Elektr energiya sohasiga oid murojaatlarini o’rganish yuzasidan sayyor qabul o’tkazildi.
⚡️ “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ Umimiy savollar bo’yicha direktori I. Maxmudov ishtirokida Qorako’l tumanidagi Chekirchi mahalla fuqarolar yig’ini binosida aholining elektr energiya sohasiga oid murojaatlarini o’rganish yuzasidan sayyor qabul o’tkazildi.
📝 Sayyor qabulda fuqarolarning elektr energiyasi ta’minoti bilan bog’liq barcha murojaatlari tinglandi. Shuningdek, elektr energiyasi iste’molchilaridan kelib tushgan murojaatlar joyiga chiqib o’rganildi va qisqa muddatlarda ijobiy yechim topish choralarini ko’rish bo’yicha mas’ullariga topshiriqlar berildi.
“Buxoro HETK” AJ Matbuot xizmati