USTOZGA_EHTIROM

Albatta har bir shaxsning kamolga yetishi, hayotda o’z o’rnini topishi, o’z kasbining yetuk mutaxassisi bo’lib yetishishida ustozlarning o’rni beqiyos. Shunday ekan ustozlarning holidan xabar olish, ularga e’htirom ko’rsatish shogirdlar burchidir.

1-oktabr “O‘qituvchi va murabbiylar” kuni munosabati bilan “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ faxriylar kengashi raisi, kasaba uyushmasi bilan birgalikda sohada uzoq yillar samarali mehnat qilib, bir qator shogirdlarga ustozlik qilgan, bugungi kunda nafaqa gashtini surayotgan faxriylar holidan xabar oldilar. Uchrashuvda soha faxriylari yurtimizning yanada rivojlanib, ravnaq topishi, energetika tizimining gullab yashnashini so’rab duoga qo’l ochdilar va shogirlarga g’amxo’rlik uchun o’z minnatdorchiliklarini izhor qildilar.

“Buxoro HETK” AJ Matbuot xizmati