Mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash ishlari olib borilmoqda.
Yurtimizda aholini yashash sharoitini yaxshilash va turmush farovonligini oshirish maqsadida mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash ishlari olib borilmoqda.
Bu borada “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tomonidan tizimli ishlar amalga oshirilib, iste’molchilariga sifatli va uzluksiz elektr energiyasini yetkazib berish choralari ko’rilmoqda. Tegishli qarorlar asosida belgilab olingan mahallarda modernizatsiya va yangilash ishlari bajarilmoqda.
Xususan, Kogon tumani “Xo’ja yakshaba” mahalla fuqarolar yig’ini hududidagi № 475 sonli transformator punkti yangilandi. Shuningdek, 16 dona mustahkam temir-beton tayanchlari o’rnatilib, 800 metr uzinlikdagi himoyalangan SIP kabellari tortildi.
“Buxoro HETK” AJ Matbuot xizmati