ telekanalining “Axborot 24” informatsion dasturi orqali tanishishingiz mumkin.

INFORMATSION DASTURNI KO’RISH

“Buxoro HETK” AJ matbuot xizmati

Jarayon

“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJning Podstansiyalar xizmatgohi xodimlari tomonidan joylardagi podstansiyalarning holati doimiy ravishda o’rganilib, aniqlangan kamchiliklar bartaraf qilinmoqda. Jumladan, Buxoro viloyatining eng olis hududi Olot tumanidagi “Olot” 35/6 kV podstansiyasida joriy ta’mirlash ishlari amalga oshirildi. Podstansiyada obodonlashtirish, elektr qurilmalari va o’chirib, yoqish uskunalarini ta’mirlash, estetik holatini yaxshilash, qizishini oldini olish hamda ulanish nuqtalarini ko’rikdan o’tkazish ishlari bajarildi.

“Buxoro HETK” AJ Matbuot xizmati

Brifing

“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ bosh muhandisi Zohir Rustamov jamiyat tomonidan olib borilgan mavsumga tayyorgarlik ishlari hamda sovuq ob-havo sharoitlarida kelib chiqishi mumkin bo’lgan muammolarni tezkor bartaraf etish bo’yicha amalga oshirilayotgan choralar to’g’risida jamoatchilikka axborot berdi.

INFORMATSION DASTURNI KO’RISH

“Buxoro HETK” AJ matbuot xizmati

Maishiy iste’molchilar diqqatiga

Kuni kecha ijtimoiy tarmoqlarda “Chiqindidan qarzi borlar tarmoqdan uzila boshlandi” mazmunidagi xabar tarqaldi.

Maʼlumki, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli Farmoniga asosan chiqindi xizmatlari uchun oylik toʼlovlardan qarzdorligi boʼlgan abonentlar elektr uchun toʼlovlarini qabul qilishni vaqtinchalik cheklash amaliyoti joriy etilishi belgilangan.

Ayni paytda Farmonga asosan isteʼmolchining chiqindi uchun qarzdorlik haqida ogohlantirilgandan keyin ham toʼlov qilmagan shaxslarning elektr energiyasi uchun toʼlovlarini qabul qilishni vaqtinchalik cheklash amaliyotini joriy qilish bo‘yicha texnik ishlar olib borilyotganligi haqida eslatib o‘tamiz.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan mazkur xabar haqiqatga tо‘g‘ri kelmasligini ma’lum qilamiz.

Amaliyot to‘liq ishga tushirilishi bilan OAV orqali rasmiy xabar berilishini ma’lum qilgan qilgan holda, ijtimoiy tarmoqdagi turli xil kanallar adminlaridan tasdiqlamagan ma’lumotlarni tarqatmaslikni so‘raymiz.

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ

O’zbekiston Respublikasi Qonunlari

Elektr energetikasi to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasining Qonuni, 07.08.2024 yildagi O‘RQ-939-son


Energiyani tejash, undan oqilona foydalanish va energiya samaradorligini oshirish to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasining Qonuni, 07.08.2024 yildagi O‘RQ-940-son


Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish yanada rivojlantirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasining Qonuni, 07.02.2024 yildagi O‘RQ-906-son

Energetika_xavfsizligi_oyi

Kogon shahar “Arabxona” MFY hududidagi Xalqlar do’stligi ko’chasi aholisini me’yor darajasidagi elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida, Kogon tuman elektr ta’minoti korxonasi xodimlari tomonidan shahar tipidagi, quvvati 630 kVA bo’lgan transformator punkti o’rnatilib, ishga tushurildi. Shuningdek, Kogon tumani “Mustaqillik” MFY Qizilgul qishlog’ida aholi tomonidan o’rnatilgan qo’lbola tayanchlarni yangisiga almashtirish, hudud elektr energiyasi ta’minotini yaxshilash uchun amaliy ishlar olib borilmoqda. Jarayon tavsilotlari bilan “Buxoro” telekanalining “Diyor yangiliklari” informatsion dasturi orqali tanishishingiz mumkin.

INFORMATSION DASTURNI KO’RISH

“Buxoro HETK” AJ Matbuot xizmati